QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARINING SUYUQLIK YORDAMIDA SOVUTISH TIZIMINING HISOBI
Shermuhamedov A.A1,Tojiboyev Sh.I2, Xametov Z.M2
1Toshkent davlat transport universiteti, 2Farg’ona politexnika instituti sherali.tojiboyev@mail.ru
Annotatsiya: Qishloq xo’jaligi mashinalarining suyuqlik bilan sovutish tizimining hisob-kitoblari asosan issiqlik tashuvchilar sarfini, radiatorning sovutish sirti yuzasini aniqlash, radiator xilini va uning konstruksiyaviy ko’rsatkichlarini tanlashni ko’zda tutadi. Sovutish tizimi suyuqlik va havo konturlaridan, radiator va ventilyatordan iborat.
Аннотация: Расчеты системы жидкостного охлаждения сельскохозяйственной техники в основном связаны с расходом теплоносителей, определением охлаждающей поверхности радиатора, выбором типа радиатора и его конструктивных характеристик. Система охлаждения состоит из жидкостного и воздушного контуров, радиатора и вентилятора.
Abstract: Calculations of the liquid cooling system of agricultural machinery are mainly related to the flow of heat carriers, the determination of the cooling surface of the radiator, the choice of the type of radiator and its design characteristics. The cooling system consists of liquid and air circuits, a radiator and a fan.
Kalit so’zlar: Sovutish tizimi, radiator, issiqlik balansi, issiqlik uzatish koefitsiyenti.
Ключевые слова: система охлаждения, радиатор, тепловой баланс, коэффициент теплоотдачи.
Key words: cooling system, radiator, heat balance, heat transfer coefficient.
Kirish
Qishloq xo’jaligi mashinalarining ishlashi davomida turli xildagi nuqsonlar va talofatlardan saqlanish maqsadida har bir jihoz va uskunalar nazoratdan o’tkazilib turiladi. Ayniqsa, dvigatelni qizib ketishini nazorat qiladigan sovutish tizimi muhim ahamiyatga ega. Sovutish tizimi - dvigateldagi kuchli qizigan detallardan issiqlikni tarqatilishini bir me’yorda ta’minlab, dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turishdan iborat.
Suyuqlik vositasida sovutish tizimi hisoblari quyidagilarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi:
mazkur dvigatel uchun, sovutuvchi suyuqlik tomonidan vaqt birligi mobaynida chetlatilayotgan, issiqlik miqdori;
sovutuvchi suyuqlikning, vaqt birligi mobaynida oldindan berilgan miqdordagi issiqlik miqdorini silindrlar va dvigatelning boshqa detallaridan chetlatilishini ta’minlaydigan, sarfi;
havo oqimining, xuddi shunday miqdordagi issiqlikni, hamda aynan o’sha vaqt mobaynida atrof muhitga chetlatib, tarqalib ketishini ta’minlaydigan sarfi;
radiator sovutuvchi sirtining issiqlikni suyuqlikdan havo oqimiga uzatishni issiqlik tashuvchilarning hisoblab topilgan sarflari va suyuqlikning oldindan berilgan haroratga doir ko’rsatkichlari bilan mujassamlikda ta’minlay oladigan, yuzasini, shuningdek radiator xilini, uning konstruksiyaga oid ko’rsatkichlarini;
radiatorning issiqlikka oid xossalarini, suyuqlikni harakatlanish yo’lining gidravlikaga oid xossalarini va havo harakatlanish yo’lining aerodinamikaviy xossalarini;
sovutish tizimining o’zgarib turuvchi yuklanishlar va atrof muhitning chegaraviy haroratlari ta’siri ostida dvigatelning oldindan berilgan harorat yo’lini ta’minlay olish qobiliyatlarini bevosita quyidagilar orqali ko’rib chiqiladi.
Suyuqlik vositasida sovutish tizimini hisob-kitob qilish algoritmi 1-rasmdagi blok-sxemada keltirilgan.
Sovutish tizimini hisob-kitob qilish davomida, uning haroratga doir yo’lini barqarorlashgan va issiqlik almashish jarayoni issiqlik o’tkazishning statsionar yo’liga mos deb taxmin qilinadi. Bu degani, dvigatelning qizigan detallaridan sovutuvchi suyuqlikka vaqt birligi davomida chetlatilayotgan issiqlik miqdori, suyuqlik tomonidan radiator sirtiga uzatilayotgan issiqlik miqdoriga, shuningdek huddi shu vaqt ichida kirib kelayotgan havo oqimi va u tomonidan atrof muhitga tarqatilayotgan issiqlik miqdoriga teng ekanligini bildiradi. Ushbu shartni quyidagi ko’rinishda yozib qo’yamiz[1,2]:
.
Shunday qilib, sovutish tizimini hisoblash uchun boshlang’ich ko’rsatkich bo’lib, sovutuvchi suyuqlikka kelib tushayotgan issiqlik miqdori QV xizmat qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu issiqlik dvigatel issiqlik balansini aniqlash mobaynida tajribaviy tadqiqotlar vositasida, negiziy nuqta bo’yicha umumlashtirilgan o’zgaruvchilar asosida hisobiy uslub bilan yoki empirik formulalarga ko’ra aniqlanishi mumkin.
1-rasm. Radiatorni hisob-kitob qilish algoritmining blok-sxemasi[1]
Sovutuvchi suyuqlikka kelib tushayotgan issiqlik miqdori doimiy va o’zgaruvchan omillar tomonidan aniqlanadi. Doimiy omillarga dvigatelning konstruksiyaviy ko’rsatkichlari (silindr va porshen ko’rsatkichlari, siqilish darajasi, so’rilish usuli, yoqilg’ini sarchashi payti yoki karbyuratorli dvigatellardagi uchqun berish paytidan o’zib ketish burchagi, yog’lovchi moyni sovutish usuli) kiradi, o’zgaruvchan omillarga – dvigateldagi sikllarning o’rtacha harorati, atrof muhit harorati, dvigatel ishining jadal va yuklanishli yo’nalishlari va h.k.lar kiradi.
Sovutish tizimining hisobi dvigatel ishining ikkita yo’lini – nominal quvvat Nenom va burovchi maksimal moment Mkrmax yo’llarini e’tiborga olib o’tkaziladi. Sovutish tizimidagi sovutuvchi suyuqlikning dvigateli quyidagicha ishlab turganidagi ruxsat etilgan harorati 1-jadvalda keltirilgan[1,4].
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |