Qishloq xoʻjaligi



Download 116,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi116,44 Kb.
#748889
  1   2
Bog'liq
Qishloq xoʻjaligi - Vikipediya



Qishloq xoʻjaligi
Mahsulotlarini yetqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari
ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan,
qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy
xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80
foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni
koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng
yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu
bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi.
Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu
sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish
koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy
jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar
ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I
.Lenin
 qishloq xoʻjaligining ahamiyatini
belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi
mumkin emas deb taʼkidlagan


Qishloq xoʻjaligi - moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va
chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan
shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom
ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta
ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami
sohalaridan farq qilgan holda Qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil
sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik
organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri
ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular
ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — 
dalachilik
,
sabzavotchilik
, polizchilik, bogʻdorchilik, 
oʻrmon xoʻjaligi
va boshqa; chorvachilikda —
qoramolchilik
, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, 
asalarichilik

pillachilik
va
boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik,
sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.
Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh
davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni
oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli
sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali
xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.
Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band.
Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8
mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999-yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6
mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t
kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9


mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa,
1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.
2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni
tashkil etdi. Umuman olganda, 2017–2019-yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab
chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019-yil narxlarida) oshdi. Shu bilan
birga, oʻsimliklarni etishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi
[1]
.
Shavkat Mirziyoyev
ning qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini
takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni
moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga ko'ra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish
xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha
yanvar–fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun 
agrotexnik
tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki
sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli
kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-
toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan
tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard
soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan
[2]
.
Vazirlar Mahkamas
i tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik
ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul
qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda
amalga oshiriladi. 1-bosqich 2022–2024-yillarni oʻz ichiga oladi. 2-bosqich 2024-yilda amalga
oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri bajariladi, ya’ni qishloq
xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi ma’lumotlar yigʻiladi. 3-bosqich — 2024–2026-yillarda
amalga oshiriladi
[3]
1. 
„Шавкат Мирзиёев билан Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги ислоҳотлари бошланди — «İhlas»“
(https://bugun.uz/2021/03/11/shavkat-mirziyoev-bilan-ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-islohotlari-bo
shlandi-ihlas)
. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 11 март.
2. 
„Ўзбекистонда пахта етиштиришни молиялаштириш тартиби ўзгаради“ (https://bugun.uz/202
1/02/26/ozbekistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi)
. Bugun.uz. 10-iyul
2021-yilda asl nusxadan 
arxivlandi (https://web.archive.org/web/20210710071214/https://bugun.u
z/2021/02/26/ozbekistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi)
. Qaraldi: 2021-
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi
Manbalar


yil 26-fevral. 
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20210710071214/https://bugun.uz/2021/02/
26/ozbekistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi)
 2021-07-10
 Wayback
Machine
 saytida.
3. 
„Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги бўйича статистик маълумотлар базаси кенгайтирилади“ (ht
tps://bugun.uz/2021/03/19/ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-bojicha-statistik-malumotlar-bazasi-ken
gajtiriladi)
. Bugun.uz. 4-avgust 2021-yilda asl nusxadan 
arxivlandi (https://web.archive.org/web/2
0210804093838/https://bugun.uz/2021/03/19/ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-bojicha-statistik-mal
umotlar-bazasi-kengajtiriladi)
. Qaraldi: 2021 йил 19 март. 
Arxivlandi (https://web.archive.org/we
b/20210804093838/https://bugun.uz/2021/03/19/ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-bojicha-statistik-
malumotlar-bazasi-kengajtiriladi)
 2021-08-04
 Wayback Machine
 saytida.

Download 116,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish