Ijtimoiylik metodi- zamonaviy ta‘lim har qaysi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, xalqning ijtimoiy-ma‘naviy yuksalishiga nechog‘lik mos ekanliginitaqqoslashga qaratiladi. U xalq maorifi sistemalarining ijtimoiy xarakterini baholashni ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini, mazmun va metodlarini, jamiyatning tuzilishini analiz qilish, maktab tashkil etishlarini nazarda tutadi. Zamonaviy ta‘lim taraqqiyoti davrida innovatsion g‘oyalar, konsepsiyalar, ta‘limotlarning u yoki bu xalqning mentalitetiga, urf-odatlari hamda asrlar davomida shakllangan qadriyatlariga uyg‘unligini ko‘rsatishga asoslanadi.
Statistika metodi- ta‘limning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi.
Statistik metod- tavsiflash metodi bilan uzviy bog‘langan statistik axborot berish bilan cheklanmaydi balki maorif sistemasiga va quyidagi pedagogik hodisalarga daxldor raqam va ma‘lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko‘zda tutadi.
Bolalarni o‘qishga jalb qilish, o‘qitish bosqichlari bo‘yicha o‘quvchilarning sinfda qolib borishining oldini olish, sinflarning o‘rtacha to‘liqligi, o‘quvchilarnmg ijtimoiy guruhi, davlat va shaxsiy o‘quv yurtlari va ulardagi o‘quvchilar soni nisbati, maktab yoshidagi bolalarning maktabdan tashqari tashkilotlarga jalb etilishi va boshqalar.
Tashviqot metodi- qator mamlakatlardagi keyingi tahlil va qiyoslash hamda xulosalar chiqarish uchun zarur axborotni jamlashga imkon beradigan pedagogik hodisalarninig tashqi belgilarini tavsiflashda qo‘llaniladi.
Tavsiflash metodi xalq maorifini o‘quv-tarbiya masalalariningturi va tizimini turli darajadagi o‘quv yurtlarining o‘quv rejasi va dasturlari, o‘qituvchilar tayyorlash va ularning moddiy ahvoli, maktabdan tashqari tarbiya sistemasi bolalar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini analiz qilishda qo‘llaniladi.
Analitik metodga analiz, sintez, umumlashtirish, induksiya, deduksiya. qiyosiy pedagogikada analiz, sintez, umumlashtirishdek mantiqiy jarayon ko‘proq ahamiyatga ega. Barcha pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tarixiy, tavsifiy, statistik va sosiologik metodlar yordamida va ular asosida analiz va sintez qo‘llanishi umumiy baho berish va qiyosiy tahlil uchun zarur bo‘lgan xulosa chiqarishga imkon beradi. Xususan, taraqqiyotning darajasida bir xil bo‘lgan mamlakatlar guruhidagi xalq maorifi sistemasining asosiy xususiyatlarini ijtimoiy baholash, pedagogik nazariyalarga xarakteristika berish va ularning musobaqa hamda chet elga sayohat, tanlagan mavzu ustida mustaqil ishlash va yakunida og‘zaki yoki yozma imtihondan iboratdir.
Adabiyotlar, arxiv manbalari, pedagogik bosma materiallarning
Do'stlaringiz bilan baham: |