S.P Kudryavseva tadqiqotida ilk o`spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga ajratiladi, ya`ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida tahlil?ilishning o`sganligiga e`tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlarni o`qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish, ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga matematik ob`ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik materialga o`ziga xos "yig`ma" analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim
2) Qobiliyatli o`quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a) miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini tahmin qilishga asos bo`ladigan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. Muallif tahminicha bular quyidagilardir:
1) o`quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, o`zining bo`sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug`ullanishga moyillik;
2) muayyan matematik ko`nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o`zlashtirish qobiliyati;
3) matematikani o`zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4) matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimiz psixologi M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o`ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug`ullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an`anaviy yo`ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni ikkita o`sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o`zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o`laroq, bunda yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, texnikaviy iste`dodli shaxs bo`lish uchun unda a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo`lishi shart.
Keyingi yillar ichida o`zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste`dod masalalari bo`yicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, E.G`.G`oziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning tadqiqot ishlari ma`lum bo`lib, qobiliyat, iste`dod tushunchalariga o`z ta`riflarini berganlar.
B.R.Qodirovning fikricha: "Ma`lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat haqida gapirib bo`lmaydi. Va o`z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali iste`dodli degani emas. Ko`p qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste`dodli bola shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste`dodli bola qobiliyatsiz bo`lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko`rinib turibdiki, iste`dodli bola sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to`la boladir.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1.Qobiliyatlar tushunchasining mazmunini izohlang?
2.Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi nimalarda ko’rinadi?
3.Qobiliyatlar tuzilishini tarkibini ko’rsating?
4.Qobiliyat borasidagi nazariyalarning mazmuni nimalarda ko’rinadi?
5.Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ajratib ko’rsating?
6.Qobiliyatlarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar nimalar bilan belgilanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |