Yurak tuzulishi Yurakning tuzilishi. Yurak ikkita boim acha va ikkita qorincha: to'rtta kameradan iborat kovak organdir. Yurakning o'ng va chap qismlari bir-biridan uzluksiz to'siq bilan bo'lingan. BoMmachalardan qorinchalarga, qon to'siqlardan bo'lmacha va qorinchalar orasidagi teshiklardan o'tadi. Teshiklar klapanlar bilan jihozlangan boMib, ular faqat qorinchalar tomonga ochiladi. Klapanlar tutashuvchi tabaqalardan hosil bo'ladi va shuning uchun ham tabaqali klapanlar deb ataladi. Yurakning chap qismidagi klapanlar ikki tabaqali bo‘lsa, o ‘ng tomondagisi uch tabaqalidir. Chap qorinchadan aortaga va o'ng qorinchadan o'pka arteriyalariga chiqish joyida yarim ovsimon klapanlar joylashgan. Yarim ovsimon klapanlar qonni qorinchalardan aortaga va o'pka arteriyasiga chiqishiga imkon beradi va qonni tomirlardan qorinchalarga qaytib kirishiga qarshilik ko'rsatadi. Yurak klapanlari qonni faqat bir tomonga qarab harakatlanishini ta’min etadi. boMmachalardan - qorinchalarga. qorinchalardan esa arteriyalarga. Odam yuragining massasi 250 g dan 360 g gacha bo'ladi Qon bosimi
Qon bosimi. Qon tomirlaridagi qonning o'zgaruvchan bosimi -q o n bosimi deb ataladi. Bosimning ко'1 ami yurakning ishi, tomirlar tizimiga tushuvchi qonning miqdori, uning periferiyaga oqish tezligi, tomirlar devorining qarshiligi, qonning yopishqoqligi, tomirlarning elastikligi bilan aniqlanadi. Eng yuqori bosim aortada bo'ladi. Qonning tomirlari bo'ylab harakatlanishi natijasida uning bosimi ham pasaya boradi. Qorinchalar sistolasi paytida qon aortaga kuch bilan havdaladi, bu paytda qon bosimi eng yuqori bo'ladi. Bu eng yuqori bosim sistolik yoki maksimal bosim deyiladi. Yurakning bo'shashish fazasida (diastola) arterial bosim pasayadi va diastolik yoki minimal bosim yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq puls bosimi deb ataladi..
Qonning oqish tezligi
Qonning oqish tezligi. Qon ham xuddi daryodagi suv kabi uning tor jovida tez. keng joyida esa sekin oqqanidek tomirlarning umumiy yig'indisi tor bo'lgan joy lard a tez (arteriyalarda) va keng bo'lgan joylarda (kapillarlarda) juda sekin oqadi. Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteriyasi, odam tanasidagi hamma arteriyalarning ko'ndalang kesimining yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillarlarning yuzasini umumiy yig'indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta va kapillarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda www.ziyouz.com kutubxonasi 1 ООО martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillarlarda qonning sekin oqishi gazlar almashinuvini ta'minlaydi hamda to ‘yimli moddalarni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to'qimalardan qonga o ‘tishini ta'm in etadi. Qonning aylanish tezligi yosh ulg'ayishi bilan sekinlashadi, bu, o ‘z navbatida, tomirlarni uzayishi bilan bog'liq bo‘lsakeyingi davrlarda esa tomirlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog'liq. Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlarda oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug'ilgan bolalarda qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to'liq aylanib chiqishi uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda - 15 s, 14 yoshda - 18,5 s dan ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odamlarda qon aylanish vaqti 22 s tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |