16
Bulardan tashqari quduqlar tadqiq qilingan vaqtidan
ularning materiallari
о‘rganilib, quduqning maxsuldorligi orqali qatlam g‘ovakligi ham aniqlanishi
mumkin.
Hamma hollarda ham qatlamning g‘ovakligiga doyr ma’lumotlarni bir-
biriga solishtirish va ulardan birgalikda foydalanish joizdir.
Hozirgi olinayotgan neftning anchagina qismi karbonat kollektorlarga
mansubdir va shu vajdan unday jinslarning yoriqlik hususiyatlarini о‘rganish
katta ahamiyatga molikdir. Tadqiqotlardan
shu narsa aniqki, karbonat tog‘
jinslaridagi yorig‘lar, aksariyat, tektonik jarayon natijasi ekanligi tan olinadi. Bu
yoriqlar yо‘nalishi va о‘zining kо‘rinishi hamda formasi jihatdan har xildir. Bu
yoriqlar о‘zining roli jihatidan tog‘ jinslarining kollektor bо‘lishida katta
axamiyat kasb etadi. Yoriqlar aksariyat makro va mikro yoriqlarga bо‘linadi.
Kollektorlarning dinamik foydali hajmi deb,
neft va gaz harakatlanishi
mumkin bо‘lgan bо‘shliqlarga aytiladi.
Kollektorlarning hajm tavsifiga shuningdek bо‘shliqlarning neft, gaz va
suvga tо‘yinganligini ham kiritish zarur. Qatlamning gaz (gazkondensat)
bilan
tо‘yinganligi deb, gaz (gazkondensat) bilan tо‘yingan barcha bо‘shliqlarini
umumiy hajmini tog‘ jinsidagi umumiy bо‘shliqlar hajmiga bо‘lgan
nisbatiga
aytiladi, ya’ni [24,26,30,31,49,56,80].
б
г
Г
V
V
S
(1.4)
Bu yerda Sr, – mos ravishda qatlamning gaz bilan tо‘yinganligi
koeffisiyenti;
Vr – mos ravishda gaz bilan tо‘yingan bо‘shliqlarni umumiy hajmi.
Shunday qilib kollektorlarning hajmiy tavsifi ularning bо‘shliqlar va shu
bо‘shliqlarning qanchalik tо‘yinganligi bilan belgilanar ekan.
Kollektorlarning sirqish tavsifi esa qatlamning о‘tkazuvchanligi bilan
tavsiflarnadi.
Tog‘ jinslarining bosimlar ayirmasi (▲R) mavjud bо‘lganda о‘zidan
suyuqlik yoki gaz о‘tkazish qobiliyatiga о‘tkazuvchanlik deyiladi. [71, 80,86].
17
О‘tkazuvchanlik о‘z navbatida о‘tkazuvchanlik koeffisiyenti (k) bilan
tavsiflanadi, ya’ni [14,19,26,36].
F
P
L
M
Q
K
(1.5)
Bu yerda; Q – vaqt birligida sizib о‘tgan suyuqlik sarfi; M –
suyuqlik
dinamik qovushqoqligi; L – namuna uzunligi; ▲P –
bosimlar ayrilmasi; F –
namunaning kesim yuzasi.
1.2-rasm. Tog‘ jinsi namunasining
kattalashtirilgan kо‘rinishi.
Tog‘
jinslarining
о‘tkazuvchanligi neft, gaz va suv
uchun har xil bо‘ladi. Shunga kо‘ra tog‘ jinslarining neft va gaz uchun
о‘tkazuvchanligini oshirib, suv uchun esa kamaytirish
usullari ishlab chiqilgan
bо‘lib, bu usullar neft va gaz qazib chiqarishda keng qо‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: