Qiziqarli matematikaga d o ir hikoyalar va jum boqlar «sharq» n ashriyot-m atbaa



Download 436,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana31.12.2021
Hajmi436,82 Kb.
#234932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
33c7ec0927ac370f0bdd38576a0d1e3b

B i r i n c h i   b o b

NONUSHTA  PAYTIDA  AYTILGAN 

JUMBOQLAR

1.  Daraxtdagi  olmaxon

Dam olish uyida nonushta vaqtida stol tevaragiga yig‘il- 

ganlardan  biri:

—  Men  bugun  ertalab  olmaxon  bilan  bekinmachoq 

o ‘ynadim,  —  dedi.  —  Sizlar  o ‘rmonimizdagi  to ‘garak 

yalanglikni  va  uning  o ‘rtasidagi  yakka  qayin  daraxtini 

bilasizmi?  Ana  o ‘sha  daraxt  orqasiga  olmaxon  mendan 

yashirindi.  0 ‘rmon  ichidan  o ‘sha  yalanglikka  chiqishim 

bilanoq  olmaxonning  tumshug‘ini  va  daraxt  orqasidan 

menga tikilib turgan jovdiragan  ko'zlarini  ko‘rib qoldim. 

Men  uni  ko‘rish  uchun  yaqiniga  borm asdan,  sekin- 

asta yalanglik chetida aylana boshladim.  Daraxt atrofida 

to ‘rt  martacha  aylandim.  Biroq  mug‘ombir  ilgarigicha 

faqat  tum shug‘ini  ko‘rsatib,  o ‘zini  panaga  olaverdi. 

Xullas,  olm axon  atrofida  aylanib  o ‘tishning  ilojini 

qilolmadim.

—  Biroq,  —  deb  luqm a,  tashladi  o ‘tirganlardan 

biri,  siz  daraxt  atrofini  to ‘rt  marta  aylanib  chiqdim, 

dedingiz-ku?!

—  Men  daraxt  atrofida  aylandim,  lekin  olmaxon 

atrofida  aylandim,  deganim  yo‘q!

—  Olmaxon  daraxtda  emasmi?

—  Daraxtda bo‘lsa nima bo‘pti?

—  Siz  olmaxon  atrofida  ham  aylangan  bo‘lasiz-da.

—  U ning  orqasini  biron  m arta  ham   ko ‘rm agan 

bo‘lsam,  qanday  qilib  atrofida  aylangan  bo‘laman.

—  Orqasining  nima  hojati  bor?  Olmaxon  markazda, 

siz  aylana  bo‘ylab  yurgansiz,  demak,  olmaxon  atrofida 

aylangan  bo‘lasiz.

5



—  Hech  unday emas.  Ko‘z  oldingizga  keltiring,  men 

sizning atrofingizda  doira  bo‘ylab  yurgan  bo‘lay,  siz esa 

menga  orqa  o ‘girmay,  hamisha  men  bilan  betma-bet 

turib  aylanavergan  bo‘ling.  Ayting-chi,  shunda  mening 

atrofímda aylanayapsiz,  deya olasizmi?

—  A lbatta  shunday  deym an.  B oshqacha  qanday 

bo ‘lishi  mumkin?

—  Garchi men sizning orqa tomoningizda bo‘lmasam 

ham,  orqangizni  ko‘rmasam  ham  atrofingizda  aylangan 

bo‘lamanmi?

—  Bir  gapni  hadeb  qaytaravermang!  Siz  m ening 

atrofimni  aylanib  chiqasiz.  Gap ana shunda,  gap orqani 

ko‘rishda emas.

—  Kechirasiz,  biror  narsaning  atrofida  aylanishning 

m a’nosi  nima?  Menimcha,  bu  faqat  bitta  narsani:  ana 

o ‘sha  narsa  hamm a  tom onidan  ko‘rinadigan  joylarga 

ketma-ket tura borishni bildiradi. Axir,  to ‘g‘rimi, profes- 

sor?  —  deb  bahslashayotgan  kishi  stol  yonida  o ‘tirgan 

m o‘ysafidga  murojaat qildi.

—  Bahslaringiz  asosan  so‘zlar  ustida  ketayotir,  — 

javob  berdi  keksa  olim.  —  Bunday  hollarda  doim o 

hozirgina  aytgan  gapingizdan  boshlash:  so‘zlarning 

m a’nosi  to ‘g ‘risida  kelishib  olish  kerak:  «Narsaning 

atrofida harakat qilmoq» degan iborani qanday tushunish 

kerak?  Bu  iboraning  m a’nosi  ikki  xil  bo‘lishi  mumkin. 

Birinchidan,  bu  iboradan  ichida  narsa turgan yopiq yo‘I 

bo‘ylab  harakat  qilinayotganligini  tushunish  mumkin. 

Bu  —  bir  xil  tushunish.  Ikkinchisi:  narsaga  nisbatan 

shunday  harakat  qilish  kerakki,  uni  hamma  tom onidan 

ko‘rish  mumkin  bo‘lsin.  Birinchi  tushunishni  asos  qilib 

olsangiz,  olmaxon  atrofidan  to ‘rt  marta  aylanib  chiqqa- 

ningizni tan  olishingiz kerak.  Ikkinchi tushunishga amal 

qilsangiz,  olmaxon  atrofida  bir  marta  ham  aylanganim 

yo‘q, degan xulosaga kelishga majbursiz.  Modomiki, ikkala 

tom on  bir  tilda  so‘zlashar  ekan  va  so‘zlarni  bir  xil 

tushunar  ekan,  tortishuvga  o ‘rin  yo‘qligi  ravshan.

—  Juda  soz,  masalani  ikki  xil  tushunish  mumkin 

bo‘lsin.  Harholda qay biri to ‘g‘riroq bo ‘ladi?

6



—  M asalani  bu  tarzda  q o ‘yish  to ‘g ‘ri  kelmaydi. 

Istalgan  narsa  haqida  kelishib  olish  m umkin.  Faqat 

ko‘pchilikning tushunishiga  uyg‘un  keladigan  qaysi biri, 

deb  so‘rash  o ‘rinli  b o ‘ladi.  M enga  qolsa,  birinchi 

tushunish  tilning  ruhi  bilan  yaxshiroq  bo g ‘lanadi, 

derdim.  Nega  desangiz,  Quyosh  o ‘z  o ‘qi  atrofída  25 

kundan ortiqroq vaqtda to ia  bir marta aylanib chiqadi.

—  Quyosh  aylanadimi?

—  Albatta,  Yer  o ‘z  o ‘qi  atrofída  aylangani  singari, 

Quyosh  ham  aylanadi.  Biroq  siz  Quyoshni  sekinroq 

aylanadi,  chunonchi,  25  kunda  emas,  balki  365  kun-u

6 soatda,  ya’ni bir yilda bir marta aylanadi,  deb tasaw ur 

qiling.  U  holda Quyosh Yerga o ‘zining doimo bir tomoni 

bilan  qaragan  b o ia r  edi.  Quyoshning  qaram a-qarshi 

tom onini,  «orqasi»ni  biz  hech  qachon  ko‘rmagan  b o ia r 

edik.  Ammo  shuning uchun  birov,  Yer  Quyosh  atrofída 

aylanmaydi,  deb  da’vo  qila  olarmidi?

—  H a,  m a n a   e n d i  m e n in g   o lm a x o n   a tro fid a  

aylanganim  ravshan  bo‘ldi.

—  0 ‘rtoqlar!  Bir taklifbor. Tarqalishib ketmanglar,— 

dedi  tortishuvni  tinglab  o ‘tirganlardan  biri.  —  Yomg‘ir 

y og‘ib  tu rib d i.  S h u n in g   u ch u n   h ech   kim   sayrga 

chiqmaydi,  yo m g ir  esa  hali-beri  tinadiganga  o‘xsha- 

maydi,  shu  yerda  jum boqlar  topish  bilan  vaqt  o ‘tkaza 

qolaylik.  Jumboq  boshlandi.  Endi  har kim  navbati bilan 

birorta jum boq o ‘ylab topsin  yoki borini eslasin.  Siz esa, 

professor,  bizning  oliy  sudyamiz  b o ‘lasiz.

—  Agar  jum boqlar  ichida  algebra  yoki  geometriya 

b o isa,  men  qatnashmayman,  —  dedi  bir juvon.

—  Men  ham,  —  deb  qo‘ydi  yana  allakim.

—  Yo‘q,  yo‘q,  ham m a  qatnashmog‘i  kerak!  Biz  bu 

yerda  o ‘tirganlardan  algebrani  ham,  geometriyani  ham 

ishlatmasliklarini  iltimos  qilamiz.  Basharti,  juda  sodda 

b o isa, boshqa gap.  Qarshilik yo‘qmi?

—  Unday  b o isa   men  ham  qo‘shilaman  va  birinchi 

b o iib  jumboq  aytishga tayyorman,  —  dedi  haligi juvon.

—  Juda  yaxshi,  so‘raymiz!  Boshlayvering!  —  degan 

ovozlar  eshitildi  har  tom ondan.

7




Download 436,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish