qism Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish.
MAVZU: Funksiyalarni e’lon qilish, murojat qilish va qiymat berish. Funksiyalarni modullarda e’lon qilish. Funksiyalarni qayta yuklash, funksiya argumentlariga boshlang‘ich qiymatlar berish
Reja:
Funksiya haqida boshlang`ich tushunchalar;
Funksiyani e’lon qilish;
Funksiyani chaqirish;
void funksiyalar;
Funksiyalarni qayta yuklash;
Funksiyaning prototiplari;
Jimlik qoidasi argumentlari;
Inline – joylashtirilgan funksiyalar
Kalit so‘zlar: actual parameter, ambiguous invocation, argument, automatic variable, bottom-up, implementation, divide and conquer, formal parameter (i.e., parameter), function abstraction, function declaration, function header, function overloading, function prototype, function signature, global variable, information hiding, inline function, local variable, parameter list, pass-by-reference, pass-by-value, reference variable, scope of variable, static local variable, stepwise refinement, stub, top-down implementation
1. Funksiya haqida boshlang`ich tushunchalar
Key Point. Funksiyalar dastur tarkibida qayta foydalanish imkoniyatini beruvchi qism dasturlarni e’lon qilish, ishlatish va shuning barobarida dasturlashni soddalashtirish maqsadlarida qo`llanilishi mumkin.
Faraz qilaylik, biz 1 dan 10 gacha, 20 dan 37 gacha va 35 dan 49 gacha bo`lgan butun sonlarni mos ravishda yig`indilarini hisoblash dasturini tuzmoqchimiz. Biz uni quyidagicha dastur kodi orqali tuzishimiz mumkin:
int sum = 0;
for (inti = 1; i <= 10; i++)
sum += i;
cout << "1 dan 10 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
sum = 0;
for (inti = 20; i <= 37; i++)
sum += i;
cout << "20 dan 37 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
sum = 0;
for (inti = 35; i <= 49; i++)
sum += i;
cout << "35 dan 49 gacha sonlar yig`indisi:" << sum << endl;
Bu sonlar oralig`ida hisoblashlar bir xil ko`rinishda amalga oshirilayotganini ko`rish mumkin, faqat ularda sonli oraliqlar har xil. Agar biz bir xil hisoblash jarayonlari uchun bir marta kod yozib, undan turli qiymatlar uchun qayta foydalana olsak zo`r ish bo`lar edi, shunday emasmi? Biz bu ishni funksiyani e’lon qilish va uni chaqirish orqali amalga oshirishimiz mumkin.
Yuqoridagi kodni quyidagicha soda ko`rinishga keltirib olishimiz mumkin:
1 int sum(inti1, inti2)
2 {
3 int sum = 0;
4 for (int i = i1; i <= i2; i++)
5 sum += i;
6
7 return sum;
8 }
9
10 int main()
11 {
12 cout<<"1 dan 10 gacha sonlar yig`indisi: "<13 cout<<"20 dan 37 gacha sonlar yig`indisi:"<14 cout<<"35 dan 49 gacha sonlar yig`indisi:"<15
16 return 0;
17 }
1-8-satrlar oralig`ida sum nomli, i1 va i2 parametrlariga ega bo`lgan funksiya e’lon qilinyapti. main funksiyasi tarkibida 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(1, 10) ni chaqiruvchi, 20 dan 37 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(20, 37) ni chaqiruvchi, 35 dan 49 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini aniqlash uchun sum(35, 49) ni chaqiruvchi ko`rsatmalar berilgan. Funksiya – bu biror operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqilgan, guruh bo`lib ishlatiluvchi ko`rsatmalar jamlanmasidir. Avvalroq biz pow(a, b), rand(), srand(seed), time(0), va main() kabi funksiyalar bilan tanishib chiqqanmiz. pow(a,b) funksiyasini ishlatganimizda, u tarkibidagi ko`rsatmalarni ishga tushiradi va natija qaytaradi. Bu ma’ruzada funksiyalarni e’lon qilish, uni chaqirish va masalalar jamlanmasini yechishga oid bilimlarga ega bo`lishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |