Qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 1,18 Mb.
bet37/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Savol va topshiriqlar:

  • Badiiy asar qanday muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi?

  • O‘qish jarayonida o‘quvchilar badiiy asar mazmunni to‘g‘ri tushunishida nimalarga ahamiyat berishi lozim.

  • Badiiy asarlarda qanday g‘oyalar ilgari surilgan bo‘ladi?

  • Asarni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Badiiy asar qahramonlarining fazilatlarini baholashda nimalarga e’tibor berishi zarur?



13. O‘qish malakalarining sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish. O‘qish malakalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yo‘llari. Ifodali o‘qish metodikasining asoslari


Tayanch tushunchalar: o‘qish sifati, to‘g‘ri o‘qish, tez o‘qish, ongli o‘qish, ifodali o‘qish, o‘qish jarayonida muammoli holat
I-IV sinf o‘quvchilarining o‘qish darslarida bilimlari puxta va har tomonlama rivojlangan bo‘lishi uchun ularning o‘qish sifatiga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. O‘qish sifati quyidagilardir: to‘g‘ri o‘qish, tez o‘qish, ongli o‘qish va ifodali o‘qish.
O‘qish sifatlari bir-birga bog‘liq ravishda takomillashib boradi. Ya’ni, to‘g‘ri o‘qishni takomillashtirish ustida ishlash o‘qish tezligini oshiradi, u o‘z navbatida o‘qishning ongli bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Ongli o‘qish ifodali o‘qishga zamin yaratadi.
O‘qilayotgan so‘zdagi harflarning o‘rnini almashtirmaslik, gapda so‘zni tushirib qoldirmaslik, tovushni, bo‘g‘inni, so‘zni qayta takrorlamaslik, so‘zda bo‘g‘inlarning, tovushlarning, gapda so‘zlarning o‘rnini almashtirmaslik to‘g‘ri o‘qish sanaladi.
O‘qish tezligi deganda ongli idrok etishni ta’minlaydigan o‘qish tushuniladi. Og‘zaki nutq tempiga mos keladigan o‘qish tezligi me’yoriy tezlik hisoblanadi. Tez o‘qish bir daqiqada nechta so‘z o‘qish bilan belgilanadi. Masalan, bir daqiqada 1-sinfda 20-25 ta so‘z, 2-sinfda 35-50 ta so‘z, 3-sinfda 60-75 ta so‘z, 4-sinfda 80-95 ta so‘z o‘qilishi maqsadga muvofiq.
Ongli o‘qish o‘qilgan matnning mazmunini, badiiy asar vositalarini va qahramonlarni tushunib o‘qishdir. O‘quvchilarni matnni ongli o‘qiganlarini matn yuzasidan berilgan savollarga o‘quvchilarning bergan javoblari va qayta hikoyalashlari orqali bilib olish mumkin. Ongli o‘qishni ta’minlovchi ish turi lug‘at bilan ishlash usulidir. Bunda ma’nosi qiyin bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi, ma’nosi tushuntiriladi. Lug‘at ustida ishlash ongli o‘qishga zamin yaratadi. So‘zlarning ma’nosini izohlashda mazkur so‘zlarning sinonimlari keltiriladi: fazo-osmon kabi. Ba’zi hollarda so‘z gap ichida tushuntiriladi.
Ifodali o‘qish ovoz chiqarib o‘qishning asosiy xususiyatidir. Adabiy asar matnidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib, asarda ifodalangan muallif fikrini, asar qahramonlarining ichki kechinmalarini va ruhiy holatini anglab, tushunarli va ta’sirchan qilib o‘qish ifodali o‘qish deyiladi.
Ifodali o‘qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini tovush orqali o‘quvchilarga yetkazishdir. Ifodali o‘qishning elementar vositalari quyidagilardir:
1. Tinish belgilariga rioya qilish.
2. So‘zlar va gaplar orasidagi pauza.
3. Logik urg‘ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi.
4. O‘qish tempi va ritmiga rioya qilish.
5. Intonatsiyaga rioya qilib o‘qish.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish