Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,18 Mb.
bet41/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  • Bo‘ron qanday oqibatlarga olib keldi?

  • Jalaga qarshi nima uchun va qanday kurashdilar?

  • Daryo bizning hayotimizda qanday ahamiyatga ega?

  • Quyoshga sizning munosabatingiz qanday va nima uchun?

  • Inson nega do‘stlikni hamma narsadan ustun qo‘yadi?

Darsni yakunlash. Baholar e’lon qilinadi, vazifa beriladi, ilg‘orlar rag‘batlantiriladi.
She’rni o‘rganish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi she’rning asosiy (g‘oyaviy) mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi. Shuning uchun she’rning tahlilida uning mazmunini o‘quvchilarga tushuntirish lozim. She’riy asarlarni tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishdagi ish turlaridan foydalanish mumkin. G‘ayratiyning “Boychechak” she’riy hikoyasi mazmuni savollar yordamida o‘rganilishi va tushunarli bo‘lishi mumkin. Ammo lirik she’rni tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Lirik she’rni o‘qish darsida eng asosiy ish turi uni his-hayajon bilan ifodali o‘qishdir. She’r ifodali o‘qilgach, undagi tushuntirilishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralar ikki-uch so‘z bilan izohlanadi.
Bahordan berding darak,
Oson bo‘lmadi kutmak.
Senga talpingach yurak,
Sevgan gulim, boychechak.
Yerdan tortqilab quyosh,
Siynang uzra qo‘ydi bosh.
Yasantirding tog‘-u tosh,
Chiroyda sen oy chechak.
She’rni o‘qishdan oldin ba’zan unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o‘tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan voqealarni o‘qituvchi - aytib beradi. Ba’zi she’rlarni o‘qishga o‘quvchilarni uzoqroq tayyorlash lozim. Masalan, G‘ayratiyning “Boychechak”, «Bahor» she’rlarini o‘qishdan oldinroq tabiatni kuzatish, bog‘ga, qir-adirlarga ekskursiya o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Seni ko‘rdim bog‘larda,
Baxmal adir, tog‘larda.
Yam-yashil o‘tloqlarda,
Sen husnda boy chechak.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy formasi lirik she’rni ifodali o‘qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham, she’riy hikoyani ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhimdir. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin.
Masalan, Yusuf Shomansurning “Kuz” she’rini ifodali o‘qishdan foydalangan holda o‘qituvchining o‘zi namuna sifatida quyidagicha o‘qib beradi:
Bizda yashab, qolmay armoni,
Uchib o‘tar turna karvoni.
Yer-u ko‘kni qoplab suroni,
Xush qol, kuz!
Suvlar oqar sokin va tiniq,
Baliqlarning sharpasi aniq.
Eshitilar, oqshom suvga chiq,
Go‘zal kuz!
O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-gazab hissini qichqiriq ovoz bilan yoki mayin muloyim ohangda soxta ifodalashga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bolalar she’rni o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, she’r ritmini buzmasliklariga erishish lozim.
Bog‘larda g‘arq pishgan olmalar,
Yuzlarida shakar o‘rmalar.
Terib olinadi tonnalar,
Har gal kuz!
Hali bog‘lar hosilga serob,
Chanoqlarda oltin behisob.
Demak, do‘stlar, bizga ham shu tob,
Mahtal kuz!...
Biz 3-sinfda noan’anaviy shakldagi umumlashtiruvchi darsni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalarimizni quyidagi ishlanmamizda yoritib bermoqchimiz:



Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish