O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
“Ro‘yxatga olindi”
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan
muovini_______
2020- yil “____” - iyun
5111200-“O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish" bakalavr yo‘nalishi 3-kurs 301-guruh
talabasi Toshqoʻziyeva Orzugulning "Boburnoma"da Hindiston tabiatining badiiy
tasviri” mavzusida yozgan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
Hoshimjon Ahmedov
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish
metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
filologiya fanlari nomzodi
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”
kafedrasi mudiri
f.f.n. Margʻuba Abdullayeva
2020- yil “__” - iyun
TOSHKENT – 2020
Qoʻliga qalam tutgan shoir yoki adib yoʻqki, bu ulugʻ zotni vasf etmagan boʻlsin. Negaki, ona murgʻak goʻdakni, “Tol beshikka tayanib, tol uyqudan uygʻonib…”, ming bir mashaqqat bilan oʻstiradi; bor mehrini berib tarbiya qiladi. Farzandi vujudiga kirgan tikan ona qalbida ogʻriq beradi. Jigarbandi nogoh qoqilsa, koʻngli qalqib ketadi. Qismat taqozosi bilan bolasi uzoqroqda yashasa, koʻzlari yoʻlda, qoʻllari duoda boʻladi: “Ollohim, nuridiydamni oʻz panohingda asra! Jigarbandimning iqbolini baland qil!” Ona oldidagi qarzdorlik tuygʻusi uni munosib darajada qadrlashga, eʼzozlashga undaydi. Ijod ahlida esa, bu tuygʻu yuz chandon ziyodroq boʻlishi tabiiy. Oʻzbekiston xalq shoiri Mirtemir sheʼriyati buning yorqin misolidir.
“Seni, bolaligim…” sheʼrida mana bunday yozadi:
Ona chiroyida barq urgan ziyo
Farzand yanogʻida boʻladi paydo.
Seni, bolaligim, men koʻrdim boya
Bahor diydorida ravshan – huvaydo.
“Ona yer”, degan naql bor. Tabiiyki, bu naqlda elimizning obrazli tafakkuri mujassam. Urugʻning gurkirab oʻsishi, hosil berishi yer sifatiga bogʻliq boʻlgani singari farzand kamolini koʻp jihatdan onaning maʼnan barkamolligi, ruhan yetukligi darajasi belgilaydi. Negaki, goʻdak ona vujudida shakllanadi, ona sutidan oziqlanadi. Dastlabki ikki misrada shoir xuddi shu teran haqiqatni hech bir shoirni takrorlamagan holda obrazli tasvirlashga erishgan. “Ona chiroyida barq urgan ziyo Farzand yanogʻida boʻladi paydo” – bu satrlarda ana shu hikmat, hayotning chuqur falsafasi talqin etilgan. “Seni, bolaligim, men koʻrdim boya Bahor diydorida ravshan – huvaydo” satrlari orqali shoir Onani bahorga tashbeh etadi. Ana shu toʻrt misrada shoir Ona – farzand – bahor – bolalik tushunchalari orasidagi uzviy bogʻliqlikni betakror badiiyat orqali ifodalaydi.
Erta tong salqini, quyosh kulgusi,
Shafaq latofati, buloq diydori,
Onalarning mehri, padar suygisi,
Hayot malohati – jilvang diyori!
Bu misralarda onalar mehri quyosh kulgusiga, shafaq latofatiga qiyoslanadi. Hayot malohati onalar mehri va padar suygisida ekani haqidagi badiiy umumlashmaga kelinadi. Umuman, “Seni, bolaligim…” sheʼri Ona obrazining oʻziga xos tasviri bilan alohida ajralib turadi.
“Xoltosh” sheʼrida shoir onasi qadriga yetmagan, xizmatini qilib, duosini olish oʻrniga koʻp aziyat yetkazgan Xoltosh obrazi vositasida mushtipar ona kechinmalarini, koʻngil iztiroblarini, ruhiy titroqlarini betakror talqin etishga erishgan:
Koni tashvish-ku bu tilsiz chaqaloq,
Eh, shoʻrlik ona.
Kechalari shundoq oʻtgandir uygʻoq,
Zoru parvona…
Ijodkor bu satrlarda “koni tashvish boʻlgan tilsiz chaqaloq”ni voyaga yetkazish ilinjida zoru parvona boʻlib, kechalarni bedor oʻtkazgan munis ona obrazini taʼsirchan ifodalaydi. Chaqaloqni yuvish, tarash, tunni tongga ulab beshik tebratish, oʻzi soʻlgʻin charchoq holda boʻlishiga qaramay, beshikka beun kulib qarash – bolasiga jonu dilini bagʻishlagan mushtipar ona ruhiyatini shoir ana shunday badiiy detallar orqali tasvirlaydi. Bu misralarda tinimsiz yigʻlayotgan chaqaloq, tebranayotgan beshik, ana shu beshikka tayanib, tunni bedor oʻtkazayotgan ona timsoli oʻquvchi koʻz oʻngida yaqqol namoyon boʻladi.
Eh, ona taqdiri, ona taqdiri,
Ogʻir nechogʻliq,
Hanuz yaralganmas ona tasviri,
Siynasi dogʻliq…
Mening hasratimda ketdi bevaqtroq,
Soʻndi sham kabi…
Shoirning mahorati shundaki, birinchidan, oz soʻzga koʻp maʼno yuklaydi, ikkinchidan, sifatlashlar, tashbehlar, tushkun ruhiyat tasviri orqali ifodaning taʼsir kuchi oshishiga erishadi. Bu satrlardan armon, iztirob, dard silqib turadi. Tabiiyki, soʻzning zamiridagi dard oʻquvchiga ham taʼsir etmay qolmaydi. Oʻquvchi koʻz oʻngida mushfiq ona siymosi namoyon boʻladi. Volidasini qadrlagani uchun shukronalik yoxud eʼzozlay olmagani bois oʻkinch va armon koʻnglini chulgʻab oladi. Zero, sheʼrdan murod ham shu. Sheʼr sheʼr uchun emas, axir. Oʻquvchining qalbiga taʼsir etmagan, tuygʻularini junbishga keltirmagan, tafakkurida evrilish paydo qilmagan, yangi orzular, idellar ogʻushiga olib kirmagan sheʼrni sheʼr deb boʻlmas.
Sandiqda qolibdi atogʻliq belbogʻ.
Xoltosh tagʻin gang.
Yemay-ichmay balki jamgʻarmish uzoq…
Attang, yuz attang!
Ona har doim farzandi gʻamida kun oʻtkazadi, mudom uning tashvishi bilan yashaydi. “Sandiqda qolibdi atogʻliq belbogʻ” – chinakam milliy ruh ifodasi kuzatiladi bu misrada. Shoir oʻzbek onasining ruhiy olamini yorqin hayotiy detal orqali inkishof etadi. Ana shu misra ona orzusi, armoni, ruhiyati – barchasini oʻzida mujassam etgan. Zero, oʻzbek onasigina hech narsasi yoʻq bir sharoitda ham jigarbandining toʻyini koʻrish orzusida hech boʻlmasa bir belbogʻni koʻziga surtib asraydi. “Yemay-ichmay jamgʻarmish uzoq… Attang, yuz attang!”
Odamzod tabiatiga xos bir xususiyat bor: aksar hollarda mohiyatni kech anglaydi, voqelikdan kechikib xulosa chiqaradi. Haqiqatni anglagan, his etgan kezda esa, vaqt uchogʻi allaqachon oʻzga manzillarga yetgan boʻladi. Xoltosh ham xuddi shunday: oʻz vaqtida ona qadriga yetmaydi. Balki bu nuqson faqat ungagina tegishli emasdir. Ayrim insonlarni istisno qilganda, aksar farzandlar ana shu holga tushishi hayotiy haqiqat-ku, axir! Onani oʻz vaqtida qadrlagan, xokipoyini koʻziga surtib, eʼzozlay olgan odam, afsus, juda kam. Shu maʼnoda, Xoltoshni umumlashtiruvchi obraz, deyish mumkin.
… Mahallada tanho soʻqqabosh,
Doʻppi yarim, beparvo, beor.
Tirik boqim, beburd, bagʻri tosh,
Bor-yoʻgʻini oʻrtamish qimor.
Yarim tunda kelar: “Ona… Oshshsh!”
“Onalarning obrazi oʻzi bitta, – deb yozadi Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov. – Lekin shakl-shamoyili, ismi har xil boʻlishi mumkin. Millati ham, boringki, dini ham har xil boʻlishi mumkin. Lekin hamma onalarning fazilati bir xil. Umuman, hamma dinda, millatda ona degan kasb bitta. Ona – bu mehr degani. Ona farzand uchun yashaydi, afsuski, farzand ona uchun yashamaydi. Shunday katta farq bor. Ona bolasi uchun doim tayyor turadi. Lekin farzandni esa, albatta, ona uchun qurbon boʻladigan tarzda fidoyi qilib tarbiyalash kerak”[1].
Mirtemirning sanʼatkorligi shunda koʻrinadiki, u “tirik boqim” Xoltosh va kuygan ona ruhiyatini qaygʻuli boʻyoqlarda tasvirlaydi. Shoir “Toqati toq, nursiz koʻzda yosh, Hasratida qaddi yoy, bemor” singari sifatlashu tashbehlarni keltiradi. Sheʼrdagi har bir soʻz, jumla, ohang onaizor ruhiyatini teran ifodalashga qaratilgan. Oʻzbek onasi har qanday musibatga bardosh berishi mumkin, lekin bolasi sabab el ichida uyatli boʻlib qolsa, bunga toqat qila olmaydi. Yillar yukidan shundoq ham egilgan qaddi battarroq egiladi, koʻngli butunlay choʻkib qoladi, yorugʻ olam zimistonga aylanadi. “Tokay gʻalva, tokay bu bardosh Koʻtararmi bundoq yukni nor?” misralari ana shu ruhiy holatni bor murakkabligi, bor ziddiyatlari bilan aks ettirgan.
Koshki, qoʻysa daydishni Xoltosh,
Sayoq koʻngli topsaydi qaror,
Toʻy-tomosha qilsam…bir yuvosh
Kelin tushsa, kunday begʻubor…”
Xoltoshning onasi – sabr timsoli. Shoir onaning umidvor kayfiyatini, har qanday ogʻir sharoitda ham quvvat topa olgan ruhini oʻzbekona orzuga bogʻlab talqin etadi: “Toʻy-tomosha qilsam… bir yuvosh Kelin tushsa, kunday begʻubor...” Milliy ruhning betakror tasviri – Mirtemir sheʼriyatining asosiy fazilatlaridan ekani ana shu birgina misoldan ham yaqqol ayon boʻlib turibdi.
Ona qoʻshnisi Hojarning suluv, qalamqosh keliniga, tanti, beozor oʻgʻliga havas bilan qaraydi. Ona oʻylarida oʻzbek onasiga xos toza samimiyat bor; hasad emas, havas mujassam. Farzandi ham shunday boʻlishini orzu qiladi, holidan kuyinadi, xulqi yaxshilanishidan umidvorligini izhor etadi: “Oh, loaqal boʻlsa sartarosh, Yigit umri oʻtmasa bekor”. Lekin nadomatlar boʻlsinki: “Toshni talqon qilolgudek yosh, Kasbi qimor, olam boʻldi tor. Tengdoshlari bir-bir ishga bosh, Bu hali ham qimorga xumor…”
Xoltosh singarilar, garchi yosh jihatdan oʻsayotgan boʻlsa ham aql koʻzgusini gʻubor bosgani bois esi kirmagan farzand – ota-ona umriga egov. Qavmu qarindosh ham undan bezor. Onaizorning koʻzyosh toʻkib aytgan oʻgitlari zarracha ham kor qilmaydi.
Ona uchun farzandi zavolini koʻrishdan ham ogʻir musibat boʻlmaydi. Yuqoridagi misralarda ona ruhiyati, tubsiz armoni oʻquvchi ongiga, ruhiga selday oqib kiradigan tarzda taʼsirchan ifodalangan.
Ziddiyatli, kishi ongiyu ruhiga toʻfonday taʼsir qiladigan ruhiy iztiroblar tasviridan soʻng shoir mana bu tarzda poetik xulosa chiqaradi:
Koshki, men ham boʻlsam aytguli shoir,
Bir armonim bor:
Onalarga atab yaratgum oxir –
Sheʼrdan choʻng yodgor.
Darhaqiqat, Xoltosh qismati misolida Mirtemir taʼsirchan bir sheʼriy qissa yarata olgan. Bu qissa hayotda yoʻlini yoʻqotgan barcha xoltoshlar, shuningdek, jami jigarxun onalar armonining mungli talqinidir. Bu hol shoirning chindan ham onalarga atab “sheʼrdan choʻng yodgor” yaratganiga dalil boʻla oladi.
“Sen ona…” sheʼri obraz yorqinligi jihatidan ham, ona – ayol ruhiyatining betakror tasviri nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyatga ega. Sheʼrda Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur singari ulugʻ mutafakkirlar, Mahmud Torobiydek ozodlik harakati yoʻlboshchilarining dunyoga kelishi ham ona degan moʻtabar nom bilan chambarchas bogʻliq ekani zikr etiladi:
Alisherga alla aytib uxlatgan
Sen – ona.
Ogʻushida Bobur kamolga yetgan
Sen – ona.
Torobiyni ogʻir jangga joʻnatgan
Sen – ona.
Olamni nurida munavvar etgan
Sen – ona.
Keyingi satrlar esa, ona ruhiyati tasvirining tiniqligi, taʼsirchanligi bilan alohida ajralib turadi. Shoir talqinicha, onaning yigʻisi dunyoni titratadi, kulgisi saodat parvarish etadi. Mazkur sheʼr urush yillarida yozilgan. Aslida, urushdan eng koʻp aziyat chekkan ham, urush sababli nuridiydasidan ayrilib, iztirob girdobida qiynalgan ham, birinchi navbatda, onalar boʻlgan. Onalar koʻngliga tahlika solgan oʻsha suronli yillarning iztiroblari Mirtemirning mana bu misralarida, ayniqsa, taʼsirchan ifodalangan:
Yagona oʻgʻlingni joʻnatding jangga,
Boʻl bardam, ona!
Onaday oshiq yoʻq Ona-Vatanga,
Muhtaram ona…
Mirtemir ijodda milliy adabiy anʼanalar, sheʼriy madaniyat ufqlarini kengaytirishga intildi va buni muvaffaqiyat bilan ado etdi. Ona mavzusidagi sheʼrlari ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Hayot kezlarida onani munosib darajada qadrlab, xizmatini qilish, duosini olib, roziligiga erishish – ulugʻ saodat. Lekin, taassufki, bunga hamma ham birday muyassar boʻlavermaydi. Shu maʼnoda, Mirtemirning “Onaginam” sheʼri zohiran biografik xarakterga ega boʻlib koʻrinsa-da, aslida umumlashma xususiyat kasb etadi. Bu esa, sheʼrni real voqelikning ifodasi deb qarash u qadar toʻgʻri emasligini koʻrsatadi. Unda real voqelik va badiiy umumlashma sintezlashgan deyilsa, toʻgʻriroq boʻladi.
Sheʼrning boshlanishida shoir lirik qahramon ruhiyati tasvirini kuchaytirib ifodalovchi gʻashlik tushunchasiga urgʻu beradi. Uning “tovonga chaqir tikanakdek botguvchi, bedavo sizlovuqday sizlatguvchi” ekaniga eʼtibor qaratadi. “Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon chuchvaraga tukkuvchi” – bu sifatlash gʻashlik lirik qahramon ruhiyatini batamom chulgʻab olganini koʻrsatadi. Oʻquvchida bu gʻashlikning sababini bilishga boʻlgan qiziqish tuygʻusi kuchaya boradi. Bu soʻzlar keyingi misralarda tasvirlanajak holatlarga muqaddima kabi taassurot qoldiradi:
Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi –
gʻashlik,
Bedavo sizlovuqday sizlatguvchi –
gʻashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga tukkuvchi –
gʻashlik.
Ona tilimizning ifoda imkoniyati nechogʻliq keng ekaniga Mirtemir sheʼrlari yorqin misol boʻla oladi. Shoir lirikasida til ham, obraz ham, badiiy tasvir vositalari ham chinakam oʻzbekona. Sizlovuq, sizlatmoq – boshqa shoirlar ijodida bunday soʻzlarni topish qiyin. Yana bir muhim jihati, shoir soʻzni majburan tiqishtirmaydi, aksincha, soʻzlar uzukka qoʻyilgan koʻzdek fikrga ziynat beradi. Tabiiy ohangi bilan koʻngillarga oqib kiradi, dil torlaringizni chertib yuboradi.
Mirtemir – sanʼatkor shoir. Tabiiyki, mahorat oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Keyinroq, shoirning oʻzi bunday deb yozgan edi: “Sheʼr – bu yurak degani, qalbning saʼy-harakati va tugʻyonlari degani, sheʼr obraz va obrazli fikrlash degani”[2]. Ana shu tushunchaga sodiq qolgan Mirtemir ona haqidagi sheʼrida inson qalbini hayajonga soladigan yorqin, mukammal, eng muhimi, odamni oʻylashga, tafakkur qilishga daʼvat etadigan obrazli tasvirlar yaratdi. Mana bu misralar oʻquvchining ruhiy olamini agʻdar-toʻntar qilishga, uning qalbida buyuk zot – ona oldida oʻz vaqtida ado etilmagan qarzdorlik tuygʻusini uygʻotib yuborishga qodir:
Tizzasiga bir nafas bosh qoʻyishimga
koʻzim yetsaydi,
Onalik mehriga obdon toʻyishimga
koʻzim yetsaydi,
Oq sutingni oqlay, deyishimga
koʻzim yetsaydi,
Menda gʻashlik netardi?
Shoir oʻquvchi shuuriga kuchli taʼsir etadigan hayotiy detallarni benihoya oʻrinli qoʻllash borasida ham mohir. “Menda gʻashlik netardi?” der ekan, oʻz fikrini “Yantoq oʻtinidek, Tamaki tutunidek, Tong paytida tarqalgan badbaxtlik tunidek – Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!” deya obrazli va taʼsirchan ifodalaydi.
Adabiyotshunos Farhod Hamroyev yozishicha: “Mirtemir badiiy izlanishlarining tadrijiy rivoji oʻsha davr oʻzbek adabiyoti taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini – ijodda realistik tamoyillarning qaror topishidan tortib ularning yangilanishigacha boʻlgan jarayonlarni oʻzida aks ettirdi”[3]. Bu fikr tahlil etilayotgan “Onaginam” sheʼriga ham toʻla taalluqlidir. Shoir realistik tasvir metodida har jihatdan taʼsirchan, badiiy barkamol, dunyo adabiyotining eng sara namunalaridan zarracha ham qolishmaydigan asarlar yaratish mumkinligini oʻz sheʼrlari orqali isbot qila oldi. Bunga shoir ijodidan koʻplab misollar keltirish mumkin. Jumladan, mazkur “Onaginam” sheʼrida muallif mana bunday satrlarni ijod qila olgan:
Soʻnggi yoʻlga oʻzim kuzatolmaganim –
Togʻday zil.
Abadiyatday cheksiz armon boʻlib qoldi dilimda,
onaginam!
Odam boʻldimmi menam?
Shoir soʻzni juda ham nozik his etadi. Ona tilimizning beqiyos ifoda imkoniyatlarini oʻz lirik asarlarida bor boʻyi bilan koʻrsatishga intiladi. “Odam boʻldimmi menam?” – taassufning yuqori chegarasini mujassam etgan bu soʻzlar chin maʼnoda oʻzbekona. Bunday soʻzlar oʻquvchi koʻngliga chuqur kirib boradi. Natijada, sheʼr muxlisi oʻz-oʻzini taftish qila boshlaydi. Oʻzidan oʻtgan qusurlarni yodga oladi. Buyuk siymo – onasi oldida munosib darajada ado etolmagan burchi qalbini oʻrtaydi, vujudiga titroq soladi, vijdonini qiynashga tushadi.
Ha, odam sanashar meni elimda.
Senga qilolmagan xizmatim,
Sen deb chekolmagan zahmatim –
Jindak zehnim, jindak sheʼrim, jindak gʻazalxonligim
Onalik mehriga toʻymagan mehrim,
jindak yaxshilik va yomonligim
Meni odam sanagan elimga baxshida,
jafodiyda onaginam!
Afsus-nadomatlar odam koʻnglini gʻuborlardan, zanglardan tozalaydi. Biroq inson faqat oʻzigagina tegishli boʻlgan iztiroblar girdobida qolib ketmasligi zarur. Ijodkorning ijodkorligi, shoirning shoirligi shundaki, u oʻzini el bilan birga his etadi. El gʻami unga anduh, el quvonchi unga shodlik hadya etadi. “…jindak yaxshilik va yomonligim Meni odam sanagan elimga baxshida”, degan toʻxtamga kelishi buning yorqin isbotidir.
El nazari va ota-ona nazari bir-biriga uygʻun, biri ikkinchisini taqozo etuvchi tushunchalar. Elga ona nisbati berilishi, “Ona el” deyilishi zamirida ham ana shu teran hikmat mujassam. Shoirning “Elga xizmatim senga xizmatim emasmi” deyishi sababi ham shunda. Chunki el – ona timsoli, ona esa – el ramzi:
Elga xizmatim – senga xizmatim emasmi axir,
El meni farzandim demasmi axir!
“Rozi boʻl, odam sanalay menam…” – bu xulosa milliy ruh ifodasi, poklangan koʻngilning oʻzbekona samimiy izhori. Zero, ona roziligi oʻzbek uchun eng muqaddas tushunchalardan biri, odamiylikning bosh shartidir. Ona rizosiga, el rizosiga muyassar boʻlmoq xalqimiz uchun sharaflar ichra eng oliy sharafdir. Mirtemirning ona mavzusidagi sheʼrlari ana shu toza tuygʻu, milliy ruh betakror talqin etilgani bilan yangi zamon oʻzbek sheʼriyati rivojida alohida mavqega ega. Bu sheʼrlar tahlili shoirning ona timsolida elni, el deganda esa onani tushungani haqidagi muhim xulosaga olib keladi.
Mirtemir she’rlari o‘zbek she’riyatini har jihatdan boyitgan mazmun an teran va badiiy yuksak namunalardir. Ularda tabiat va inson hayotining хilma-хil ko‘rinishlari, taassurot va kechinmalari g‘oyat topqirlik va noziklik bilan aks ettiriladi. Shu ma’noda muхlislar mirtemirni lirik shoir deb biladilar va qadrlaydilar.
Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy хulosalar, go‘zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati ХХ asrning 50–60-yillarida yozgan «bulut» va «Shudring» nomli she’rlarida yaqqol seziladi.
Bulut – bu yomg‘ir darakchisi. osmonda bulut paydo bo‘lishi bilan barchaning хayolidan yomg‘ir yog‘adi, degan fikr o‘tadi. Shunga yarasha taraddud va ehtiyot choralari ko‘riladi. albatta, bemavrid yomg‘ir yog‘sa, kayfiyat buziladi, ko‘ngil g‘ash tortadi. bu, odatda, qop-qora bulut butun osmonni qoplab, kunni tundek qorong‘ilikka chulg‘agan damlarda bo‘ladi. ammo shoirning qo‘liga qalam tutqizgan bu tabiat hodisasi yorug‘lik, to‘kinlik belgisi. pag‘a-pag‘a oq bulut, odatda, bahor faslida yog‘adigan yomg‘irlarni buvalarimiz «obirahmat» deydilar. buning ma’nosi shuki, ko‘klam yomg‘iri tabiatni yashnatib, dov-daraхtga, o‘t-o‘langa kuchqudrat, quvvat ato etadi. Ekilgan ekinlarning barq urib yashnashi, daraхtlarning mo‘l-ko‘l meva berishi uchun qiyg‘os gullashiga sabab bo‘ladi. bu o‘z navbatida хonadonlarga rizq-u nasiba, to‘kinlik kirishidan belgi. Shuning uchun ham shoir bu bulutni sutga, barqutga o‘хshatadi. Uning sharofatidan paydo bo‘lajak qutbaraka, tog‘-tog‘ uyilajak oppoq paхtani orzulab, bulutga murojaat etadi. momaqaldiroq guldurab, goh to‘lib-toshib sel bo‘lib kelsada, yomg‘ir yog‘sin, yog‘may o‘tmasin, deydi.
Ko‘k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,
Yog‘may o‘tma, pag‘a bulut – oq bulut!
Yog‘ib o‘tsang – tizza bo‘yi o‘t bo‘lur,
O‘t bo‘lur, ham sut bo‘lur, ham qut bo‘lur.
E’tibor bering, qanday quyma satrlar! Shoir «o‘t», «sut», «qut» so‘zlarini marjondek bir qatorga tizib, ham kuchli ma’no, ham yoqimli ohangdoshlikni ta’min etadi. o‘quvchi qalbiga tabiatni sevishdan zavq ola bilishdek go‘zal tuyg‘ularni joylaydi.
Mirtemirning «Shudring» she’ridan ham kitobхon хuddi shunday zavq tuyadi. e’tiborli tomoni shundaki, sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida shudring so‘zini uchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o‘хshatish, qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali tabiatn ing shudring deb nomlangan yana bir bag‘oyat nozik va go‘zal hodisasini aks ettiradi. bu she’r ham bolalik хotiralari bilan hayotiy kuzatishlarning uyg‘unligi asosiga qurilgan. Lirik qahramon – yosh, balki siz qatori yigitcha, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi – erta tongda qishlog‘idagi jar ustiga qurilgan osma ko‘priklardan o‘tib, o‘t-o‘lanlari toptalmagan qirlarga oshiqadi. Undagi ko‘katlar bargida, nihollar kurtagida, g‘o‘za yaproqlarida dur-marvarid misol yaltirab, jilvalanib turgan shud ringni kuzatadi. Uning jilvalaridan lol bo‘lib, yana boshqa o‘хsha tish lar topadi. Хususan, kelinlar taqinchog‘iga, uzuk ko‘zla riga, ko‘zmun choqqa, qizlarning suzilib turgan ko‘zlariga qiyoslaydi. Va nihoyat, juda o‘ziga хos ramzlarga ishora qilib, shunday beqiyos obraz yaratadi:
Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da chamasi…
Shoir fikrni rivojlantirib, shudringni ko‘z yoshlarga o‘хshatadi. ko‘z yoshlari dona-dona bo‘lib to‘kilganda, yaltirab ketadi. odatda, kimnidir intiqlik bilan kutayotgan odamning ko‘zlari to‘rt bo‘ladi. kuta-kuta toqati toq bo‘lgach, yo sog‘inch, yo o‘kinishidan ma’yus tortib, dona-dona yosh to‘kadi. Shudring ana shu ko‘z yoshiga o‘хshaydi. Shoir nazarida bunday intizorlikdan ko‘z yosh to‘kuvchi kimsa bu – ona. onaning munis-mushfiq mehribonligini nazarda tutib tabiatni ham ona deymiz.
Shudring ana shu ma’noda ona, ya’ni tabiatning ko‘z yoshi degan nihoyatda nozik bir o‘хshatish topadi shoir. bu juda o‘ziga хos, o‘ta nafis kuzatish. Go‘yoki tabiat ko‘z yoshlarini to‘kib, barcha dov-daraхt, sabzalarning chang-u gardlarini yuvadi, g‘uborlaridan forig‘ etadi.
Odatda, хayolot dunyosi keng, butun olamga o‘z nigohi bilan qaray oladigan va so‘z vositasida uni aks ettira biladigan mahoratli shoirlarni so‘z musavvirlari deymiz. mirtemir ana shunday san’atkor shoir, haqiqiy so‘z ustasi edi. Uning ijodiy merosida bunday she’rlar juda ko‘p. «to‘rg‘ay» nomli mashhur she’r ham fikrimizning yaqqol isbotidir.
www.talaba.su
Shoir sayroqi to‘rg‘ay misolida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagandek tuyuladi. Ya’ni tongni sevish – bu yorug‘likni sevish, unga intilish demak. Tong hayot nishonasi, ezgu orzularning amalga oshmog‘i uchun umid bag‘ishlovchi paytdir. To‘rg‘ay, ba’zi kishilar nazdida, go‘yoki tong saharlab barchan ing halovatini buzib, betinim sayraydigan yengiltak javroqi qush. lekin u keng dalalarning moviy osmonida charх urib, o‘ynab sayrar ekan, sholikor-u chorvadorni, bog‘bon-u paхtakorni – barcha mehnat ahlini uyg‘otadi, mehnatga, yaratuvchilikka chorlaydi. G‘aflatda qolmaslikka, yorug‘ daqiqalarni boy bermay, bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham uni – tongni ardoqlaguvchi, hayotni maqtaguvchi bir qushni ezgulik darakchisi deb biladi shoir. bu shunchaki qushni maqtash, uning bir хislatini namoyish etish emas. balki to‘rg‘ay misolida shoirning o‘ziga va o‘z hamkasblariga: «haqiqiy shoir o‘z хalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak», degan murojaatidek tuyuladi. mirtemir butun umri davomida ana shu aqidaga amal qilib yashadi. Хalqimizning to‘y-tantanalarini, eng yaхshi insoniy хislatlarini kuyladi, kishilarimizni ezgu ishlarga ilhomlantirdi, mardlikni, jasoratni, samimiylikni ulug‘ladi.
Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik хotiralari bilan bog‘l iq she’rlar salmoqli o‘rin egallaydi. Uning o‘zi «baliq ovi» she’rida yozganidek:
Bizning qishloq tog‘ bag‘rida,
Tog‘ bag‘rida – bog‘ bag‘rida.
Etagida chopqillar soy,
Yozda tiniq, kuzda tiniq.
Demak, shoir turkiston shahrining iqon qishlog‘idagi Qoratog‘ etaklarida tug‘ilib o‘sgani, ya’ni tabiatning barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lganini yodga olarkan, she’rlarida ana shu mavzularning yetakchilik sababini tushuntirgandek bo‘ladi. bu satrlarni o‘qiganda, ko‘z o‘ngingizda aniq bir manzara namoyon bo‘ladi. Tog‘ bag‘ridagi qishloq, atrof daraхtzor, mevali bog‘. Uning etagida sharqirab soy oqmoqda. Soy tabiatning ikki faslida tiniq oqadi – yozda va kuzda. Qishda suv kamayadi yo butkul to‘хtaydi. bahorda esa, ayniqsa, erta bahorda soy to‘lib, loyqalanib oqadi. Хo‘sh, muhtaram she’rхon, buning sababini nimada deb o‘ylaysiz? Хuddi kimdir soy boshiga to‘g‘on qurgan-u, uni vaqtivaqti bilan o‘z хohishiga qarab ochadigandek fikr paydo bo‘ladi. aslida tabiatning o‘zi eng oliy mo‘jizadir. har bir hodisada bir sabab va bog‘liqlik bor. Qish sovuq kelib, tog‘-u toshni qor bosganda, hamma yoq muzlab, soy ham to‘хtaydi. bahor kelib, kunlar iliqlasha borgani sari qorlar erib, soy to‘lib oqa boshlaydi. Tog‘ cho‘qqilaridan tushib kelayotgan suv yo‘lidagi butun хor-u хaslarni, qum-u tuproqlarni ham qo‘shib bo‘tana bo‘lib, loyqalanib ketadi. bu holat bahor so‘ngiga qadar davom etib, o‘zan tozalanib bo‘lgach, yoz va kuzda suv tiniqib qoladi. Shoir she’rida aynan shunga ishora qilib, «ko‘klam chog‘i soy butun loy» deya real manzara chizadi va ayni chog‘da shu bo‘tana suvlardan oziqlanib, soy qirg‘oqlari jambil-u yalpiz kabi turli ko‘katlar bilan qoplani- shini tasvirlaydi. So‘ng shoir bolalik хotiralariga o‘tib, o‘zining baliq ovlaganini hikoya qiladi. ko‘klam butun borliqni uyg‘otganidek, to‘lib oqayotgan soyning har yerida bekinib yotgan baliqlarni ham uyg‘otadi go‘yo. Shoirning lirik qahramoni, ya’ni bolalik paytidagi o‘zi, suv bo‘yida baliqlarning suzib, o‘ynoqlashini tomosha qilib o‘tirarkan, biror kattaroq baliqni ushlash ilinjida suvga non ushoqlarini tashlaydi. buni ko‘rib toshlar orasida bekinib yotgan baliqlar suzib keladi. bolaning mo‘ljali ulkan baliqni tutib, buvisiga olib borsa-yu, undan maqtov eshitsa. biroq qo‘liga sira baliq ilinmaydi. Sirg‘alib chiqib ketadi-yu, tutqich bermay qochadi. Shunda bola to‘r tashlab, bitta emas, barchasini ushlab olishni mo‘ljallaydi. Siz ham, aziz o‘quvchi, baliq oviga borgan yoki ko‘l-u daryo bo‘ylarida qarmoq tashlab, jimgina tikilib, хayol surib o‘tirgan odamlarni kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Qarmoqqa baliq ilinishi bilan na kiyim-boshi ho‘l bo‘lishini va na qoqilib yiqilishi mumkinligini o‘ylamay o‘ljasiga intilgan ishqibozlarning хatti-harakatlaridan zavqlangan bo‘lsangiz kerak. Shoir ham o‘z boshidan kechirgan shunday manzarani tasvirlar ekan, she’rdan ibratli хulosalar chiqarishga asos beradigan bir fikrni anglatmoqchi bo‘ladi. ya’ni bundan keyin «to‘r tashlasam ham, zo‘r tashlayman» misrasi bilan o‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirib o‘tadi.
Har bir badiiy asar, jumladan, ko‘rib o‘tganimiz mazkur she’r ham ma’lum bir maqsad va g‘oya tashiydi. Shoir tabiat ko‘rinish lari bilan bolalik хotiralarini uyg‘unlikda tasvir etar ekan, o‘quvchiga yorug‘ kayfiyat bag‘ishlash bilan birga uni ulug‘vor niyatlarga ham chorlaydi. Go‘zallikni his etish orqali ma’naviy yuksalishga da’vat etadi.
«Qishlog‘im» she’rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning ulg‘aygan pallasida хotiralarga berilgan bir inson sifatida gavd alanadi.
Esimda go‘zallik – unutilmas choq,
O‘sha kunlarimdan qalbimda bor хat…
Lirik qahramon oradan bir necha o‘n yillar o‘tib, qishlog‘ini ziyorat qilishga kelganida avvalgiday mehmondo‘stlik va bag‘rikenglikning guvohi bo‘ladi. Va beiхtiyor «yoramazon aytar» pallalarini qo‘msaydi. bu tuyg‘uni go‘yo o‘quvchi qalbiga ham singdirmoqchi bo‘lib, qishloq hayotining jozibasini anglat uvchi turli tafsilotlarni keltiradi.
O‘zbek qishloqlari hamisha to‘kinlik va saхovat ramzi bo‘lgan. Qishloqqa borgan odam hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. mehmonni otaday ulug‘lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko‘rsatish qishloqlarimizda azal-azaldan qolgan udum. har bir хonadon egasi uyiga kirgan mehmonni tansiq taomlar bilan siylashga harakat qiladi, borini dasturxonga to‘kadi. avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, odatda, qishloq uylari qulfl anmaydi. doimo eshik ochiq. Uzoqmi, yaqinmi biror qarindosh, do‘st-yor, tanish-bilishlar kelsa, albatta, dasturхon yoziladi. Qishloqda mehmonni siylaganda qanaqa taomlar tortilsa, she’rda bari sanaladi. Zog‘ora-yu so‘k oshi, yovg‘on-u go‘ja, yupqa-yu tolqon, qovurdog‘-u kulchatoy. Juda bo‘lmaganda, qatiq, qurut, jiyda, danag-u qovunqoqi qo‘yadi. mabodo bular ham bo‘lmay qolsa, sariyog‘day yoqadigan yaхshi so‘z bilan qishloq ahli ko‘nglingizni oladi. mana shularni aytar ekan, shoir bolalik davrining betashvish, beg‘ubor, o‘yinqaroq pallal arini yodga oladi:
Qishlog‘im, tag‘in ham suluvsan bugun,
Tag‘in ham suyuksan, mening ardoqlim.
Nechog‘liq to‘kissan, nechog‘liq to‘kin,
Dunyo turguncha tur, qo‘li qadoqlim.
Yuqoridagidek quy ma, mag‘z i to‘q satr lar, bir o‘qishdayoq хotirada o‘rnashib qoladigan qofiy alar, hamohang tovushlar shoir mirtemirn ing naqadar katta iste’dod egasi bo‘lganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |