3. O’yinchilarni texnik tayyorgarliklarini oshirish.
Texnik tayyorgarlik, har bir o’yinchining ixtiyorida bo’lgan, bajarishni yaxshi bilgan, o’yin vazifalarini hal yetish uchun kerakli texnik turlari ko’pligiga qarab belgilanadi. Bu holatlar gandbolchining sport tayyorgarligi jarayoni, o’yin texnikasining muntazam yaxshilanib borishi bilan uzviy bog’liqdir.
Gandbolchilar texnik mahoratini takomillashtirish yo’llari nazariy asoslangan holda ko’riladi va taktikani takomillashtirish, harakat va ma’naviy, iroda sifatlarini rivojlantirish bilan birga qo’shib bajariladi. Texnika – bu o’yinning asosi sanaladi. Uni mukammal egallash va har xil o’yin sharoitida qo’llashni bilish yuqori sport malakasiga erishishning garovidir.
4. O’yinchilarni taktik tayyorgarliklarini oshirish.
Taktik tayyorgarlik. – Jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonida mashg’ulotning juda muhim va murakkab qismi hisoblanadi. Raqib jamoasi ustidan g’alaba qozonishda jismoniy texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda o’z imkoniyatlaridan to’g’ri va ustalik bilan foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Gandbolchilarning taktik ko’nikmalarini takomillashtirishda o’zlashtirilgan va o’rganilgan mashqlarni ko’p marta takrorlash taktikadagi ta’lim va mashg’ulotning asosiy uslubi (metodi) hisoblanadi.
Ruhiy tayyorgarlik, gandbolchilarning ruhiy tayyorgarligi umumiy ruhiy tayyorgarlikni va oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikni o’z ichiga oladi. Aqliy – irodaviy xislatlarni tarbiyalash umumiy ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifasidir. G’alaba qilishga intilishni o’yinchiga doimiy ravishda uqtirish lozim bo’ladi.
Bunday intilishning eng ta’sirchan usuli ijtimoiy burch va jamoa oldida javobgarlikni his etish hisoblanadi. Ayrim o’yinchilarga, guruhlarga va butun jamoaga maxsus topshiriqlar berish katta ahamiyat kasb etadi.
O’yin natijasini ahamiyatini, g’alaba qilish zarurligini hadeb eslataverish ham hamisha yaxshi natija bermaydi. Har bir sportchi o’yinchida irodaviy sifatlar yuqori darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Dadillik, qat’iyatlik, bosiqlik va esankiramaslik, tashabbuskorlik, intizomlilik asosiy irodaviy hislatlardir. Bu hislatlar o’quv mashg’ulotlari jarayonida tarbiyalanadi.
Belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarlik, gandbolchi organizmining imkoniyatlarini hamda undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Bunday imkoniyatlarning darajasi ularning tayanch muskul tizimining ishchanligida aniq namoyon bo’ladi. Mashg’ulotlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlar mustahkam bo’lishi uchun o’yinchi uzoq vaqt davomida o’ziga xos maxsus ishni bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Gandbolda harakat faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun mashg’ulotni turli tezlikda bajariladigan mashqlarni qisqa vaqt, ancha uzoq vaqt, sust va faol dam olishni almashlab olib borish mumkin. O’yin harakatlarining tavsifi to’xtab-to’xtab o’tladigan bo’lgani uchun, u nafas olish jarayonining eng ko’p miqdorda kuchaytirilishi talab qilinadi. Gandbolchilarning vazifalarni bajarish tayyorgarligini oshirishda maxsus vositalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |