pozitsiya hujumi bu hujumlarning har qaysisi bir – birini tо„ldiradi va shuning
qо„llaganda о„yinchilarni о„zaro yonma –yon holatda bо„lib qolishi qiyin. Shuning
uchun pozitsiyada hujum qilishning solishtirma og„irligi biroz baland hisoblanadi.
Shunga qaramasdan tez yorib о„tish qanchalik kо„p qо„llansa, hujumchilar tо„p
otishni shunchalik kо„p bajaradilar. Zamonaviy qо„l tо„pi faqat uning hisobiga
rivojlanmoqda.
Tez yorib о„tishning maqsadi raqiblarning tо„pni yо„qotib, hujumdan
himoyaga о„tishi paytida sodir bо„ladigan vaqtincha uyushmagan haraktidan
foydalanishdir. Shuning uchun tez yorib о„tishga albatta raqiblardan tо„pni
kutilmaganda olib qо„yilganda kirishiladi. Bu kо„pincha tо„pni olib qо„yishda,
tо„siqlardan, darvozabondan yoki darvoza ustuniga urilib qaytgan tо„pni
egallaganda va hujumchilar tomonidan о„yin qoidasi buzilgan hollarda amalga
oshiriladi.
Tez yorib о„tishdagi о„zgarishlar uning shiddati bilan bog„liq – hujum 4-7
s davom etadi, о„zaro harakatlar oddiy bо„lsa ham, oz sonli о„yinchilar bilan
ustunlik vujudga keltiriladi. Vaqtdan yutish va bushliq, son jixatdan ustunlikni
vujudga keltiradi va darvozani ishg„ol etish uchun qulay sharoit yaratadi. Ammo
buning uchun barcha himoyachilar harakati imkon boricha tezkor, dadil va
yaxshi kelishilgan bо„lishi kerak.
Tez yorib о„tishda ayniqsa, darxol qulay vaziyatni tanlash va birinchi
tо„pni tо„g„ri uzatish muhimdir. Tez yorib о„tish yolg„iz va jamoaning hamma
о„yinchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tez yorib о„tishga qanchalik
kо„p о„yinchilar qatnashsa, ularga karshi kurashish shunchalik murakkablashadi.
Darvoza tomon tez yorib о„tishda hujumchilar butun maydon kengligida bir
yoki ikki qator bо„lib joylashadi. Birinchi bо„lib start olgan (1-3-о„yinchi)
о„yinchilarni orqadagi о„yinchilar qо„llashi kerak. Hujumchilar tо„pni yо„qotishi
va ularga javoban hujum uyushtirilishi mumkinligi sababli bir о„yinchi orqada
qoladi. Agar old qator о„yinchilari son jihatdan ustunlikka erisha olmasa, unda
hujumning muvoffaqiyatli yakunini himoyachilar orasidagi bо„sh joyga kirishga
harakat qilayotgan orqa qator о„yinchilari amalga oshiradi. Bunday birin-ketin
rivojlanadigan va orqa qator о„yinchilari yakunlaydigan tez yorib о„tish hujumi
“rivojlangan hujum” deb nom olgan.
Uzoq masofaga tо„p uzatib tez yorib о„tish – oddiy va muddatidan ilgari
yakunlanadigan hujumning ma‟suliyatli usulidir. Odatda uzatishni darvozabon
yoki tо„pga ega bо„lgan о„yinchi bajaradi.tez yorib о„tishni boshlagan о„yinchi
maydonning yon chizig„i bо„ylab yoki maydon markazi tomon chaqqon oldinga
intiladi. Muvoffaqiyat uchun oldinga intilgan о„yinchi boshqalardan о„zib ketishi
mumkin. Odatda, buni oldinga chiqib о„ynayotgan himoyachi yoki tо„p otilgan
joyga qarama-qarshi burchakdagi himoyachi amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: