Oldingi tahrirga qarang. 10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son) a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining sifatni nazorat qilish laboratoriyasi negizida Urug‘ sifatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro uyushmadan (ISTA) akkreditatsiyadan o‘tkaziladigan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan laboratoriya amaliyotining xalqaro standartlari (GLP) bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining nav, genetika va ekish sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha laboratoriya tashkil etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi Urug‘ sifatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro uyushmaga (ISTA) a’zo sifatida kiritilishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin.
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son) b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
birlamchi materiallar va donorlar to‘planishini, tanlanishini o‘rganish, shuningdek mavjud genetik resurslar va zamonaviy seleksiya usullarini qo‘llash asosida issiqxona xo‘jaliklari uchun jahon bozori talablariga mos keladigan, mazali sabzavot ekinlarining hosildorligi yuqori yangi navlari va duragaylarini yaratsin;
2019-yildan boshlab yetishtirishning gidroponika usuli qo‘llaniladigan issiqxona komplekslari uchun sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan, transportda tashishga mo‘ljallangan, jahon bozori talablariga mos keladigan navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha 5 yillik davr uchun ilmiy loyihalarning respublika grant tanlovlarini tashkil etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati Samarqand tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat markazini (ekstenshn markazini) (keyingi o‘rinlarda — markaz) tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda markaz tashkil etilishi, joylashtirilishi va faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
12. Quyidagilar:
a) markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib:
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilg‘or tajribani o‘zlashtirish hamda joriy etishda qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ko‘maklashish;
kontingentga qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilg‘or tajribani o‘rgatish maqsadida seminar, trening, konferensiya va boshqa tadbirlar (shu jumladan, “dala kunlari”) o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tayyor ilmiy ishlanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish;
b) markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib:
faoliyat sohasi bo‘yicha shartnoma asosida bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2019-yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qilsin va natijalari bo‘yicha ijobiy tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.