Ko'pvazifalilik. Bir vaqtda bir nechta dasturlarni ishga tushirish imkoniyati mavjud.
Yagona dasturiy interfeys. WINDOWS uchun yaratilgan dasturlar bir-biri bilan shunday aloqadaki, bir dasturda hosil qilingan ma`lumotlarni boshqa dasturga olib o'tish va qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchining yagona interfeysi. WINDOWS uchun yaratilgan barcha dasturlarda foydalanuvchi bilan muloqat usuli deyarli bir xil. Shu sababli bunday dasturlarning bittasi bilan ishlashni o'zlashtirib olgan foydalanuvchi boshqasini ham oson o'zlashtirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |