Qoldiqli bo’lish
1.243 ni qandaydir songa bo'lganda bo'linma 15 ga, qoldiq 3 ga teng chiqdi. Bo'luvchi nechaga teng?
2. 215 ni 19 ga bo'lganda, qoldiq 6 bo'ladi. Bo'linma nechaga teng?
3. 358 ni qanday songa bo'lganda bo'linma 17 va qoldiq 1 bo'ladi?
4. Natural sonni 18 ga bo'lganda, bo'linma 15 ga, qoldiq 3 ga teng bo'ldi. Bo'linuvchini toping.
5. Qandaydir sonni 1995 ga bo'lganda,qoldiq 1994 ga teng bo'lsa, shu sonni 5 ga bo'lgandagi qoldiqni toping?
6. Qandaydir sonni 289 ga bo'lganda,qoldiq 287 ga teng bo'lsa, shu sonni 17 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.
7. 910 ni 7 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.
8. Ifodani 6 ga bo'lingandagi qoldig'ini toping: 7 + 69 + 671 + 6673 + 66675
9. 36455478354 ni 2, 4, 5, 9, 10 va 25 ga bo'lganda hosil bo'lgan qoldiqlar yig'indisini toping.
10. 412 ni 9 ga bo'lganda, qoldiq necha bo'ladi?
11. Ikkita natural sonni 5 ga bo'lganda,mos ravishda 1 va 3 qoldiq hosil bo'ladi. Bu sonlar kvadratlarining yig'indisini 5 ga bo'lganda, qoldiq nechaga teng bo'ladi?
12. n sonini 7 ga bo'lganda, qoldiq 5 ga,m sonini 7 ga bo'lganda, qoldiq 6 ga teng. mn ko'paytmani 7 ga bo'lganda, qoldiq nechaga teng bo'ladi?
13. 3 ga bo'linmaydigan natural sonning kubini 9 ga bo'lganda, qoldiq qanday sonlar bo'lishi mumkin?
14. 35 ta natural sonni ketma-ket yozish natijasida hosil bo'lgan 123...3435 sonini 25 ga bo'lish natijasida hosil bo'lgan qoldiq nechaga teng?
15. 624 ni qanday songa bo'lganda, bo'linma 41 ga, qoldiq esa 9 ga teng bo'ladi?
16. Barcha uch xonali sonlar ichida 45 ga qoldiqsiz bo'linadiganlari nechta?
17. 2146, 1991 va 1805 sonlarining har birini qanday natural songa bo'lganda, qoldiqlari bir xil chiqadi?
18. Nechta ikki xonali son 15 ga qoldiqsiz bo'linadi?
19. 20022002 sonini 5 ga bo'lganda, qoldiq nimaga teng?
20. Qaysi tenglik qoldiqli bo'lishni ifodalaydi?
1)43=9*5-2 2) 43 = 8 * 5 + 3
3) 43 = 7 *5 + 8 4) 43 = 21*2 + 1
Umumiy bo'luvchi va umumiy karrali. EKUK va EKUB.
1.8 va 6 sonlarining eng kichik umumiy karralisini toping.
2. 630 va 198 ning umumiy bo'lyvchilari nechta?
3. 10 va 8 sonlarining eng kichik umumiy karralisini toping.
4. 6 va 4 sonlarning eng kichik umumiy karralisini toping.
5. 840 va 264 ning umumiy bo'lyvchilari nechta?
6. 420 va 156 ning umumiy bo'lyvchilari nechta?
7. n raqamining qanday qiymatlarida 10+n va 10 sonlarining eng kichik umumiy karralisi 60 bo'ladi?
8. 8 va 12 sonlari eng kichik umumiy karralisining natural bo'luvchilari nechta?
9. 312 va 12 sonlarning umumiy bo'lyvchilari nechta?
10. 15 va 25 sonlari eng kichik umumiy karralisining natural bo'lyvchilari nechta?
11. 21 va 35 sonlarining eng kichik umumiy karralisi bilan eng katta umumiy bo'lyvchisining yig'indisini toping.
12. 270 va 300 sonlari eng kichik umumiy karralisining 4 va 6 sonlarining eng kichik umumiy karralisiga nisbatini toping.
13. 24; 18 va 30 sonlari eng kichik umumiy karralisining eng katta umumiy bo'luvchisiga
nisbatini toping.
14. 56 va 16 sonlarining umumiy bo'luvchilari nechta?
15. Quyidagi tasdiqlarning qaysilari to'g'ri? 5) 39 va 91 sonlari o'zaro tub
1) Toq va juft sonlar doimo o'zaro tub; 2) Ikkita juft son o'zaro tub bo'la olmaydi;
3) Ikkita turli tub sonlar doim o'zaro tub; 4) Ikkita ketma-ket natural sonlar doim o'zaro tub;
16. 72 va 96 sonlarining eng kichik umumiy karralisining eng katta umumiy bo'luvchisiga nisbatini toping
17. 18 va 12 sonlari eng kichik umumiy karralisining eng katta umumiy bo'luvchisiga ko'paytmasini toping.
18. 9, 10, 22 va 25 sonlari orasida nechta o'zaro tub sonlar jufti bor.
19. 108 va 135 sonlarining eng kichik umumiy karralisini 12 va 54 sonlari eng kichik umumiy karralisiga nisbatini toping.
20. Ikki sonning ko'paytmasi 294 ga, ularning eng katta umumiy bo'lyvchisi 7 ga teng. Bu sonlarning eng kichik umumiy karralisini toping.
21. 36 ning natural bo'luvchilari nechta?
22. [4; 8] kesmada nechta o'zaro tub sonlar jufti bor?
23. 8n+2 *12 n-3 ko'paytmaning natural bo'luvchilari soni 42 ga teng bo'lsa, n nechaga teng bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |