1-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika” fanning hazariy asoslari.
Reja:
1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
2. Qiyosiy pedagogika o„quv predmeti sifatida.
3. Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar:
Qiyosiy pedagogika, taqqoslash, solishtirish, qiyosiy
tahlil.
Mustaqillikka erishganimizdan so„ng, Respublikamizda barcha sohalardagi
kabi kadrlar tayyorlash, joy-joyiga qo„yish va qayta tayyorlash muammosi ham
kun tartibiga qo„yilib, takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2008 yil 29
fevral kuni qabul qilingan mamalakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
PQ-805-sonli qarori yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish
borasidagi etilgan muammolarni o„z vaqtida hal etish, uzluksiz ta‟lim tizimida
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish,
ta‟lim
muassasalari
tomonidan
tayyorlanadigan mutaxassislarga bo„lgan zamonaviy talabni ta‟minlashga
qaratilgandir.
Mazkur qarorda yoshlarning manfaatlarini yanada to„liq ta‟minlash va
huquqlarini himoya qilishga yo„naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish hamda
mustahkamlash, amaldagi qonun va me‟yoriy-huquqiy hujjatlarga o„zgartirish va
qo„shimchalar kiritish, ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimi darajasi hamda sifatini
tubdan oshirish, maktablar, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi va oliy ta‟lim
muassasalaridagi ta‟lim standartlari, o„quv dasturlarini zamonaviy talablarni
hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash, pedagog kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish kabi qator dolzarb
vazifalar belgilangan qiyosiy pedagogika yangi pedagogik qonunlarni ochmaydi,
buyuk pedagogika fanlari orttirgan ilmiy tajribalaridan foydalanib, mamlakatlar
guruxi asocida xozirgi dunyoda maorif taraqqiyotining eng muxim muammolarini,
qonuniyatlari va tendendsiyalarini o„rganadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog„liq bo„lgan uzluksiz ta‟lim
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni nazarda tutgan holda
oliy ta‟lim muassasalarining asosiy vazifalari sifatida, talabalarning fanlar asoslari
bo„yicha mustahkam bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda bilim
olish ehtiyojini, asosiy o„quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni, ijodiy
fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo„lish ko„nikmalarini shakllantirish
kabi yo„nalishlarni belgilab berdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq
etilayotgan yangiliklar, ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun yaratilayotgan
shart-sharoitlar, xalqimizning yashash va mehnat qilish sharoitining yaxshilanishi,
umuman olganda erishilgan moddiy va ma‟naviy salohiyat erkinligi mamlakat
mustaqilligining tuhfasi bo„lib, erkin mehnat qilish va yashash, mustaqil fikrlash,
e‟tiqod va so„z erkinligi, diniy bag„rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar va milliy
urf-odatlarning hurmat qilinishi va qadrlanishi, kuchli ijtimoiy himoya hamda
bularni huquqiy asoslarining yaratilishi yoshlarni mustaqillik, uning mazmun-
mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini ob‟ektiv baholashga o„rgatish yo„nalishida
o„ziga xos vazifalar yuklaydi.
Bular o„z navbatida, oliy ta‟lim muassasalarida tashkil etiladigan qiyosiy
pedagogika fani va uni o„rganish orqali ta‟lim-tarbiya jarayonlari samaradorligiga
erishish, talabalarda kengroq ma‟lumotlar to„plash va ko„proq erkin va mustaqil
fikrlashga o„rgatish, ularning sub‟ektivligini oshirish, mustaqil ta‟lim olishlari
uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil olgan ma‟lumotlarini o„rganish asosida
ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va ishonchli
axborotlar bilan ta‟minlash, talabalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda
axborotlar almashinuviga alohida e‟tibor qaratish zaruriyatini belgilaydi.
Ma‟lumki, qiyosiy pedagogika predmetiga nisbatan har xil qarashlar mavjud.
Ayrim olimlar qiyosiy pedagogika asosiy ma‟rifiy pedagogik hodisalarni hamda
ularning turli mamlakatlarda konkret tarixiy sharoitda va o„zaro tadqiq etadi
(V.Kanitits va V. Makert) deb hisoblashsa, boshqalar qiyosiy pedagogika maorif
tizimlari hamda turli mamlakatlarda ta‟lim-tarbiya muammolarini tushunish va hal
qilishdagi o„xshash va farqli tomonlarini ko„rsatib beradi (P.Suxorolskiy) deb ta‟rif
beradilar. Bir gurux olimlar qiyosiy pedagogika rus milliy ta‟lim tizimini
takomillashtirish maqsadida turli chet el maktab tizimlarini qiyosiy baholash bilan
shug„ullanadi (M.A. Julen, J.Sedler, R.King-Xoll) degan fikrdalar. Ko„rinib
turibdiki, qiyosiy pedagogika predmeti juda baxslanuvchan mavzudir. Qiyosiy
pedagogikaning metodologik asosi falsafadir.
Qiyosiy pedagogika bir qator ijtimoiy fanlar falsafa, tarix, iqtisod, siyosat,
sosiologiya, demografiya, etnografiya va boshqalar bilan bog„liq. Pedagogik
xodisalarni qiyosiy tahlil qilishda bu ijtimoiy fanlarniig ilmiy konsepsiyalari va
metodlaridan foydalanish muqarrar. Qiyosiy pedagogika pedagogika tarixi
nazariyasi bilan uzviy bog„langan. Kiyosiy pedagogika o„ziga xosligi shundaki,
uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.
Qiyosiy pedagogika o„rganadigan predmet: xozirgi dunyodagi ta‟lim va
tarbiya nazariyasi va amaliyotining ahvoli, rivojlanish qonuniyatlari va
tendensiyalarining umumiyva farqli xususiyatlari.
Qiyosiy pedagogika vazifalari 1977 y. Londonda bo„lib o„tgan qiyosiy
pedagogika bo„yicha Butunjaxon kongressida muhokama qilindi. Qiyosiy
pedagogika vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi.
1.Hozirgi zamonda ta‟lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotiga ta‟sir
etuvchi omillarni o„rganish va ularning turli mamlakatlar maktabi va
pedagogika ta‟siri natijalarini qiyoslab taxlil qilib berish;
2.Turli mamlakatlardagi ta‟lim taraqqiyotining eng aktual va umumiy
muammolari va tendensiyalarini aniqlash.
3.CHet el mamlakatlarining ijobiy tajribasini umumlashtirish,
o„rganish va qiyosiy pedagogika va boshqa yondosh fanlarda
qo„llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
1.Tavsiflash metodi turli mamlakatlardagi pedagogik xodisalarning tashqi
belgilarini tavsiflashda qo„llanadi. SHu asosda keyin taqqoslash va tahlil qilish
amalga oshiriladi.
2.Statistik metod maorif tizimiga va pedagogik xodisalarga oid raqamlar va
ma‟lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko„zda tutadi.
S.Tarixiy metod pedagogik xodisalariing genezisini taqqozlashni bildiradi.
4.Sosiologik metod maorif sistemalarining ijtimoiy xarakterini baholashda
qo„llanadi.
5.Analitik metodlarga analiz, sintez, mavxumlashtirish, induksiya,
deduksiya kabi mantiqiy metodlar kiradi.
Xozirgi kunga qadar bir qator mamlakatlardan (Belgiya, Angliya,
YAponiya, SHvetsiya, AKSH va boshqalar) qiyosiy pedagogika o„quv predmeti
sifatida ilmiy xodimlar pedagog o„qituvchilari bo„lg„uzi o„qituvchilarni chet elda
ishlashga tayyorlashning
z
arur qismi sifatida o„qitiladi. Kurs hajmi xar bir
mamlakatda o„ta xar hil (10 dan 100 soatgacha) biroq, ko„pchilik xollarda 30-40
soat leksiyadan va mamlakatlar guruxida ta‟limning ahvoli batafsil o„rgatiladitan
seminar mashg„ulotidan, chet elga sayoxat tanlangan mavzular bo„yicha mustaqil
ishlash va kurs yakunida doklad yoki yozma imtixondan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimizda qiyosiy pedagogika o„quv predmeti sifatida
o„qitila boshlagan ekan bu borada chet el tajribasini chuqur o„rganish lozim.
Boshqacha aytganda qiyosiy pedagogikani shakllantirib olish uchun qiyosiy
pedagogika tadqiqotlar o„tkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |