Lenta shaklida ekish. Bunda 2 yoki bir necha qator bir -biriga yaqin qilib ekiladi. Har bir qatorlar orasi o’simlikning xususiyatiga qarab 7-8 - 15 sm, bir qo’sh qator bilan, ikkinchi qo’sh qatorlar orasi 45-60 sm bo’ladi. Bunday qatorlar lenta deyiladi. Tariq, sabzi, piyoz va boshqa ekinlar shu usulda ekiladi.
Egat tagiga ekish. Issiq va qirg’oqchil, tuproqning yuza qatlami tez quriydigan hamda tog’li tumanlarda don ekinlarning urug’ini egat ochib egat tagiga ekish yaxshi natija beradi. Bunda seyalka soshniklarining oldiga egat ochadigan maxsus panjalar o’rnatiladi, u 12-15 sm chuqurlikda va 45 sm kenglikda egat ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |