Qishloq xo'jaligidagi yangi innovatsion usul biologik dehqonchilik



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#412410
Bog'liq
qishloq-xojaligidagi-yangi-innovatsion-usul-biologik-dehqonchilik



1

Qishloq xo'jaligidagi yangi innovatsion usul - biologik

dehqonchilik

Dunyo tajribasida biologik dehqonchilik qishloq xo'jaligidagi yangi innovatsion usul hisoblanib, biologik

vositalar asosida sarf-xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirish imkonini beradi. Qishloq xo'jaligi

rivojlangan  davlatlar,  jumladan,  AQSh,  Xitoy,  Hindiston,  Gollandiya,  Avstraliyada  biologik  vositalar  –

bioo'g'itlar, biostimulyatorlar, biologik himoya vositalardan keng qo'llanishi natijasida hosildorlik yuqori,

xarajatlar esa minimumga tushirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qishloq xo'jaligiga bag'ishlangan chiqishlarida sohaga

yangi innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, ilmiy yutuqlarni sohaga olib kirish muhim ekanini ta'kidlab

keladi.

Bu borada, jumladan, O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida Respublika va

xorijiy loyihalar doirasida biologik dehqonchilik asoslari ishlab chiqish borasida fundamental va amaliy

loyihalar bajarildi. Ana shu tadqiqotlarning amaliyotga qo'llash borasida 2013-2020-yillarda ilk qadamlar

tashlandi.

Jumladan, biologik dehqonchilikning O'zbekistonda qo'llash Namangan viloyati Uychi tumanida bug'doy

yetishtirish misolida istiqbolli ekani isbotlandi. O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi

instituti  olimlarining  (b.f.d.  Baxtiyor  Rasulov  va  PhD  Mohichehra  Pattayeva)  mikroorganizmlarga

asoslangan  biotexnologiyasi  (innovatsion  biologik  dehqonchilik  usuli)  Uychi  tumanidagi  qator  fermer

xo'jaliklari,  jumladan,  “Jumanazar  Malohat”,  “Yorqo'rg'on  sof  tolasi”,  “Barnogul  Ziyo  Fayz”,  “G'olib”,

“Xurinisobegim”,  “Jahon”,  “Umurzoqov  Jahongir”,  “Oxunboboyev  Omad”,  “Oq  oltin  Uychi”,  “Matluba

farzandlari  Shokirbek  va  Sobirbek”,  “Rovot  Fayz  Baraka”,  “Zarbol  tolasi”,  “Shodiyabonu  Nur  Fayz”,

“Rivojiddin ota orzulari” va boshqa xo'jaliklarda sinovdan o'tkazildi.



2

2019-yilda esa ushbu innovatsion biologik dehqonchilik ilk bor qo'llanganda tumandagi “Xolis” fermer

xo'jaligida “Tanya” bug'doy navi hosildorligi 80 s/ga teng bo'ldi. Bundan tashqari, bu usulda mineral

o'g'itlarning sarfi keskin kamaytiriladi, natijada rentabellik oshadi.

 



3

Ushbu innovatsion dehqonchilikning asosini tuproqlardagi foydali mikroorganizmlarni (rizobakteriyalarni)

faollashtirish,  shuningdek,  havodagi  molekulyar  azotni  o'simliklarga  biologik  shaklda  o'zlashtiruvchi,

tuproqlarda yig'ilib qolgan qiyin eruvchan fosforli birikmalarni erkin holatga o'tkazuvchi (“qo'zg'atuvchi”)

bakteriya  shtammlarini  qo'llash  tashkil  etadi.  Yildan-yilga  mineral  o'g'itlar  sarfi  oshayotgan,  lekin

hosildorlik oshmayotgan hozirgi vaqtda taklif etilgan dehqonchilik usuli qishloq xo'jaligidagi muammoning

o'ziga xos yechimi sifatida ham e'tirof etilmoqda.

Baxtiyor Rasulovning azot o'zlashtiruvchi rizobakteriyalar asosidagi “Bioazot-N” biologik vositasi (bioo'g'it-

biostimulyatori) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3855-sonli qaroriga kiritilgan, qishloq xo'jaligida

qo'llash (tijoratlashtirish) ko'rsatilgan edi. Mazkur ishlanma havodagi azotni o'simliklarga bog'lash (biologik

azot  shaklida),  tuproqlarni  faollashtirish,  o'simliklarni  aminokislotalar,  vitaminlar,  boshqa  fiziologik  faol

moddalar  bilan  ta'minlash  uchun  qo'llaniladi.  Bundan  tashqari,  tuproq-iqlim  sharoitlari,  ekinlarning

fitopatogenlar  bilan  kasallanishiga  ko'ra  qo'llaniladigan  bakteriya  turlari  (shtammlari)  tarkibi

shakllantiriladi.

Hozirda qishloq xo'jaligida ko'plab biologik vositalar qo'llansada ularning qo'llash vaqti va me'yori ishlab

chiqilmagan, ekin turlari va navlarga ko'ra qo'llash reglamentlari takomillashtirilmagan edi. Innovatsion

biologik dehqonchilikning Namangan tajribasida, jumladan, kuzgi bug'doy uchun qo'llaniladigan bakteriya

turlari, ularning qo'llash vaqti va me'yorlari qat'iy belgilandi. Tuproqlarda miqdori keskin kamayib ketgan

foydali bakteriyalarni faollashtirish usuli ham qo'shildi.

Hozirda tuproqlarda foydali rizobakteriyalarni ko'paytirish orqali hosilni oshirish, qishloq xo'jalik ekinlari



kasalliklarini kamaytirish (agroximikatlar sarfini cheklash) amaliyoti ustida ish olib borilmoqda.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish