Bilak suyaklari ikkta uzun suyakdan iborat. Tirsak suyagining yuqori, yo’g’on uchida elka suyagi g’altagi bilan qo’shiladigan kattagina g’altaksimon bo’g’im o’ymasi bor. Tirsak suyagining tanasida oldingi, orqa va medial yuzalari bo’lib, ular oldingi, orqa va oraliq qirralari bilan ajratilgan. Tirsak suyaginig pastki uchi yumaloq tirsak boshi bilan tugaydi.
Suyaklanish nuqtasi suyakning yuqori qismida 8 — 10 yoshlarda, pastki qismida 4 — 8 yoshlarda taraqqiy etadi. 16 — 17 yoshlarda diafiz qismi bilan suyaklanish davri boshlanadi va 20 — 24 yoshlarga borib batamom suyaklanib bitadi.
Qo’l panjasining skeleti kaft usti, kaft va barmoq suyaklariga ajratiladi. Kaft usti suyaklari turli shakildagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo’lib, 4 tadan ikki qator bo’lib joylashgan. Kaft suyaklari 5 ta naysimon suyakdan tuzilgan. Kaft suyaklarining har birining tubi, tanasi va dumaloq shakildagi boshchasi tafovut qilinadi. Kaft suyaklari uchidagi bo’g’im yuzalari yassi bo’lib, kaft usti suyaklarining ikkinchi qatorida joylashgan suyaklar bilan qo’shiladi.
Barmoq suyaklari kaft suyaklariga o’xshash kalta naysimon suyaklardan tuzilgan va barmoqlarda ketma-ket joylashgan. Bosh barmoqdan boshqa qolgan to’rtta barmoqning uchtadan falanga suyaklari mavjud, bosh barmoq esa faqat ikkita falanga suyagidan tuzilgan.
Kaft suyaklarining suyaklanib, rivojlanish tartibi quydagicha bo’ladi: kaft suyaklarining suyaklanish nuqtasi embrion rivojlanishi davrining 9—10—haftlarida diafizda paydo bo’lib, 15 — 20 yoshgacha davom etadi; kaft barmoqlaridagi brinchi suyaklanish nuqtasi bolaning ikki oylik davrida paydo bo’ladi va 18 — 20 yoshda to’htaydi
Oyoq suyaklari
Oyoq suyaklari ikki guruhga oyoq kamari yoki chanoq va oyoqning erkin suyaklariga bo`linadi. Chanoq suyagining yuqori qismi kеngaygan bo`lib, katta chanoq dеb ataladi. Pastki qismi toraygan bo`lib, kichik chanoq dеb ataladi. Kichik chanoq bo`shlig`ida to`g`ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa tomirlari va nеrv tolalari, tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan. Chanoq suyagi yonbosh, quymich va qov suyaklaridan iborat. 3 yoshgacha chanoq suyagi jadal o`sadi. 7-8 yoshda qov va quymich suyaklari tutashadi. Jinsga bog`liq farqlari 12 yoshda farqlanadi. 20-25 yoshda chanoq suyaklari bir-biri bilan tutashadi. Ayollarning chanoq suyaklari, erkaklarnikidan farq qilib kaltaroq va kеng bo`lib, suyaklari yupqa va silliq bo`ladi. Kichik chanoq ayollarda kеngroq, erkaklarda tor bo`ladi. Chanoq tеshigi ayollarda kattaroq bo`ladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |