IV. Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarning diqqati darslikning 13-betidagi «O‘yinchoq do‘koni» rasmiga qaratiladi va quyidagi savollar beriladi: O‘yinchoqlar do‘konida nimalar bor? Siz ko‘proq qaysi o‘yinchoqni yaxshi ko‘rasiz? O‘yinchoqlar do‘konida kimlarni va qanday o‘yinchoqlarni ko‘rayapsiz? Do‘konda kim nima sotib olayotgani haqida gapirib bering. «Koptoklar nechta? Ayiqcha-chi?» – deb savol beriladi.
O‘qituvchi parta ustidagi didaktik materiallardan turli rangdagi geometrik shakllardan bittadan olib berishlarini aytadi. Shu tarzda 1 soni bilan tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |