QON BOSIMI KO’TARILGANDA QAYSI SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAK?
2.Mimika muskullari suyakdan boshlanib teriga birikadi. Mimika muskullar yuzda joylashgan teshiklarni atrofini o‘rab turadi va mimkasini bildirib turadi. Asosiy mimika muskullarga kiradi: 1. Ko‘zning doiraviy muskuli 45 2. Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul 3. Burun muskuli 4. Og‘izning doiraviy muskuli 5. Yonoq muskuli 6. Yuqori labning kvadrat muskuli 7. Pastki labning kvadrat muskuli 8. Pastki labning uchburchak muskuli 9. Kulgi muskuli 10. Lunj muskuli 11. Iyak muskul
3. Odam tanasi tashqi tomondan teri bilan qoplangan bo’lib, uning sathi katta yoshli odamlarda 1,5 – 2,3 metr kvadratni, massasi esa tana massasining o’rtacha 4-6 foizini, gipoderma bilan qo’shib hisoblanganda esa 16-17 foizini tashkil etadi. Teri organlar ichida sathi kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi (birinchi o’rinda ingichka ichak). Teri yetti qavatgacha ektodermal to’qimalardan tashkil topgan bo’lib, muskullar, suyak, bo’g’im va ichki organlarni himoya qilib turadi. Odamning terisi tuzilishi bo’yicha ko’pgina sutemizuvchilarning terisi bilan o’xshash. Butun teri yuzasida soch follikulalari bo’lsada, barchada ham teri tuklar bilan qoplangan bo’lmaydi. Tukli va tuksiz teri farqlanadi. Terining rangi odamlarning populyatasiyalariga qarab turlicha bo’ladi. Bundan tashqari quruq va yog’li terilar farqlanadi. Inson terisining yuza qismida 100 tipga mansub 1000 ga yaqin bakteriya turi yashashi aniqlangan.
Bir dyum kvadrat (6,5 sm^2) teri sathida 650 ta ter bezlari, 20 ta qon tomirlari, 60 000 ta melanotsit va 1000 dan ortiq nerv uchlari joylashgan.
Tuzilishi
Teri uch qavatdan tashkil topgan: epidermis, derma, gipoderma.
Epidermis. Ushbu qatlamda qon tomirlari mavjud emas. Uning hujayralari derma qatlamidagi qon tomirlaridan diffuziya yo’li bilan ozuqa moddalarini qabul qiladi. Havoni esa to’g’rida- to’g’ri tashqi muhitdan oladi. Epidermisni Merkel hujayralari, keratinositlar, melanotsitlar va Langergans hujayralari (Langergans orolchasi bilan adashtirmang) hosil qiladi. Epidermis o’z navbatida 5 qavatdan tashkil topgan. Insondagi oqsil kodlovchi genlarning 70 foizi aynan epidermisda ekspressiya qilinadi.
Derma. Epidermis ostida joylashgan ushbu qavat biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, tanaga tushadigan stress va bosimning kuchini kamaytiradi. U epidermis bilan bazal membrana orqali birikkan bo’lib, unda paypaslash va issiqlikni sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Dermada soch follikulalari, ter va yog’ bezlari, apokrin bezlar, limfa va qon tomirlari joylashgan.
Gipoderma. Ushbu qavat derma ostida joylashgan bo’lib, biriktiruvchi to’qima va yog’ to’plamidan tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi oziq modda jamg’arish va terining termoregulyatsiya xususiyatini taminlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |