Qonning buffer sistemalari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1.Bikarbanat Sistema (karbanat kislota,natriy bikarabanat) 2.Fosfat Sistema (bir-ikki asosli natriy fasfat) 3.Oqsil Sistema (chunki oqsillar amfolitlardir) 4.Gemoglabin sistemasi (qon buferlik sig’imining 75% i gemoglabinga bog’liqdir) Eritrotsitlar Eritrotsitlar yoki qizil qon tanachalari odam va sut emizuvchi hayvonlarda yadrosi yoqolib ketgan va sitoplazmasi gomogen bo’ladigan hujayralardan iborat.Eritrotsit juda yupqa parda – sitolemma bilan o’raglan, u element lipoproteid membranadir. Eritrotsitlar qiyosan kichik hujayralardir.Eritrotsit diametri 7-8 mkm,bitta eritrotsit sirti 125 mkm2,hajmi 90 mkm3, 1 mm3 qonda 5,5 mln eritrotsit bo’ladi. Qonda eritrotsitlarning ko’payib ketishi polistemiya, kamayib ketishi anemiya yoki eritropeniya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |