O’ZBEKISTONDA IRRIGATSIYANING RIVOJLANISH TARIXI.
Eramizdan oldingi davrlarda O’rta Osiyoda irrigatsiyaning
paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
Tolstov S.P. ning arxeologik qazilmalari va tekshirishlari shuni ko’rsatadiki,
Amudaryo etaklarida irrigatsion tarmoqlarning eng ko’p rivojlanishi eramizdan
oldingi VI asrdan eramizning III asrlariga to’g’ri keladi.
Qadimgi xujjatlarda Xorazm o’lkasi eng qadimgi rivojlangan sug’orish
rayonlaridan ekanligi aytiladi. Irrigatsion inshootlar eng yuqori texnikaga ega
bo’lgan. Masalan, eramizdan oldingi birinchi ming yillar o’rtalarida qurilgan
Gauxvara kanali Amudaryoni o’ng qirg’oq yerlarini Sultonuizdog tepaliklarigacha
sug’organ.
O’rta Osiyoning o’ziga xos quruq iqlimi qadim zamonlardan dehqonchilikda
sun’iy sug’orishni keltirib chiqardi. Bu yerda sun’iy sug’orish birdaniga paydo
bo’lgani yo’q. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tosh asrining uzoq davom
etish davri zamin yaratdi. Bu davrda inson tabiatning tayyor tabiiy sharoitlariga
moslashdi va jamoa bo’lib ovlash, baliq ushlash va terib olish bilan kun kechirdi.
Shuning uchun oddiy xo’jalik yuritish - o’zlashtirib, o’ziniki qilib olish iqtisodiy
doirasidan chiqmadi. Buyuk rimlik materialist Gi Lukretsiy Kar insoniyatning bu
davri to’g’risida shunday degan edi. «Quyoshning ko’p aylanishlarining uzoq
davomida odam yovvoyi hayvonga o’xshab darbadarlikda hayotini o’tkazdi. Xech
kim qattiq qo’li bilan egri omoch ushlab ishlamadi, daladagi yerni temir bilan
ishlashni bilmas edi. Yosh niholni ekishni, baland daraxtlardan o’tkir o’roq bilan
qurigan eski shoxlarini kesishni bilmadi».
Arxeologlarning eng yangi topilmalari shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyo inson
shakllanishi jarayoni o’tgan rayonga kirgan. Bu to’g’risida qo’yi paleolit davrida
topilgan ko’pchilik ibtidoiy odamlarning turgan joylari va mehnat qurollari dalolat
beradi.
12
Ibtidoiy jamoa tuzimi eng uzoq davom etdi. Bu davrda ishlab chiqarish
munosabatlarining asosini ishlab chiqarish vositalariga jamoa mulkchiligi tashkil
qildi. Ish kurollari bo’lib tosh kurollari xizmat qildi. Shuning uchun ba davrni tosh
asri, davri deyiladi. Bu davr 2 ga bulinadi: qadimgi tosh davri – paleolit va yangi
tosh davri – neolit.
Quyi paleolit 800-1000 ming yillar oraligida kechdi. U davrda O’rta Osiyoda
tabiiy sharoitlar batamom boshqacha edi. Iqlim yog’inli, namli va sovuq edi.
Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilgan va o’zani va oqimining yo’nalishi tez-
tez o’zgarib turgan. Murg’ob, Tejen va Zarafshon daryolari Amudaryo irmoqlari
edi.
Chu, Sariq-suv daryolari to’lib oqib, Sirdaryoga quyilgan.
O’rta Osiyoda quyi paleolit davrida hayot tarzi jamoa bo’lib ov qilish va
terishdan iborat edi. Bu davrdagi uchli tosh qurollari topilgan.
Quyi paleolitdan O’rta paleolitga o’tish (100-400 ming yil
ilgari)
muzliklarning janubga tomon siljishi va iqlimning tubdan o’zgarishi bilan kechdi.
Iqlimning sovushi natijasidan o’simlik va hayvonot dunyosida ko’p o’zgarishlar
yuzaga keldi. Inson bu davrda tabiatga moslashishga intilishi ko’rina boshladi.
Yashash uchun ochiqlikda sun’iy makon qurishga odatlandi. Shimoldan
kelgan yirik hayvonlarni ovlash uchun ov qurollari takomillashdi. Yuqori paleolit
davriga kelib nayza va o’q-yoy paydo bo’ldi, yirik va mayda hayvonlarni,
qushlarni ovlash mumkin bo’ldi. Ro’zg’orda sopol idishlar ishlatila boshlandi.
Mezozoy davriga kelib O’rta Osiyoning keng tekislik qismlarida iqlim
hozirgidan farqli, namgarchilikli edi. Odamlar daryo vodiylari va o’rmonlarda
o’troqlashib bordi. Baliq ovlash uchun suyakdan va toshdan qurollar, turlar
yaratildi. Ehtiyoj uchun o’lja qilingan har xil hayvonlar asta sekin qo’lga o’rgatildi.
Qo’y, echki, cho’chqa, sigir, keyinchalik ot va tuya uy hayvonlariga aylantirildi.
Chorvachilik bilan birga inson dehqonchilik bilan ham shug’ullana boshladi.
Eramizgacha bo’lgan X-XII ming yilliklarida yovvoyi dukkaklilar va boshqa
o’simliklar mevalari kremniyli o’roqlar yordamida terib olingan va asta sekin
13
qo’lbola dehqonchilik boshlangan. yerni tosh motiga, ketmon bilan (motiga)
yumshatilgan. Ekin maydonlari yashash joylari atrofida joylashgan. Tariq, arpa
keyinroq bug’doy madaniylashtirilgan.
O’rta Osiyoning ko’p joylarida neolit davrining yodgorliklari topilgan. Neolit,
«yangi tosh» davriga kelib insoniyat yangi, yirik yutuqlariga erishdi. Insoniyat
bolta va boshqa xil murakkabroq ish qurollarni yasashni, loyni pishirishni o’rgandi.
Kema qatnovi, to’quvchilik paydo bo’ldi, baliqchilik takomillashdi.
O’rta Osiyoda eramizdan oldingi V-asr boshlariga kelib xo’jalik yuritishning
rivojlanishi ikki yo’nalishda kechdi. Tog’ oldidagi unumdor, ibtidoiy dehqonchilik
va sun’iy sug’orishda qulay yerlarda yashovchi bir guruh kabilalar ibtidoiy yig’ib-
terib olish, ovchilik va baliqchilikdan madaniy ekinlar yetishtirishga o’tib bordi.
Bu qabilalarining xo’jaliklari tez sur’atlarda rivojlanib bordi.
O’rta Osiyoning keskin iqlimli shimoliy cho’l va dasht yerlarida
o’troqlashgan boshqa bir guruh qabilalarida ovchilik va baliqchilik bilan
shug’ullanib tirikchilik qilish davom etdi.
Eramizdan oldingi III asrlarda maxalliy aholi
dehqonchilik bilan
shug’ullanishga boshlagan. Ular daryo sohillaridagi unumdor yerlarda suvni ushlab
qolib don, kunjut va boshqa ekinlardan hosil olishgan. Keyinchalik marzalar
ko’tarib suvni namlatish uchun ishlatganlar (limanli sug’orish).
Eramizdan oldingi I asrlarga kelib aholi daryo va irmoqlarning suvlarini
qo’lbola, oddiy kanallar orqali sug’orishga odatlangan.
Xorazmda qurilgan 200 km li Cherman-yab (Eramizdan oldingi I asr)
hozirgacha saqlanib qolgan. Bu davrlarda Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm
davlatlari mavjud bo’lgan.
Eramizdan oldingi VI-IV asrlarda O’rta Osiyoni Axemenid davlatining fors
bosqinchilari Kir shohi boshchiligida bosib oladi. Shu davrlarda maxalliy xalq suv
saqlash inshootlari, kanallardan foydalanganini shu davr tarixchisi Gerodot yozib
qoldirgan. Qurilgan inshootlar boylarga qaragan, kambag’al xalqqa katta pul
evaziga suv berilgan. 200 yillik istibdoddan keyin (333 yil eramizdan oldingi)
14
Makedonskiy Axemenidlar sulolasini tugatgan va Maroqandni egallagan.
Xorazmni ishg’ol qilolmagan.
