Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bog’liq holda, tekislashni uch usulga ajratish mumkin.
asosiy (kapital) tekislash
qisman tekislash;
joriy tekislash.
Asosiy (kapital) tekislash - Yer tekislash usulining eng ko’p mehnat talab qiladigan turi asosiy tekislashdir. Bu usul asosan yangi yerlarni o’zlashtirishda qo’llaniladi.
- Asosiy tekislashda sug’orish uchastkasi sirtining tabiiy ko’rinishi butunlay o’zgaradi, nishablik esa sug’orish texnikasiga moslashtriladi. Shuning uchun, bunda juda katta hajmdagi tuproq ishlarini bajarishga to’g’ri keladi.
- Asosiy (kapital) tekislash ishi maxsus loyiha-xarita asosida olib boriladi. Loyiha tarkibiga reja ko’rinishida yoki qator profillar ko’rinishida, maxsus ish chizmalari, shuningdek, ish hajmini hisoblash qaydnomalari, sxemalar ko’rinishidagi turli qo’shimcha materiallar va shunga o’xshashlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |