Katta odam me’dasining o‘lchamlari o‘zgaruvchan. Uning uzunligi bo‘sh holatda 18—20 sm, katta va kichik egrilik o‘rtasidagi masofa (kengligi) 7—8 sm, o'rtacha hajmi 3 1. M e’daning devori quyidagi qavatlardan iborat: Shilliq qavat (tunica mucosa) kulrang pushti rangli bo‘lib, bir qavatli silindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq qavatning qalinligi 0,5—2,5 mm. Unda shilliq parda mushak qatlami (lamina muscularis mucosae) borligi va shilhq osti asosi yaxshi rivojlangani uchun turli yo‘nalishdagi burmalar (plicae gastricae) hosil bo‘ladi.
Burmalar kichik egrilik bo‘ylab bo'ylamasiga yo‘nalib m e’da yo‘lini (canalis gastricus) hosil qiladi. Bu yo‘l m e’daning kirish va chiqish qism larini o‘zaro bog'laydi. M e’daning qolgan qismlarida burmalar yuiduzsimon shaklda bo'ladi. Uning ostium pyloricum sohasida burmalar halqa shaklida bo‘hb klapanni (valvula pylorica) hosil qiladi. Burmalaming ichida uncha katta bo‘lmagan (1—6mm) m e’da maydonchalari (areae gastricae) ko‘tarilib turadi. Bu maydonchalaming yuzasida ko‘p sonli (35 mln ga yaqin) me’da bezlarining teshiklari ochiladigan m e’da chuqurchalari (foveolae gastricae) joylashgan. Me’da beziari joylashishiga qarab uch gumhga bo‘linadi: 1.M e’daning kardial qismidagi bezlar (glandulae cardiacae). 2.Me’daning tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlar (glandulae gastricae propriae) ikki xil hujayralardan iborat.
Asosiy hujayralar pepsinogen fermenti ishlab chiqarsa, qo‘shimcha hujayralar xlorid kislota ishlab chiqaradi. 3.Me’daning chiqish qismidagi bezlar (glandulae pyloricae). Bu bezlar ovqatni me’dada kimyoviy parchalovchi suyuqlik — me’da shirasi ishlab chiqaradi. Me’da shirasi ta’sirida me’dada oqsil, qisman yog‘ parchalanadi. Bundan tashqari, me’da shilliq pardasi qon ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi antianemik modda ham ishlab chiqaradi.
Shiiliq osti qavat (tela submucosa) nisbatan qalin va harakatchan bo‘lgani uchun shilliq qavat burmalar hosil qiladi.
Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat silliq mushakdan iborat: tashqi bo'ylama qavat (stratum longitudinale) qizilo'ngach bo‘ylama mushak qavatining davomi bo‘Hb, ko'proq kichik va katta egriliklar bo‘ylab joylashgan.
O‘rta halqasimon qavat (stratum circulare) tashqi qavatga nisbatan kuchli rivojlangan. U qizilo'ngach halqasimon mushak qavatining bevosita davomi bo‘lib, m e’daning chiqish qismida qalinlashib qisqichni (m. sphincter pylori) hosil qiladi. Ichki qiyshiq tutamlar (fibrae obliquae) bo'lib, me’daning kardial qismidan boshlanib, oldingi va orqa devorlarga yo'naladi. Tashqi seroz qavat (tunica serosa) qorinpardaning visseral varag‘idan hosil bo'lib, me’dani hamma tomondan o'raydi. Bu parda me’da bilan qo'shni a’zolar o'rtasida boylamlar hosil qiladi. Bunday boylamlarga jigar bilan m e’da kichik egriligi o'rtasidagi jigar-me’da boylami (lig. hepatogastricum) me’da bilan taloq o'rtasidagi me’da-taloq boylami (lig. gastrolienale), me’da bilan ko'ndalang chambar ichak o'rtasidagi me’da-chambar ichak boylamlari (lig. gastro-colicum) kiradi.