2.1. Lazer fotoionizatsion spektrometr. Endigi navbat, tajribada yuqori uyg'ongan holatlarning qanday qayd qilish mumkinligi haqida. Ko'p pog'onali uyg'otish usulida albatta bir nechta to’lqin uzunligi silliq o'zgara oladigan lazerlar qo'llaniladi. Maslaning nozik tomoni shundaki, lazerlardan λ1 va λ2, to’lqin uzunligidagilar doimiy qolgani holda λ3 to’lqin uzunligidagi lazerni chastotasini juda yuqori aniqlik bilan o’lchash b4 ayniqsa uning chastotasi biror avtoionizatsion holatning chastotasiga mos bo’lganda o’lchash ishlarini olib boorish muhim ahamiyatga ega.
Ko'pchilik hollarda murakkab strukturali ko'p elektronli atomlarning energetic holatlari ham juda xilma-xilligi uchun uchinchi pog'ona lazerning λ3 to’lqin uzunligi biror diskret energetik sathga mos kelib qolishi natijasida «lojniy» energetik holatlar kuzatiladi. Shu hollardan qochish uchun tajribani juda ehtiyotkorlik bilan olib borish kerak.
Tajriba qurilmasining optik sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan. U quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan: impuls rejimda ishlaydigan azot lazeri, buyoq lazerlari, fotoionizatsion kamera va qayd qiluvchi qurilmalar.
Buyoq lazeri sinxron ravishda ishlaydi, chunki ularni bir vaqtda azot lazeri uyg'otadi. Lazer nurlari optik oynachalar yordamida qaytarilib atomlar dastasi hosil qiluvchi fotoionizatsion kameraga yuboriladi. Fotoionizatsion kamerada 10 mm simob ustuni vaakuum ostida atomlar dastasini lazer nurlari ikki elektrodlar orasida kesib o’tadi. Elektrodlarga esa elektr kuchlanishlarni hosil qiluvchi generatordan yuqori kuchlanishli, qisqa vaqtli impuls yuboriladi. Impuls generator ham azot lazeri bilan sinxronlashtirilgan.
2.1-rasm. Tajriba qurilmasining umumiy sxemasi. Buyoq lazerlari yordamida yuqori ridberg holatlariga uyg'otilgan atomlar elektrik impuls yordamida ionlashtiriladi va hosil bo’lgan ionlar elektrodlarning biridagi tirqish orqali ikkilamchi elektron ko'paytirgichga yuboriladi. Ion signallari VEU orqali strabintegratorga yuboriladi. Unda impuls signallari doimiy signallarga aylantirilib samopisetsga yuboriladi. Samopisetsda fotoion spektri yozib olinadi va qayta ishlanishi mumkin.
Lazer nurlarining to’lqin uzunligi monoxramor yordamida tegishli atomning rezonans yutilish chizig’iga moslanadi va rezonans signal hosil qilinadi. Spektroskopik tadqiqotlar o’tkazish uchun spektrlar orasidagi masofani aniq o’lchash uchun lazer nurining bir qismi Fabri- Pero interferometrga yuboriladi. Uning dispertsiyasini bilgan holda fotoion spektrlari orasidagi masofani aniq o’lchash mumkin.
Endi tajriba qurilmasining asosiy qismlariga qisqacha to’xtalamiz: