’’qodirjon faxriddin zamini’’ M. Ch. Jda malakaviy amaliyot o`tash bo`yicha


Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Download 1,65 Mb.
bet3/7
Sana13.07.2022
Hajmi1,65 Mb.
#792524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5237942926503319852

Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, haqiqiy ahvol tahlili meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va xorijiy davlatlarga eksport qilishda issiqxona xo‘jaliklarining salohiyatidan to‘laqonli foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganidan dalolat bermoqda.
Xususan, issiqxona komplekslari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarning mavjud emasligi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni uskunalarni xorijdan keltirishga majbur qilmoqda, bu esa ularga servis xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarga hamda katta miqdorda kuch va mablag‘ sarflashga sabab bo‘lmoqda.
Zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari samaradorligining pastligi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, mazkur sohaga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha biznes-loyihalarni keng miqyosda amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik materiallarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilmaganligi ularni xorijdan import qilishga olib kelmoqda.
Resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarga asoslangan issiqxona xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohani malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksport qilishning butun zanjirini o‘z ichiga oluvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster shaklini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy qilish;
energiyaning muqobil manbalari, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini yaratish;
issiqxona komplekslarini ular joylashgan hududning o‘ziga xos xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoitlari, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari, tutash infratuzilma va logistika obyektlari, hududlarning energiya resurslari bilan ta’minlanish darajasi va issiqxona xo‘jaligi samaradorligiga ta’sir etuvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda joylashtirish;
bozor konyunkturasi tahlili asosida va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlari turlarini kengaytirish;
import qiluvchi davlatlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish va eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash yo‘li bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va hajmini ko‘paytirish;
mazkur qaror talablari asosida issiqxona xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat bozorida ushbu yo‘nalishdagi malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda Zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda yoqilg‘i yoqish yo‘li bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar (mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan korxonalarni qo‘shgan holda) reyestrining shakllantirilishini;
bir oy muddatda yoqilg‘i yoqish yo‘li bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar (birinchi navbatda davlat ulushi 51 foiz va undan yuqori bo‘lgan), muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslari joylashtirilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ta’minlasin.
3. Tutash hududlarida birinchi navbatda zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish rejalashtirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodovga ko‘rsatilgan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) tashkil etilsin va ularning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish uchun yoqilg‘i yoqish yo‘li bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda joylashgan bo‘sh yer maydonlarini aniqlash;
zamonaviy issiqxona komplekslarini tez sur’atlarda tashkil etishda, ularning to‘laqonli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tadbirkorlik subyektlariga huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy-texnik ko‘maklashish.
Ishchi guruhlar rahbarlari:
20 kun muddatda xatlov natijalari asosida kelgusida zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish maqsadida yoqilg‘i yoqish yo‘li bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda joylashgan aniq yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantirsin;
aniqlangan yer uchastkalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil etish bo‘yicha majburiyatlarni ko‘rsatgan holda elektron savdolarga qo‘yilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining 2019-yilda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining kredit liniyalari hisobiga 200 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan hajmda mablag‘lar jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J.A. Qo‘chqorov, S.R. Xolmurodov) ikki hafta muddatda, shu jumladan, mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan zamonaviy issiqxona komplekslarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklarini aniqlasin hamda loyihalarning rentabelligi va iqtisodiy samaradorligi tahlili asosida ularni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. 2019-2020-yillarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar soni va ularni amalga oshirish uchun talab etiladigan valyuta hajmidan qat’i nazar tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha foizlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishning quyidagi tartibi qo‘llanilishi belgilab qo‘yilsin:
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ko‘mir, ko‘mir briketi, suyuq va yoqilg‘ining boshqa turlari va hokazolarni xarid qilishga) ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan ortmagan darajada;
energiyaning muqobil manbalaridan (ko‘mir, ko‘mir briketi, suyuq va yoqilg‘ining boshqa turlaridan), energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq 10 foizli punktdan ortmagan darajada.
Moliya vazirligi zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha foizlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 2019-2020-yillar davomida o‘rnatilgan tartibda ajratsin.
7. Yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvarga qadar:
zamonaviy issiqxona komplekslari, ularning butlovchi qismlari va gofrlangan karton idish ishlab chiqarishda foyda solig‘i, yagona soliq to‘lov va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin;
zamonaviy issiqxona komplekslari va gofrlangan karton idish ishlab chiqarish uchun talab etiladigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari).
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish bo‘yicha Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida urug‘chilik klasterlarini (keyingi o‘rinlarda — urug‘chilik klasterlari) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda yaratilayotgan urug‘chilik klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorlarini qabul qilsin, bunda ularning mazkur qaror bilan belgilanayotgan asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda quyidagilar aniqlanishini nazarda tutsin:
urug‘chilik klasterlari joylashtiriladigan aniq yer maydonlari;
urug‘chilik klasterlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari;
mablag‘lar hajmini ko‘rsatgan holda urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun mablag‘ kiritishga tayyor bo‘lgan salohiyatli investorlar;
urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari;
urug‘chilik klasterlari faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish mexanizmlari.
9. Quyidagilar urug‘chilik klasterlarining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
davlat va xalqaro standartlar talablariga muvofiq, shu jumladan, himoyalangan maydonlarda, gidroponika va aeroponika texnologiyalarini qo‘llagan holda texnik, don, dukkakli don, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug‘larini yetishtirish, tayyorlash va sotish;
mahalliy va xorijiy seleksiya navlarining mavjud kolleksiyasi asosida hosildorligi va sifati yuqori, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlari va duragaylarini yetishtirish tizimini yaratish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borishga ko‘maklashish;
urug‘chilik sohasida kadrlar malakasini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga va ta’lim muassasalariga shartnomalar asosida amaliy yordam ko‘rsatish.

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish