2
Annotatsiya
Neft, gaz va gazkondensat konlarini so‘nggi bosqichda ishlatilayotganligi
sababli, qazib olish ko‘rsatgichi
pasayib ketmoqda, burg‘ilash jarayonini olib
borishda va mahsuldor qatlamlarni ochishda murakkabliklarning paydo bo‘lishi
kuzatiladi. Bunday shariotda anomal past bosimli qatlamda burg‘ilash ishlarini olib
borish va mahsuldor qatlamlarni sifatli ochilishini ta’minlashda optimal burg‘ilash
rejimidan foydalanish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish zarurdir.
Dissertatsiya ishida neft va gaz konlarida anomal past bosimli qatlam sharoitida
burg‘ilash ishlarini olib borishda mahsuldor qatlamning filtratsiya-sig‘imdorlik
xossalarini
saqlab qolish, yangi texnologiyalardan foydalanish, mahsuldor
qatlamni ochishda qo‘llaniladigan burg‘ilash eritmalarining
xossalari va tarkibi
tahlil qilingan, quduqlarni samarali yuvish va mahsuldor qatlamni burg‘ilab
ochishda qo‘llaniladigan sirkulyatsion yuvish tizimining ahamiyati o‘rganib
chiqilgan.
Qatlamlarni burg‘ilab birlamchi ochish va anomal past bosimli qatlam
sharoitida qatlamlarni ochilishiga sarflanadigan xarajatlarning o‘lchami va
quduqning
mahsuldorligi, qatlamga beriladigan repressiya holati quduq tubi
zonasidagi va undan uzoqda joylashgan zonaning tabiiy kollektorlarning holati
qo‘llaniladigan texnologiyaning ijobiy va salbiy tomonlari
tadqiqotlar asosida
o‘rganilgan.
Anomal past bosimli qatlamda shunday sharoit hosil qilinadiki, qatlamga
beriladigan meyoriy bosim kattaligida suv asosli yoki suvsiz asosli burg‘ilash
eritmalarini va yuvuvchi suyuqliklarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydi.
Ishga
tushirilgan konlarda burg‘ilash ishlarini olib borishda kondagi qatlamning tabiiy
bosimining spetsifik pasayishini hisobga olinishi hamda shu bosim kattaligidan
kelib chiqib yengillashtirilgan ko‘pikli,
ikki fazali, polimerli eritmalarni qo‘llash
ishlari kon sharoitda o‘rganilgan.
Past bosimli qatlam sharoitida karbonat kollektorlarning mahsuldorligini
saqlash uchun kompleks yondashuv talab qilinadi. Bunday sharoitda g‘ovak
kanallarni qattiq fazalar bilan qaytmas sharoitda berkilib qolishiga, filtratlarni va
3
yuvuvchi suyuqlik aralashmasini quduq tubining atrof
zonasiga kirib borishga va
qatlamdagi drenajlarni bekitib qo‘yishi hamda mahsuldor kallektorning
o‘tkazuvchanligini minimallashtirish holatlari kon sharoitida va burg‘ilash ishlarini
takomillashtirishda ko‘pikli tizimni qo‘llash texnologiyasining ketma–ketligi
ishlab chiqilgan hamda “O‘zgeburg‘ineftgaz” AK tarmog‘ida mavjud bo‘lgan
yopiq sirkulyatsiya tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari keltirilgan.
Dissertatsiya kirish qismi, uch bo‘lim,
xulosa va takliflar, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Dissertatsiya hajmi – 98 saxifa, 5- rasm va 6-jadvaldan iborat.