Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish



Download 140,19 Kb.
bet5/11
Sana15.04.2022
Hajmi140,19 Kb.
#554385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘RQ-595 16.12.2019

4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish
18-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislaridir:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonunchilikka muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilganidan keyin maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.79.00 Nodavlat ta’lim muassasalari (xususiy, jamoat birlashmalari, diniy va boshqa tashkilotlarining ta’lim muassasalari). Nodavlat va diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash]

21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.64.00 Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyasi]

22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 5-bobi.
23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;
turar joy majmualari qurilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonunchilikda belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.
(23-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3822-son qarori.
24-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
davlat maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha ta’lim darajasini ta’minlashi;
bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;
bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berishi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.63.00 Ta’lim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika ta’minoti va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

25-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan to‘lovlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish ularning muassislari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (18.01.2019-y., ro‘yxat raqami 3123).
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan ko‘chmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda texnik jihatdan ko‘maklashish vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(26-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli ro‘yxatlariga kiritgan holda, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ishlash uchun jalb qilishga;
davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy muassasalar hamda oliy ta’lim tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarini o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga;
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1027-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida nizom.
27-modda. Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborotni yig‘ish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 140,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish