O‘qituvchi vaziyatdan qanday chiqishi kerak?
Javob:V) bolaning ko‘ngli nozik. Ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini, o‘qituvchiga bo‘lgan mehrlarini so‘ndirmaslik uchun ularning ikkalasiga ham boshqa o‘zlariga yoqadigan she’rni yodlashga berishi yoki militsionerlar haqidagi she’rni ikkalasiga ham yodlashga berishi va birgalikda aytib berishlarini topshirishi kerak.
«Tarbiyadagi kichkina xato keyinchalik katta jinoyatga olib borishi mumkin!»
Masala 6. Kunlardan bir kun Botir o‘ynab yurganida qo‘shnisining tovug‘i ularning pichanxonasiga tuxum qo‘yib yurganligini bilib qoldi. Yugurib borib yig‘ilib qolgan tuxumlarni oldi-da, oyisiga olib borib ko‘rsatdi. Oyisi: Mayli, qo‘yaver, qo‘shnimiz bilib o‘tiribdimi tovuqlarining qayerga tuhum qo‘yib yurganligini. qaytanga yaxshi bo‘pti. Bilib qolgunlaricha har kuni o‘zinga bittadan pishirib beraman, - debdi. Shu ko‘yi Botir har kuni tovuqni poylaydigan, tuxumlarini oyisiga olib kelib beradigan bo‘ldi. Ona shu tarzda otirning bundan boshqa ham mayda-chuyda «toparmanligi»ga e’tibor bermay, aksincha buni rag‘batlantiradigan bo‘ldi. Natijada yillar o‘tib, Botir kunlarning
birida katta «ish»ga qo‘l urdi va jinoyat kursisiga o‘tirdi.
Ona farzandining dastlabki «yoshlik qoqilishi»ga nisbatan qanday yo‘l tutishi kerak edi?
Javob: V) Farzandiga quyidagilarni o‘qdirish kerak: Olgan tuxumlaringni darov qo‘shnimizga olib borib ber. Bu qilgan ishing yaxshi emas. Ular ham tovuqlariga don berib, suv berib, senga o‘xshagan bolalarini boqib, katta qilaman, deb yurishibdi. Ikkinchidan birovning ignaday bo‘lsa ham narsasini o‘zlariga bildirmay olish – o‘g‘irlik bo‘ladi. Birovning o‘zlariga kerak yoki kerak emas narsasini so‘rab olish esa, tilanchilik bo‘ladi. har bir narsani o‘zing mehnat qilib topishing kerak. Ana o‘shanda u shirin va qadrli, beminnat bo‘ladi. O‘zing esa mehnatga o‘rganasan. Mehnat insonni ko‘klarga ko‘taradi, o‘g‘irlik esa botqoqqa botiradi.
Qiziqarli masalalar to’plami
“Bolalaringizni narsalarni ehtiyot qilib, asrashga o‘rgating!”
Masala 1. Ruchkasini yo‘qotib qo‘ygan Jamshid maktabga ketish oldidan opasi Masturaning ruchkasini talashib, sindirib qo‘ydi. Ikkaloviga ham ruchkalarni yaqinda olib berishgan edi. Oila a’zolarining bu holatga bo‘lgan munosabatlari.
Javob: V) Oyisi: Jamshid, o‘g‘lim, talashganingda nima bo‘ldi endi – butun ruchka sindi. Opangdan yaxshilab so‘raganingda u ruchkasini berib turar edi. Mana endi yana ikkita ruchka olishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun hamma
narsani avaylab tutish kerak. Ana o‘shanda men bilan dadangning oyligi tejeladi. Tejalgan pulga o‘zlaringga boshqa narsalar olib beramiz.
“Noz-ne’matni uvol qilmang!”
Masala 2. qumri xola kelini Lolaning piyolasida toza ichilmay qolgan shakarni ko‘rib: Bolam, piyolangizning tagida shakar qolibdi, tozalab ichib qo‘ysangiz bo‘lardi – uvol bo‘ladi, - dedi. Bunga kelinining javobi:
Javob: V) Xo‘p, oyijon, uzr, shoshib turgan edim-da, deb choy quyib ichib qo‘yishi kerak.
“Sepli kelin bo‘lma, epli kelin bo‘l!”
Masala 3. Umida opa qo‘shnisinikidan kayfiyati buzilib chiqdi. qo‘shnisi kelinining saruposi, tilla taqinchoqlari, to‘ylarida qilingan tog‘oralarni aytib, rosa maqtandi. Umida opaning keliniga onasi aqlli bitta zirak ham qilmagani,
sarupolarining ham tayini yo‘qligini eslab, ichidan o‘kindi. O‘zini qo‘yarga joy topolmay, oxiri o‘g‘liga yorildi. Keliniga va uning oilasiga nisbatan achchiq gaplar qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |