birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o’rniga ozodlikdan maxrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoning muqobil turlarini qo’llash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasiniig Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan xolda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloqiytarbiyaviy ta‘sir ko’rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turini kiritish belgilangan. Ushbu o’zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko’plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan xolda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengroq qo’llash imkonini beradi; ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o’z ifodasini topgan bo’lib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma‘lumki, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661 -moddasiga muvofiq, og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik xolati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo’lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so’ng yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo’lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo’ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko’proq shaxslarni sudlanganlik xolatidan saqlab qoladi; uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to’xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyixada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning mantiqiy davomi bo’ladi. Ushbu yo’nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo’jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarni O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to’g’ri yo’lga qaytsa, ularning qonun buzish xolatlari va uning natijasida yetkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi; to‘rtinchidan, voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni
liberallashtirish, protsessual xarakatlarni o’tkazishda ularning xuquqiy himoyasini kuchaytirishga doir bir qator o’zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda diqqatetibor voyaga yetmagan shaxslarni o’qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan xolda ularning ta‘lim-tarbiyasiga ijobiy ta‘sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o’zini ijobiy tomondan oqlagan jazo va majburlov choralarini kengroq qo’llashga qaratiladi. Shuningdek, nafaqat voyaga yetmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko’rgan va u yoki bu jinoyatning guvoxi bo’lgan voyaga yetmaganlarning xuquq manfaatlarini himoya qilish kabi muxim o’zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan tergov xarakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, otaonalari yoki yaqin qarindoshlari bilan ishtirokini ta‘minlash, ushbu jarayonlarni muddatlarini qisqartirish va boshqa shu kabi o’zgartirishlar nazarda tutiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |