Savol va topshiriqlar:
She’riyat nega insonga tez ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?
Ifodali o‘qishda qanday qoidalarga amal qilish lozim?
Siz qaysi shoir she’rlarini sevib o‘qiysiz? Nima uchun?
She’r tahlilida nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Yodlagan she’rlaringizdan bir nechtasini ifodali o‘qib, uning audio variantini yarating.
19. Masal janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish metodikasi
Tayanch tushunchalar: masal, majoziy tasvir, allegoriya, ilmiy-ommabop asar, maqola, xulosalash
Masal axloqiy mazmuni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiriladigan badiiy asardir. Unda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy, majoziy-allegorik obrazlar, hayvon, jonivor va o‘simliklar dunyosiga ko‘chadi.
Masalning kirish qismida yoki oxirida qissadan hissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Masal she’riy yoki nasriy yo‘l bilan yozilgan bo‘ladi. Masalda fikr qisqa, lo‘nda ifodalangan, tili o‘tkir va xalqchil bo‘ladi.
Masal o‘tish darsining qurilishi:
I. Tayyorgarlik ishlari.
1. Masal muallifi yuzasidan suhbat yoki uni xalq yaratganligi haqida.
2. O‘qilgan masallar yuzasidan suhbat.
3. O‘qiladigan masalda qatnashuvchilar xarakteriga xos xususiyatlar haqida suhbat.
II. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (I sintez), magnitofondan eshittirishi yoki diafilmda ko‘rsatishi mumkin.
III. Masalning aniq mazmunini analiz qilish (analiz).
1. Masal mazmuni yuzasidan savol-javob o‘tkazish.
2. Lug‘at ishi o‘tkazib, masalni o‘qish, reja tuzish, rollarga bo‘lib o‘qish.
3. Qatnashuvchilarning fe’l-atvori va xarakterini ochish uchun tanlab o‘qish. So‘z bilan va grafik tasvirlash.
4. Masaldagi asosiy fikrni belgilash.
IV. Allegoriyani ochish (II sintez).
V. Hayotda uchraydigan o‘xshash hodisalarga taqqoslash.
VI. Uyga vazifa berish
Ilmiy-ommabop maqolalar ona-Vatanimiz tarixi, tabiati va undagi voqea- hodisalar, ijtimoiy hayot, fan va texnika yutuqlari, katta kuch bo‘lgan ajoyib inson va allomalar haqida bo‘lib, ular ilmiy jihatdan ommaga mos holda yoziladi. Maqolalarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri va taqqoslash, umumlashtirish qobiliyatlari o‘sadi, so‘z boyligi oshadi.
Ilmiy-ommabop maqolalarda maxsus va ilmiy terminlar ko‘p bo‘ladi. Voqelik aniq dalillar asosida yaratiladi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni o‘qitish darsining qurilishi quyidagicha:
1. O‘quvchilarni matn mazmunini tushunishga tayyorlash uchun suhbat o‘tkazish.
2. Maqolani o‘qish, ayrim so‘zlarning ma`nosini tushuntirish (I sintez).
3. Maqola yoki uning bo‘limi rejasini tuzish.
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat – analiz.
5. O‘qilgan bo‘limning asosiy mazmunini aniqlash va reja punktini yozish.
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish.
7. Maqolani qayta o‘qib, qayta hikoyalashga tayyorlash.
8. Xulosalash va umumlashtirish( II sintez).
9. Reja asosida qayta hikoyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |