27-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi buyrug‘idan ko‘chirma
14.12.2021-yil № 36-sonli Qiyot mahallasi.
“Ommaviy vatanparvarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”.
O‘quvchi yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining nizomlari va harbiy doktrinalarini chuqur o‘rgatish, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, jismonan va ruhan sog‘lom tarbiyalashning yuqori darajasini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2014- yil 18-dekabrdagi 348-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. O‘quvchi yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining nizomlari va harbiy doktrinalarini chuqur o‘rgatish, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, jismonan va ruhan sog‘lom tarbiyalashning yuqori darajasini ta’minlash va Vazirlar Mahkamasining 2014- yil 18 dekabrdagi 348-sonli qarori asos va ijro uchun qabul qilinsin,
2. 2021- yil 15-dekabrdan 2022-yil 15-yanvargacha ta’lim muassasasida “Ommaviy vatanparvarlik oyligi” etib qat’iy belgilab qo‘yilsin.
3. Vatanparvarlik oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4.Tadbir rejasida nazarda tutilgan barcha vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar “Xalq va armiya-bir tanu bir jondir!” shiori ostida o‘tkazilsin.
5.Harbiy xizmatda ko‘p yillardan beri samarali mehnat qilib kelayotgan ofitserlar, faxriylar ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish CHQBT rahbari A.Ernafasov zimmasiga yuklatilsin.
6.Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan va qishki ta’tilga kelgan kursantlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil qilish vazifasi yoshlar etakchisi Sh.Rajabova zimmasiga yuklatilsin.
7.Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish MMIBDO‘ R.Narimanovga yuklatilsin.
Maktab direktori : J.Saparov.
27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
2021-yil 14-dekabrdagi 36- sonli
buyrug‘iga 1-ilova
“Ommaviy vatanparvarlik oyligini” o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh
T A R K I B I.
1. J.Saparov- maktab direktori, ishchi guruh raisi
2. A.Ernafasov- CHQBT rahbari, ishchi guruh rais o‘rinbosari.
3. F.Matmuratova- O‘IBDO‘, a’zo
4. R.Narimanov- MMIBDO‘, a’zo
5. Sh.Rajabova- yoshlar etakchisi, a’zo
6. M.Abdullaeva - psixolog, a’zo
7. Sh.Xayitboev- jisoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, a’zo
8. R.Ermetov- KUQ raisi o‘rinbosari, a’zo
9. S.O‘rolova- maktab hamshirasi, a’zo
Do'stlaringiz bilan baham: |