- Respublikamizdagi ilg’or xo’jaliklar tajribasiga ko’ra, yerni ekin ekishga tayyorlashda har bir agrotexnika tadbirini xo’jalikning tuproq - iqlim sharoitini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Yerni ekin ekish oldidan ishlash shudgorni boronalashdan boshlanadi. Boronalanganda dalaning yuzasi tekislanadi, o’sib chiqayotgan bir yillik begona o’tlar yo’qotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bo’lgan qatqaloq yumshatiladi va nam bug’lanishining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |