12-rasm. O'mrov snyagi. 1-extremitas aciomialis; 2-extremitas stemalis; 3-tuberculum conoideum; 4-linea trapezoidea; S-facies articularis acromialis. elka kamari sohasida 2 ta: o'mrov va kurak suyagi bo'lib, ulardan o'mrov suyagi qo'lni tana bilan bog'lab turadigan yagona suyak.
O'mrov (clavicula) S shaklida bukilgan uzun naysimon suyak (12-rasm) bo'lib, to'sh suyagining o'mrov o'ymasi bilan kurak suyagining akromion o'simtasi o'rtasidajoylashadL Uning tanasi (corpus claviculae) to‘sh uchi (extremitas stemalis) va akromion uchi (extremitas acromialis) tafovut qilinadi; to'sh uchi oldinga turtib chiqqan va yo‘g‘onlashgan bo‘lib, to'sh suyagi bilan birikadigan egarsimon bo'g'im yuzasi (facies articularis sternalis) bor.
Uning akromion uchi to'sh uchiga nisbatan keng va yupqa. U orqaga qaragan, kurak suyagining akromion o'simtasi bilan birlashadigan yassi bo‘g‘im yuzasi (facies articularis acromialis) bor.
O‘mrov suyagining yuqori yuzasi silliq, pastki yuzasida boylamlar birikadigan konussimon bo'rtiq (tuberculum conoideum) va trapetsiyasimon chiziq (linea trapezoidea) mavjud.
O'mrov—endesmal yo‘l bilan suyaklanadigan yagona naysimon suyak.
Uning birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 6—7 haftasida biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan o'mrov tanasida paydo bo‘ladi va keyinchalik undan akromion uchi va tanasi suyaklanadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning tanasi suyaklanib bo'lgan, to‘sh uchi tog‘aydan iborat bo‘ladi. Akromion uchi ingichka tog‘ay hoshiya bilan qoplangan, u bola 7 yoshga kirguncha bo'yiga va eniga o‘sadi. Bolalikning ikkinchi davrida uning uchlarida g'adir-budiriiklar kuzatiladi. Akromion uchidagi tog‘ay hoshiya yo'qolib o'mida bo‘g‘im yuzasi vujudga keladi. Balog'al davrida uning to‘sh uchida qo'shimcha suyak nuqtasi paydo bo‘lib, u tanasi bilan 20-25 yoshda qo‘shiladi.
Rentgenoanatomiyasi. To'g'ri proyeksiyadagi rentgenogrammada o'mrov III—IV qovuig‘alar sohasida gorizontal joylashgan quyuq soya beradi; yuqori chekkasi tekis, pastki chekkasida uning ikkala uchi yaqinida g'adir-budiriiklar ko'rmadi.
Kurak suyagi
Kurak (scapula) suyagi yassi uchburchak shaklida (13-rasm), u ko'krak qafasining orqa lateral tomonida, II—VII qovuig'a sohasida joylashgan. Uning 3 ta: yuqori burchak (angulus superior), tashqi burchak (angulus lateralis) va ostki burchagi (angulus inferior) hamda shunga mos ravishda 3 ta qirrasi: ichki qirra (margo medialis), tashqi qirra (margo lateralis) va yuqori qirrasi (margo superior) tafovut qilinadi. Kurakning orqa yuzasi (facies dorsalis) qavariq bo'lib, uni orqaga qarab chiqqan kurak qirrasi (spina scapulae) 2 ga: qirra usti chuqurchiasi (fossa supraspinata) va qirrq osti chuqurchasiga (fossa infraspinata) ajratadi.
Ularda shu nomdagi mushaklar yotadi. Kurak qirrasi tashqi burchak tomonga ko'tarilib borib kengayadi va akromionni (acromion) hosil qiladi. Uning uchida o'mrov suyagi bilan birikadigan bo'g'im yuzasi (facies articularis acromialis) bor. Kurakning oldingi qovurg'a yuzasi (facies costalis) biroz bukilgan kurak osti chuqurchasini (fossa subscapularis) hosil qiladi. Unda shu nomdagi mushak yotadi. Kurakning tashqi burchagi yo'g'onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo'g'im chuqurchasini (cavitas glenoidalis) hosil qiladi.
Uning yuqorisida bo‘g‘im usti bo‘rtig‘i (tuberculum sup- raglenoidaie) bo‘lib, undan yelka ikki boshli mushagining uzun payi boshlanadi. Bo‘g‘im chuqurchasi tagidagi bo‘g‘im osti \f2 bo‘rtig‘idan (tuberculum inf- r 13-rasm. Kurak suyagi. 1-angulus superior; 2-angulus lateralis; 3-angulus inferior; 4-spina scapulae; 5-processus coracoideus; 6-acroraion; 7-cav- itas glenoidalis; 8-fossa infraspinata; 9-margo lateralis; 10-margo medialis; 11-fossa supraspinata. aglenoidale) yelkaning uch boshli mushagining uzun boshi boshlanadi. Bo‘g‘im chuqurcha- sidan keyin toraygan kurak bo‘yni (collum scapulae) bor. Kurak - ning yuqori qirrasida o'ymasi (incisura scapulae) bo‘lib, u bilan bo‘yni o'rtasidan tumshuqsimon o‘simta (processus corocoi-deus) ko‘tarilib turadi.
Rentgenoanatomiyasi. Old to‘g‘ri proyeksiyadagi rentgeno- grammada kurak suyagi ko‘krak qafasining yuqori tashqi qismida
7 qovurg‘alar sohasida uchburchak shaklida ko‘rinadi. Kurak tashqi qirrasining quyuq soyasi uning bo‘yniga o‘tib ketadi, bo‘g‘im chuqurchasining soyasi qisman yelka suyagi