Aleksandr Makedonskiy o’limidan keyin (eramizdan oldingi 323 yil) uning
imperiyasi 3 ta davlatga bo’linib ketgan Makedoniya, Misr va Suriya. Selevkidlar
davlati Baqtriyani, So’g’dni, Marg’iyonani ham o’z ichiga olgan. U eramizdan
oldingi I asrgacha yashagan va qo’zg’olon ko’targan xalqlar iskanjasida bo’linib
ketgan. Hozirgi Eron, Turkmaniston o’rnida yirik Parfyan davlati vujudga kelgan.
U Rim imperiyasi bilan raqobatlashadigan darajagacha ko’tarilgan. Baqtriyada
Grek-baqtriya davlati paydo bo’lgan. Unga Baqtriya, So’g’diyona va
Marg’iyonaning sharqiy qismi kirgan (Hozirgi Marg’ oblasti). U eramizning III
asrigacha yashab kelgan. Bu yerda irrigatsiya juda taraqqiy etgan, sholi, bug’doy,
beda yetishtirilgan. Eramizdan oldingi 138 yilda xitoy sayyohi Chjan Chyanning
yozishicha, Farg’ona vodiysida 70 ta shahar bo’lib, 300 ming aholi yashagan. Ular
shu davrda uzum, sholi, bug’doy va boshqa ekinlar ekib hosil yetishtirishgan va
sun’iy sug’orish mavjud bo’lgan.
Xorazmda ham sun’iy sug’orish rivojlangan. Xitoyliklar uni «Kanguy», ya’ni
kanallar o’lkasi deb atashgan.
Surxon daryosi etaklarida Sasoniylar davlati vujudga kelgan. U 400 yil
mavjud bo’lgan. (Janubiy-g’arbiy O’rta Osiyo) eramizdan oldingi V-VII asrlarda
O’rta Osiyoning shimoliy va shimoliy – sharqiy qismida Xorazm, Sug’diyona,
Tohariston davlatlari paydo bo’lgan.
Bu davrlarda dehqonchilik madaniyati, irrigatsiya yana rivojlangan. Yirik va
mayda kanallar, yer osti kanallari-korizlar qurilgan.
1936-1937 yil o’tkazilgan arxeologik ekspeditsiyaning qidiruv ishlari
natijasida
Termiz
rayonlarida
qadim
zamonda
Surxondaryo
vodiysida
irrigatsiyaning yuqori darajada rivojlangani aniqlangan.
Grek tarixchilarining ko’rsatishicha, eramizdan oldingi III-II asrlarda
Toshkent atroflarida katta kanallar mavjud bo’lgan.
15
Arab geograflarining yozishicha, Shosh (Toshkent vohasi) davlatida 50 ta
gurkirab, bog’ uzumzorlarga burkangan aholi zich yashaydigan aholi punktlari
bo’lgan, ularning ayrimlari, masalan Biskent (Piskent) Farekent (Parkent),
Zarekent (Zarkent) hozirgacha saqlanib qolgan.
Shosh o’lkasi ko’chmanchilar zarbasidan qadimgi Bo’zsuv arig’i va arablar
qurgan katta devor bilan o’ralgan Kampirduval izlari va Bo’zsuv hozirgacha
saqlangan. Ayrim qadimgi kanallar hozirgacha eski nomlari bilan atalgan: Zax,
Salar. Sirdaryoning ikkala qirg’og’i bo’ylab yirik kanallar, shahar va posyolkalar
izlari saqlanib qolgan.
Aris daryosining Sirdaryoga qo’shilish joyida yirik savdo shahri O’tror
harobalari saqlanib qolgan.
Farg’ona vodiysida dehqonchilik madaniyati Chotqol va Farg’ona tizimlarida
Qoradaryo Noringa tushuvchi mayda kanallar atroflarida rivojlangan. Tog’
daryolari oqimlari eramizdan oldingi X asrlarda to’liq sug’orishga ishlatilgan,
ularning qirg’oqlarida shahar va qishloqlar barpo bo’lgan: Kosonsoy, Axsikent
(Kosonsoyda), Marg’ilan (Marg’ilonsoy), Xo’jand, O’sh (Oqburada).
Do'stlaringiz bilan baham: |