Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


 Natijalar va ularning taxlili



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana31.12.2021
Hajmi1,09 Mb.
#231014
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
yosh voleybolchilarda tezkor va kuch sifatlarni tarbiyalashda nostandart oy

 3.5. Natijalar va ularning taxlili. 


 

48 


Malakali  sportchilarni  tayyorlash  tanlov  va  dastlabki  o‘rgatish  bosqichidan 

boshlab  toki  sport  mahoratini  takomillashtirish  bosqichigacha  davom  etadi.  Shu 

ko‘p  yillik  muddat  ichida  sportchilar  to‘lqinsimon  yo‘nalishda  ortib  boradigan 

mashqlar  hajmi  va  shiddatiga  mos  nagruzkalarga  ko‘nikib  boradilar.  Jismoniy 

sifatlar  va  texnik-taktik  malakalarning  shakllanishi  yil  davomida  turli  testlar 

yordamida  muntazam  nazorat  qilinib  boriladi.  Bunday  tadbirlar  rasmiy  ravishda 

barcha  o‘quv-trenirovka  dasturlaridan  joy  olgan.  Lekin,  ushbu  dasturlarda  ham, 

sport  amaliyotida  ham  shu  testlarni  bajarishga  sarflanadigan  fiziologik 

(bioenergetik) potensial deyarli e'tiborga olinmaydi. M: ma'lum yoshli sportchi 30 

m ga yugurish yoki voleybolda 30 s. Davomida ketma-ket balandga sakrash nafas 

olish  yoki  yurak  tizimiga  qanchaga  tushishi  yoki  shu  testlarni  bajarganda  qancha 

O2  va  SO2  almashinishi  hamda  yurak  necha  marta  qisqarishi  mumkinligi  haqida 

xech  qanday  rasmiy  ma'lumotlar  mavjud  emas.  Vaxolanki,  harakat  testlarini 

qo‘llashda  shu  testlarning  fiziologik  bilish  muhim  amaliy  ahamiyatga  egadir. 

Ma'lumki, sport mashg‘ulotlarida texnik-taktik malakalarga o‘rgatish, turli xajm va 

shiddatda  qo‘llaniladigan  mashqlar  yuklamasini  nazorat  qilish,  umuman 

sportchilarni  tayyorlashda  shug‘ullanuvchilarning  fiziologik  reaksiyasini  e'tiborga 

olish  juda  zarur  jarayondir.  Chunki,  o‘rgatishda  ham,  trenirovka  jarayonida  ham 

sportchilarning  funksional  imkoniyatlari  doimiy  nazoratda  bo‘lmasa  nagruzkalar 

organizmni  zo‘riqishga,  kichik  xajmli  va  shiddatli  nagruzkalar  esa  uni 

shakllanishini  susayishiga  sabab  bo‘ladi.  Binobarin,  o‘quv-trenirovka  jarayonida 

jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish  hamda  texnik-taktik  tayyorgarlikni  shakllantira 

borishda fiziologik reaksiyalar ko‘rsatkichlariga e'tibor qaratish, har bir mashqning 

fiziologik  qiymatini  bilgan  holda  undan  foydalanish  yuqori  malakali  sportchilar 

tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.  

Sport  trenirovkasi,  xususan  tezlik-kuch  sifatlarining  fiziologik  asoslari 

ko‘pgina  ilmiy  va  o‘quv  adabiyotlarida  a'zaldan  o‘z  ifodasini  topib  kelgan. 

Tadqiqotchi olimlar  o‘zlarining  yirik  ilmiy  va  o‘quv asarlarida  jismoniy  sifatlarni 

jumladan  tezlik-kuch  sifatlarini  rivojlantirishda  organizmda  ro‘y  beradigan 

holatlarni,  barcha  fiziologik  o‘zgarishlarni  atroflicha  tahlil  qilib  berganlar. 




 

49 


Ularning fikriga ko‘ra harakat malakalarining shakllanishi va jismoniy sifatlarning 

rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  shug‘ullanuvchilar  organizmining  funksional 

imkoniyatlari ham shakllana boradi. 

Kuch  sifati  mushaklarning  taranglanishi  darajasiga  bog‘liq  bo‘lib,  u  asosan 

muskul  tolalari  tuzilishi,  yo‘g‘onligi,  rivojlanganligi  hamda  ularning  qisqarishi 

davomida  kechadigan  biokimiyoviy  va  fiziologik  omillarga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Mushaklarning  qisqarish-bo‘shashish  faoliyatida  almashinuvi  nihoyatda  katta 

ahamiyatga ega. Jumladan, muskul tolalarning kuchli va tez qisqarish darajasi qon 

tarkibidagi  kislorod,  oqsil,  uglevod,  yog‘,  mineral  tuzlar,  vitaminlar, 

mikroelementlar  va  boshqa  oziqalarni  birikkan  holda  bioenergiya  ajratishi  bilan 

belgilanadi. Bu jarayonda aerob (O2 o‘z vaqtida ta'minlanishi) va anaerob (O2 - siz 

jarayon)  omillar  hamda  uglevodni  glikogenga  parchalanishi,  adenozin  uch  fosfat 

va kreatin fasfat kabi moddalarning raksiyaga kirishishi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

Maktab  o‘quvchilari  va  talabalarda  mushak  kuchi  faoliyatini  o‘rganish 

asosida  turli  yoshdagi  o‘g‘il  va  qiz  bolalarda  o‘ng  va  chap  qo‘l  kaftlari  kuchi 

o‘ziga  hos  dinamik  o‘zgarishlar  doirasida  rivojlanishini  kuzatganlar.  Jumladan  7 

yoshli  ug‘il  va  qiz  bolalarda  qo‘l  kaftlari  kuchi  ma'lum  simmetrik  darajaga  ega 

(o‘g‘il bolalar-o‘ng qo‘l-14,9 kg, chap qo‘l-14,1 kg; qiz bolalar-o‘ng qo‘l 13,6 kg, 

chap qo‘l-12,8 kg).  

Lekin,  o‘g‘il  bolalarda  8  yoshdan  9  yoshgacha  o‘ng  qo‘l  kuchi  ustunligi 

kuzatilgan bo‘lsa, 10 yoshdan boshlab o‘g‘il bolalarda, qiz bolalarda esa 7 yoshdan 

19  yoshgacha  o‘ng  va  chap  qo‘l  kuchida  simmetrik  hodisa  kuzatilmadi.  Aslida 

inson  organizmi  faoliyatida,  jumladan  uni  ijrochi  organlarining  funksional 

faoliyatida  assimetriya  ustunligi  bo‘lishi  kerak.  Ya'ni,  misol  uchun,  o‘ng  qo‘l 

yetakchi bo‘lganida uning kuchi chap qo‘l kuchiga nisbatan ustun bo‘lishi lozim. 

Shu  bilan  bir  qatorda  12-16  yoshli  ug‘il  bolalarda  qo‘l  va  oyoq 

mushaklarining  rivojlanishi  jinsning  shakllanishi  bilan  bog‘likligi  aniqlangan. 

Ushbu muallifning fikricha, balog‘at yoshidagi bolalar jinsiy jihatdan qanchalik tez 

rivojlanib borsa, shunchalik kuch sifati ustunlik qilib borar ekan. Binobarin, kuch 



 

50 


sifatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarning tez yoki sust rivojlanishi pasport yoshiga 

qarab emas, balki biologik yoshga qarab belgilanishini e'tirof etish lozim. 

Bir  qator  olimlar  kuch-tezlik  va  kuch-tezlik  chidamkorligi  sifatlarini  yosh 

sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligini ta'kidlashgan. 

Katta  hajm  va  shiddatda  ijro  etiladigan  mashqlar  yordamida  bu  sifatlarni 

zo‘rma-zo‘raki  rivojlantirish  o‘ta  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi,  hatto  chuqur 

patologik  o‘zgarishlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin  ekan.  Yuqorida  qayd  etilgan 

ma'lumot  va  muloxazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  testlar  yordamida  olingan  tezkor-

kuch  sifatlari  darajasi  hamda  shu  sifatlar  darajasi  qanday  fiziologik  qiymatga 

egaligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar deyarli uchramaydi. 

Ushbu  vaziyatni  e'tiborga  olgan  holda  biz  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishda 

tezkor-kuch sifatlari darajasini aniqlashga mo‘ljallangan bir qator testlarni (300 ga 

yugurish,  joydan  turib  uzunlikka  sakrash,  20  s.  davomida  joydan  turib  vertikal 

sakrash). 

10-12 yoshli voleybolchilarda qo‘llash va shu testlar natijalarining fiziologik 

qiymatini baholashga intildik            (1 jadval). 



1 jadval 


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish