Er resurslarini baholash
Er resurslari xo‘jalik jihatdan juda ko‘p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa, er resurslarini dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amalga oshirish asosan rel’ef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, er osti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Dehqonchilik uchun yaroqli erlarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari landshaftlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi. YUqorida ko‘rsathilgan omillarning tahlili asosida O‘zbekiston tabiiy-hududiy komplekslari murakkablik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, o‘rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslar.
Oddiy tabiiy komplekslarga tog‘ oldi prolyuvial va daryo vodiylarining yuqori terrasalari kiradi. Er osti suvlarining gorizontal hharakati yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bu suvlarining sathi ko‘tarilmaydi, chunki lyoss va lyossimon jinslar ostida shag‘al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.
O‘rtacha murakkablikdagi tabiiy komplekslarga yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori ismlari kiradi. Er osti suvlarining gorizontal harakati ta’minlangan, hammo ayrim pastham joylarda u er yuzasiga yaqin ko‘tariladi va sho‘rlanishga sabab bo‘lishi mumkin. SHamol va suv eroziyasi yuz berishi mumkin. SHuning uchun ixota daraxtzorlarini vujudga keltirishni loyihalashtirish zarur.
Murakkab tabiiy komplekslarga yoyilmalar va deltalarning o‘rta qismlari va allyuvial terrasalar kiradi. Er osti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug‘orish davomida ularning sathi ko‘tariladi va tuproqda tuz to‘plana boshlaydi. Buning oldini olish uchun gorizontal va tik zovurlar qurishni ko‘zda tutmoq lozim.
Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Er osti suvlarining gorizontal harakati ta’minlanmagan, ularning sathi sug‘orish paytida tezda ko‘tarilib ketadi. Buning oldini olish maqsadida zich zovurlar tarmoqini qurish, erni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol eroziyasiga qarshi ixota daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimqilishining oldini olish uchun tomchilatib, yomg‘irlatib va tuproq ostidan sug‘orish usullarini qo‘llash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |