26
mehnat unumdorligi o’sishini, o’rtacha ish haqi o’sish sur’atlaridan tezroq o’sish. Bu tamoyilning mohiyati - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnatdan keladigan daromadlarni maksimal darajaga yetqazishdan iborat.
ish haqini tabaqalashtirish. Xodimning korxona faoliyati natij alariga qo ’ shgan mehnatining xissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona shoylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab ish haqi tabaqalashtiriladi. Mazkur tamoyil xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashdan, moddiy mafaatdorligini ko’chaytirish zarurligiga asoslangan.
teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchini jinsi, yoshi, milliy mansubligi va xokazolariga qarab, uning mehnatiga haq to’lashda kamsitilishga yo’l qo’ymaslikdir, korxona yoki firma ichidagi taqsimotda adolat tamoyiliga rioya etilishi deb tushunish kerak. U bir xildagi mehnatni, unga haq to’lash orqali bir xil baxolashni nazarda tutadi.
mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bilan boshqarish, tartibga solish.
Tarif tizimining vazifasi mehnatning sifati (malakasi) va sharoitiga, ishlab chiqarish tarmogining xalq xo’jaligidagi ahamiyati xamda korxonalarning hududiy joylashuviga qarab xodimlarning ish haqini tartibga solishni ta’minlashdan iborat. Bu vazifa tarif tizimining ayrim tarkibiy qismlarini to’gri tuzish, ya’ni tarif-malaka ma’lumotnomasini ishlab chiqish, tarif jadvalini va tarif stavkasini tuzish yo’li bilan hal etiladi.
Ta’rif - malaka ma’lumotnomasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarmogidagi barcha asosiy ish turlarining, shuningdek, muayyan tarif guruhi xodimlariga qo’yiladigan asosiy talablar bo’yicha malaka tarifi to’plamidan iborat.
Xodimlarning har bir tarif guruhi kasb, ixtisos va malaka bilan xarakterlanadi. Muayyan tayyorgarlik, ma’lum nazariy bilim va amaliy ko’nikma talab qiladigan mehnat faoliyati va mashgulotlari turi-kasb deb ataladi. Masalan, suvchi, soguvchi, molbokar, traktorchi va x.k. Kasb odatda bir qator ixtisoslikni - bajariladigan ishlar yoki xizmat ko’rsatadigan asbob-uskunalarning xarakteriga ko’ra farq qilinadigan mehnat faoliyati turlarini birlashtiradi.
Tarif razryadlari - ishning murakkabligi, og’irligi, javobgarligi va ularni bajarish sharoitiga qarab belgilanadi.
Ishning murakkabligi- texnologik jarayonlarning mazmuni, asbob va uskunalarni sozlashning texnikaviy vositalari va usullarining murakkabligi, shuningdek, muayyan mehnatni tashkil etish sharoiti va ishda zarur mustaqillik darajasi bilan aniqlanadi.
Og’irlik - ishlab chiqarishning aniq sharoitida, inson tanasiga tushadigan fizikaviy kuch bilan belgilanadi.
Javobgarlik - deyilganda ishlab chiqarish jarayonida u yoki bu texnologik tizimning buzilishi natijasida korxonaga yetkaziladigan iqtisodiy zarar tushuniladi.
Ishlab chiqarish sharoitiga - ish bajarish jarayonida, ish bajaruvchi hayotiga ta’sir etuvchi omillar - ob-havo, gazlashganlik, yoruglik, shovqin-suron shamol, qor, yomg’ir, issiqlik, sovuqlik va boshqalar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |