Qisqacha tushuntirish xati mazmuni. Hisoblash uchun berilgan: vazifa Chiziqli absni analiz va sintez qilish 4


O‘tkinchi jarayonni EHMda hisoblash



Download 1,14 Mb.
bet7/11
Sana06.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#640123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1. Qisqacha tushuntirish xati mazmuni. 3 Hisoblash uchun berilga (2)

3.6 O‘tkinchi jarayonni EHMda hisoblash


O‘tkinchi jarayonni xar xil usullar yordamida hisoblash mumkin. Kurs ishida korrektlangan sistema o‘tkinchi jarayonini EHMda hisoblash uchun sistemani Koshi differensial tenglamalari orqali ifodalaymiz (6). Bu usulni qo‘llashga sabab, deyarli hamma EHMlarda Koshi ko‘rinishidagi differensial tenglamalarni tenglamalarni yechish uchun standart programmalar mavjudligidir. Buning uchun sistemani struktur sxemasini uzatish funksiyasi maxrajining tartibi birga teng bo‘lgan elementar zvenolarga ajratamiz va ularning chiqish va kirish kattaliklarini tegishli indeksli Uk va U bilan belgilaymiz. Indekslash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi element chiqish kattaligini uzatish funksiyasi maxrajidagi ko‘phadning tartibiga teng bo‘lgan indeks bilan belgilaymiz. Keyingi elementar chiqish kattaligini indeksidagi shu elementlar uzatish funksiyalari maxraji tartibiga teng bo‘lgan songa kata bo‘lgan indeks bilan belgilaymiz. Elementlar kirish kattaliklarini oldingi element chiqish kattaligiga indeksidan birga ortiq indekslar bilan belgilaymiz. Agar, elementlar uzatish funksiyalari surat va maxrajlari tartibi o‘zaro teng bo‘lsa, bu elementlar quyidagi formulalarga binoan ikkita parallel ulangan elementlar bilan almashtirladi;





Korrektlangan sistemaning struktur sxemasini (6-rasm) ekvivalant sxema bilan almashtiramiz (7-rasm), bunda T1=T1z, T2=T2z , T3=T3z.


Struktur sxema (7-rasm) elementlari uzatish funksiyalari va ularning Koshi ko‘rinishdagi differensial tenglamalarga o‘tish formulalaridan (6, 22-ilova) foydalanib, elementlar kirish va chiqish kattaliklarini o‘zaro bog‘lovchi birinchi tartibli differensial tenglamalar sistemasini yozamiz:
(13)




5-rasm. Korrektlovchi qurilmaning sxemasi




6-rasm. Korrektlangan sistemaning struktur sxemasi



Uз


7-rasm. Korrektlangan sistemaning o‘zgartirilgan ekvivalant struktur sxemasi

Elementlarning o‘zaro bog‘lanish sharti quyidagicha bo‘ladi:


(14)

(14) ni (13) ga qo‘yib, Koshi ko‘rinishidagi differensial tenglamalar sistemasini hosil qilamiz:




(15)
o‘tkinchi jarayonni olish uchun (15) tenglamani EHMda berilgan boshlang‘ich shartlarda integrallash lozim. EHMda hisoblashda sonli integrallashning Rung-Kutta metodiga asoslangan standart programmadan foydalanamiz (2-ilova). Buning uchun EHMga:
a) parametrlar son qiymatlari bilan berilgan (15) tenglamani;
b) hisoblash vaqtida;
v) qog‘ozga chiqarish nuqtalarini;
g) kirish ta’siri kattaligini (x=1)ni kiritish lozim.
EHMda hisoblangan h(t) grafigi 8-rasmda ko‘rsatilgan.

8-rasm . Korrektlangan sistemaning birlik pog‘onali kirish ta’siridagi o‘tkinchi jarayoni grafigi

Grafikdan o‘tarostlash qiymati



ni va o‘tkinchi jarayon vaqti to‘=0.28 c ni topamiz. Korrektlangan sistemaning bu qiymatlai loyihalanayotgan sistemaga qo‘yilgan talablarni qanoatlantiradi. Aks holda zaruriy sistema LAChXsi boshqatdan qurilib, yangi korrektlovchi qurilma topilishi lozim.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish