quyosh doimiysi deb yuritiladi.
Termayadro reaksiyasi quyoshning ichida temperatura t
0
= 20 mln.
0
C ga yetganda boshlanadi.
Shuning uchun termayadro energiyasi yer yuzidagi barcha energetik resurslarning birinchi manbai
hisoblanadi; ko‘mir, neft, gaz; gidroenergiya; shamol va okeanlar energiyasi.
Quyosh yer yuzida barcha energiya turlarining manbai hisoblanadi. Quyosh har sekundda o‘rtacha 88 x 10
24
kaloriya issiqlik yoki 368 x 10
12
TVt energiya tarqatadi. Ammo bu energiya miqdorining atigi 2 x10
-6
%, ya’ni 180x
10
6
TVt miqdorigina yer yuzasiga yetib keladi. Shu miqdor ham yer yuzidagi barcha doimiy energiya ishlab
chiqaruvchi qurilmalarning energiyasidan taxminan 5000 barobar ko‘pdir [37].
Quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tushayotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyosh kadastri
hisoblanadi. Quyosh kadastri to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi ko‘rsatgichlarga asosan yig‘iladi:
-quyosh radiatsiyasining gorizontal tekislikka tushayotgan oylik va yillik yig‘indilari;
-gorizontal tekislikka to‘g‘ri normal-urinma holatida tushayotgan quyosh nurlari;
-quyoshning nur sochish vaqti.
Umuman quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tushayotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi
usullar bilan olish mumkin:
-aniq geografik nuqtadagi ma’lumotlarni hisoblash yo‘li-analitik usul bilan;
-qisqa muddatda aniq geografik nuqtada, asbob va jihozlar bilan o‘lchash orqali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot olish
bilan;
-qabul qilingan yagona usul bilan ko‘p yillik o‘lchashlar o‘tkazgan meteorologik stansiyalarining ma’lumotlari
yig‘ilgan ma’lumotnomalardan ma’lumot olish bilan.
Quyosh energiyasidan foydalanishni hisoblashda asosan, quyosh nurining 1m
2
maydonga berayotgan
energiya miqdori hisobga olinadi. Koinotning atmosfera qatlamidan yuqori qismiga tushayotgan quyosh
radiatsiyasining energiyasi 1,395 kVt/m
2
ni tashkil qiladi va bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi. Ammo bu
miqdor yer yuzasiga yetib kelguncha har xil qarshiliklarga uchraydi hamda yilning fasli va hisob qilinayotgan
hududning kengligiga nisbatan uning miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining
o‘rtacha intensivligi:
-Yevropa mamlakatlarida - 2 kVt soat/m
2
;
-Tropik va Osiyo mamlakatlarida - 6 kVt soat/m
2
ga teng.
Quyosh sirtida harorat 6000 °C, markazida esa 10 mln
g r a
dusni tashkil etadi. Quyoshdan yergacha bо‘lgan
masofada 150 mln kilometr bо‘lib, uning diametri yer