2. Mustaqil ishlash uchun savollar.
Milliy boylik va milliy mulk haqida tushuncha va bu sohadagi statistikaning vazifalari.
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlar tushunchasi va tarkibi.
Foydali qazilma boyliklari, suv va gidroenergik resurslarni statistik o’rganish.
Milliy boylik elementlarini joriy va o’zgarmas baholarda hisoblash va ular dinamikasini o’rganish.
mavzu. YAlpi ichki mahsulot statistikasi
Reja:
1.
YAlpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari. 2.
Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish. 3.
Material aylanma mablag’lar zahiralarining ortishi. 4.
Tovar va xizmatlarning sof eksporti. 5.
Nominal va real yalpi ichki mahsulot. 6.
Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari. Makroiqtisodiyotda turli maksadlarga yo’naltirilga ko’plab kursatkichlardan farqlaniladi. (YAlpi milliy mahsulot, yalpi ichki maxsulot, milliy daromad va boshqalar). Ular orasida eng
asosiysi bo’lib, yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko’rsatkichi hisoblanadi.
YAIM - bu xalq xo’jaligi bo’yicha iqtisodiy faoliyatni yakuniy ko’rsatkichlarini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichdir. U asosan bir-
biri bilan mustaxkam bog’langan iqtisodiy jarayon
oqimlarini: moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, daromadlarni taqsim lash,
moddiy ne’mat va xizmatlardan pirovard foydalanishni o’rganishda keng qo’llaniladi.
YAIM - bu barcha xo’jalik birliklari bo’yicha: moddiy ishlab chiqarish soxasidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, xizmat ko’rsatish sohasini, shuningdek aholini sh axsiy
yordamchi xo’jaliklarini, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini iqtisodiy natijalarini o’z ichiga olad i.
Iqtisodiy faoliyat natijalarida yaratilgan moddiy ne’matlar va ko’rsatilgan xizmatlar kiradi. YAIMni hisoblashda 3 xil usuldan foydalanamiz (ishlab chiqarish, taksimot va yakuniy iste’mol).
YAIM - YAMMning bir qismi bo’lib hisoblanadi va ularning (farqi shundan iboratki, YAMM shu mamlakat korxonalarining qaysi davlat hududida joylashganligiga qaramasdan iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalaydi.
YAIM esa ushbu mamlakat hududidagi xo’jalik birliklari tomonidan moddiy birliklar ishla b
chiqarish va xizmatlarni ko’ratishni aks ettiradi.
YAIM - bu yil davomida mamlakatda yaratilgan pirovard mahsulotlarning qiymatini ifodalaydi. MHT ning umumpy hisoblarida YAIMni takror ishlab chiqarishni xar xil aspektlari: uni ishlab chiqarish, tashkil topishi, taqsimlash va jamg’arish hamda boshqa qator maqsad lari aks
ettiriladi.
YAIMda o’zaro bog’langan va bir-birini taqazo etadigan tovarlar va xizmatlar, daromadlar oqimi takror ishlab chiqarish jarayonida bosqichma - bosqichi fodalab boriladi. YAlpi ichki mahsulot ko’rsatkichining ta’rifida uning 3 asosiy xususiyati ko’rsatilgan:
1.
YAlpi ichki mahsulot ko’rsatkichi – oxiri iste’mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot
qiymati bo’lib hisoblanadi, ya’ni YAIM hajmida oraliq iste’molning qiymati aks ettirilmaydi. 2.
YAlpi ichki mahsulot ko’rsatkichi – oxirgi iste’mol uchun ishlab chiqarilgan
mahsulot qiymati bo’lib hisoblanadi, ya’ni YAIM xajmida oraliq iste’molning qiymati aks ettira di.
O’zining mustaqil balansi hamda huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan birlikka – iqtisodi y birlik
deb yuritiladi.
3.
YAlpi ichki mahsulot ko’rsatkichi xajmida asosiy kapitalning iste’moli ham aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |