Axborot texnologiyasi – fan sifatida hisoblash texnikasi vositalari va dasturiy ta’minotlar yordamida axborotlarni tuzish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini tizimlashtiruvchi, shuningdek bu vositalarning ishlash tamoyillari va ularni boshqarish usullarini o’rganadi.
Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari deganda, ishlab chiqarish va dasturiy-texnik vositalarini o’zida mujassamlashtirgan, axborot resurslaridan foydalanish jarayonlarida mehnat sarflarini kamaytirish, axborotlar ishonchliligini oshirish, tezkorligini ta’minlash uchun axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullari birligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |