Qishloq xoʼjаligi tаrmogʼidа investitsIYa loyihаlаrining аmаlgа oshirilishi holаtlаri oʼrgаnildi


Oziq-ovqat sanoatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi to‘g‘risida ma‘lumot bormi?



Download 28,72 Kb.
bet2/3
Sana25.05.2023
Hajmi28,72 Kb.
#943550
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu material

Oziq-ovqat sanoatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi to‘g‘risida ma‘lumot bormi?
2022-yilda 2,1 trln so‘mlik 337 ta oziq-ovqat sanoati investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 582 mlrd so‘mlik quvvati 326 ming tonna bo‘lgan 21 ta zamonaviy agrologistika markazlari va 74 ta muzlatkichlar foydalanishga topshirilib, 6 172 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Natijada, 50 ta go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, 49 ta yog‘-moy, 56 ta qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 40 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlash, 20 ta salqin ichimliklar, 3 ta tuz ishlab chiqarish hamda 119 ta un, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilgan.

Qo‘shrabotda Koreyaning “HIBI International Co. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda agrosanoat klasterini tashkil etiladi


Samarqandda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 164,3 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish prognozi belgilangan edi. O‘tgan davr mobaynida 59 ta loyiha hisobiga 170,7 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sheroz Sobirovning zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, dastur doirasida 1240 ta ish o‘rni yaratilgan.
Bundan tashqari, hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 6,9 trillion so‘mlik 784 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 14,4 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Misol uchun, Urgutdagi “Sam Star Layf” MChJda qiymati 14,7 milliard so‘mlik paypoq ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, 25 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, Samarqand tumanidagi “Sherzod Fruits Boks” MChJda qiymati 5,3 milliard so‘mlik gofra karton qutilar ishlab chiqarish loyihasi doirasida 14 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan.
- Investitsiyalar va tashqi savdo sohasida ishlab chiqilgan qisqa va uzoq muddatli strategiyaga muvofiq, kelgusida viloyatda yangi ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi bir nechta yirik loyihalarni ishga tushirish ustida ishlanmoqda,- deydi Sh.Sobirov.- Jumladan, Qo‘shrabot tumanida Koreya davlatining “HIBI International Co. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 100 million dollar investitsiya hisobiga agrosanoat klasterini tashkil etish va loyiha doirasida 500 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar, Nurobod, Narpay va Paxtachi tumanlarida “Kattakurgan Sigma Cement”, “Billur Quartz”, “Platinum Metal Industry” hamda “Asl Oyna” MChJlarida 500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga qaratilgan sanoat sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bu borada yanvar-sentyabr oylarida umumiy qiymati 2,6 trillion so‘mlik 674 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 6833 ta yangi ish o‘rni tashkil etilishiga erishildi.
Jumladan, sanoat sohasida qiymati 1 167,1 milliard so‘mlik 170 ta, xizmatlar sohasida qiymati 874,8 milliard so‘mlik 324 ta, qishloq xo‘jaligida qiymati 572,2 milliard so‘mlik 180 ta loyiha amalga oshirildi.
Investitsiya dasturlari yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, xorijiy bozorlarga chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar salmog‘i ortishiga xizmat qilmoqda. Misol uchun, viloyatimizda 2022 yilning yanvar-sentyabr oylari uchun 428,3 million dollar eksport prognozi belgilangan. Amalda bu ko‘rsatkich joriy yilning 1 oktyabr holatiga 429,6 million dollarni tashkil etdi. Tahlillarga ko‘ra, eksport ulushida sanoat mahsulotlarining miqdori yuqori.
Umuman, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 489 ta korxona tomonidan 54 mamlakatga 532 turdagi, xususan, 126,6 million dollarlik oziq-ovqat, 123,1 million dollarlik tekstil, 52 million dollarlik metall va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, 26,8 million dollarlik kimyoviy mahsulotlar hamda 22,9 million dollarlik ozuqa-yem mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
Qayd etish lozimki, joriy yilda tashqi iqtisodiy faoliyatga 129 ta yangi korxona jalb qilinib, ular tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlarga 21,7 million dollarlik mahsulotlar chiqarilgan.

Download 28,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish