2. O’quvchilarning eshitish va fikrlash qobiliyatini yaxshilashda zamonaviy metodlar
Integratsiyalashgan yondashuv talabalarning allaqachon bilgan va qila oladigan narsalar asosida yangi bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Demak, agar o‘quvchilar qisqa hikoyani o‘qiy olsalar, bu mahorat ularga o‘z hikoyasini yozishga yordam beradi.
Bundan tashqari, ko'nikmalarni birlashtirish darsda ko'proq rang-baranglikni yaratishga imkon beradi, chunki faoliyat doirasi kengroq bo'ladi. Talabalar shunchaki tinglash o'rniga, gapirish, o'qish va yozish amaliyotiga ega bo'lishlari mumkin. Bu ularning ingliz tilini o'rganish motivatsiyasini oshirishi mumkin.
Eng muhimi, ko'nikmalarni birlashtirish sizning real muloqot darajasida ishlayotganingizni anglatadi, bu ingliz tilida kommunikativ kompetentsiyani har tomonlama rivojlantirishni ta'minlaydi.
To'rtta qobiliyatni qanday birlashtirish kerak
1) Integratsiyaning eng oson shakli bir xil vosita ichida (og'zaki yoki yozma), retseptiv ko'nikmalardan ishlab chiqarishgacha.
2) Ikkinchi tur - murakkab integratsiya. Bu turli ko'nikmalardan foydalanadigan bir qator tadbirlarni qurishni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, bitta faoliyatning keyingisi bilan tematik jihatdan chambarchas bog'langanligiga ishonch hosil qilish muhimdir.
Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o’qitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Hatto, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli o’zaro bog’liqlikni ta’minmagan holda o’qitilmoqda.
Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o’quv rejalarida ushbu fanlarni o’qitishning vaqt bo’yicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg’unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi o’quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
Pedagogikaga oid ilmiy izlanishlarda o’quv fanlarini o’qitishdagi tarqoqlikni bartaraf qilishga qaratilgan shakl, metod hamda vositalari tizimini, ularning asosi bo’lgan o’qitish va tarbiyalash jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bularni o’quvchilar hayotiga qanday tatbiq qilib bo’ladi?
O’qish – aqliy mehnat turlaridan biri. Mamlakatimizda millionlab o’quvchilar maktablarda o’qishadi. O’qish – bu o’ziga xos xususiyatga ega mehnatdir. SHu narsa aniqki, bu mehnat ham ayni bir natijaga erishish uchun ko’p yoki oz kuch sarflanishiga qarab u yoki bu darajada samarali bo’lishi mumkin. O’quvchilarni har bir ishga kirishishdan oldin xoh yozma, xoh og’zaki reja tuzib olishga o’rgatish kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ham, shaxsiy ishda ham tartiblilik, tejamlilik rejaning mavjudligi va mukammalligiga bog’liqdir:
Xo’sh rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo’lishi kerak?
Bosh manba – hukumatimizning farmon va qarorlari, hamda xalq ta’limi tiziminyng rasmiy yo’l-yo’riqlari, hujjatlari hisoblanadi.
Rejaning yana bir muhim manbai – o’tgan o’quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va kamchiliklari tahlilidir.
Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
1. Rejaga Istiqlol g’oyalarini singdirish.
2. Rejaning shakl va yo’nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo’lishi.
Barcha tarbiyaviy vazifalar maktab oldiga qo’yilgan asosiy maqsadni – o’quvchilarni har tomonlama, «Sog’lom avlod uchun» dasturi asosida ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga tayyorlash maqsadini amalga oshirishga qaratilmog’i darkor.5
«Har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go’zal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a’zolari bo’lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog’liqdir, – degan edi prezidentimiz I. Karimov.
Rejaga bajarib bo’lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa: ish vaqti, joyi, mas’ullar aniq bo’lsin.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi – bu majburiy pedagogik hujjatdir. Uni amalga oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas’uldir. «Sinf rahbari haqida Nizom»-da: «Sinf rahbarining ishi reja asosida olib borilishi lozim» deb belgilab qo’yilgan.
Ishning istiqbolli rejasi sinf jamoasi tomonidan to’plangan tajribaga qarab va sinf rahbarining o’z vazifalariga muvofiq ravishda bir yoki bir necha yilga tuzilishi mumkin. Nizomda «Sinfning yillik ish rejasi tuziladi. Uni tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tasdiqlaydi» deyilgan.
Rejaning ifodalash shakli juda oddiy bo’lgani ma’qul: ishning nomi, bajarish muddati, mas’ul kishi. Reja qisqa va aniq bo’lishi kerak. Bo’lar-bo’lmas ishlar ro’yxatini qalashtirib, qappaygan reja tuzishga berilib ketmaslik kerak. Rejaga faqat hayot ilgari surgan va o’quv yili davomida muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin bo’lgan tadbirlarnigina kiritmoq lozim. Kiritilgan tadbirlar ham biri bog’dan, biri tog’dan olib yozilmasligi, balki ular tarbiyaviy ishlar tizimida bir-biri bilan bog’langan, bir-birini to’ldiradigan holda bo’lishi zarur.
Reja o’quvchi shaxsiga ta’sir ko’rsatuvchi turli tarbiyaviy omillarning nafaqat umumiy, balki xususiy aniq tadbirlarni ham o’z ichiga olishi kerak.
Biz quyida sinf rahbari ish rejasining asosiy bo’limlari va mazmunini beramiz:
I. Uquvchilar jamoasi bilan ishlash. Uquvchini o’rganish (o’quvchi haqida ma’lumot to’plash, uning aqliy, jismoniy, ruhiy rivoji, bilim, ko’nikma va malakalari darajasini, tarbiyalanganlik, jamoatchilikka intilish darajalarini diagnostik dasturlar asosida o’rganish), sinf jamoasini o’rganish (o’quvchilar soni, jinsi, millati, yoshi, rasmiy va norasmiy liderlar, ilg’orlar, qoloqlar, intizomsiz va tarbiyasi qiyin o’quvchilar, ularning sinfga ta’siri, sinfning jamoatchilik topshiriqlariga munosabati, sinfning tarbiyalanganlik, jipslik, rivojlanganlik darajalarini diagnostik dasturlar asosida o’rganish), sinf jamoasini tashkil etish va yo’naltirish (tashkiliy ishlar, sinf faollari bilan ishlash, umumiy ishlar ustidan nazorat, o’quvchilarni o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatish, navbatchilikni, o’zaro yordamni yo’lga qo’yish, gazeta tahririyati bilan ishlash, kasalmand va nogiron o’quvchilarga g’amxo’rlik, vaqtli matbuot nashrlariga yozilish, mehnat harakatlarida qatnashish, sinf mulkini saqlash, kundalik rejimga bo’ysunish va hokazolar).6
II. O’quvchilar va o’smirlar uyushmasi («Kamolot» jamg’armasi) bilan birgalikda olib boriladigan ishlar. Ushbu bo’limda o’quvchilar Yetakchisiga, «Kamolot» jamg’armasi kotibiga ularning tarbiyaviy ish faoliyatlarida beriladigan yordamning aniq shakllari ko’rsatiladi.
III. Sinf o’qituvchilari bilan ishlash. Darslarda o’quvchilarni o’rganish (o’quvchining darsda o’zini tutishi, ularning o’zlashtirmasligi, bilimdagi nuqsonlar, xulqi), o’quvchilardagi bilim ko’nikmalarini aniqlash (o’quvchilar kundaliklari, daftarlarini ko’rib chiqish, o’qituvchilar bilan suhbatlashish, o’quvchilarning o’quv ishlarini kuzatish, darsliklar, ma’lumotnomalar, jadvallar va hokazolar bilan ta’minlanish ahvolini o’rganish, nutq madaniyati, uyga vazifa, kasb tanlash masalalari bilan qiziqish), o’quvchi-o’qituvchi munosabati (o’quvchi bilan o’qituvchining chiqishimligi, o’qituvchiniig pedagogik odobga, pedagogik talablarning bir xilligiga erishishi masalalari), o’zaro yordamni tashkil etish (qoloq o’quvchilarni aniqlash, fan o’qituvchisi bilan birgalikda uning saablarini tahlil qilish va tegishli tadbir belgilash, a’lochi o’quvchilardan o’zaro yordam harakatini uyushtirish), o’qituvchilarga yordam berish (o’quvchilar haqida tegishli ma’lumotlar, maslahatlar berish, fanga oid tadbirlarni o’tkazishda ko’maklashish).
N.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, AleksyO’q Yu.K.Babanskiylarning tekshiruvlarida ta’lim uslublariga taalluqli ikkilamchi tur belgilarining ta’rifi beriladi, Ular uslub-ifoda, mazmun va ta’lim usuli ekanligi isbotlab berishgan.
Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko’rsatadi. Ta’lim jarayoiida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o’qituvchi va u bilan birgalikda o’quvchilar o’z bilim, qobiliyat va ko’nikmalarini dedO’qtsiya, indO’qtsiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash taklida ifodalaydidar.
Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog’langan ichkn tomonini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o’quv rejalari va dasturlariga o’tish davrida jamiyat va atrof-muhit o’rtasndagi aloqalarni uyg’unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o’rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.7
O’quv rejasi – me’yoriy hujjat bo’lib, unda har bir o’quv predmetining mazmuni ochib beriladi, muayyan o’quv yilida o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi.
O’quv rejasida quyidagilar aks etadi:
- o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
- ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlarining tartibi;
- fanlarning o’qish yillari bo’yicha taqsimlanishi;
- har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar kabilarning davomiyligi.
O’quv rejalarining quyidagi turlari mavjud:
tayanch o’quv rejalari;
namunaviy o’quv rejalari;
ishchi o’quv rejalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |