Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar



Download 249,76 Kb.
bet4/9
Sana24.06.2022
Hajmi249,76 Kb.
#700433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar 2

Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 3 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1. O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning zarurligi va o`ziga xos xususiyatlari
O`zbekistonda EIHlarni tashkil etish g`oyasi o`tgan asr 80-yillari oxirida ko`rib chiqilgandi. O`sha paytda ko`pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb hisoblashgandi. Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo`yicha xorij tajribasi shuni ko`rsatdiki, bu kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el investitsiyalarini keng ko`lamda iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish, eksport salohiyati va iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o`rinlarini barpo etish kabi masalalarni hal etishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida” gi 220-I bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi. Qonun uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi qismda EIHning huquqiy tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib o`tilgan.
Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me`yoriy hujjatlarga muvofiq faoliyat ko`rsatadilar.
O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida” gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, ya`ni 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko`zda tutilgan. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda EIHlarning boshqa turlari ham tashkil etilishiga erishildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O`zbekistondа EIHni tashkil etishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. EIHni tashkil etish to`g`risida mahalliy hokimiyatning qarori.
2. EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi ko`rsatiluvchi Nizom loyihasi.
3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko`rsatilgan xaritasi.
4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi.
5. EIHni tashkil etish to`g`risidagi qarorning loyihasi.
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va me`yorlar yaratildi.
Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. U 2008-yilda tashkil etildi. “Navoiy” EIH Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli yer uchastkasida joylashgan.
“Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir qancha sabablari bor. Jumladan, O`zbekistonni o`zining salohiyatli hamkori, deb tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridir.
Qo`shimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq bo`lishiga imkon beradi.
Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yo`li aynan O`zbekiston orqali o`tadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni bog`lovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors ko`rfaziga chiquvchi temir yo`l o`tadi.
Navoiy hududi orqali temir yo`lning barcha asosiy trassalari o`tgan. U Janubda Eron va Turkiya portlariga, G`arb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bog`lovchi eng qisqa temir yo`l marshruti ham aynan Navoiy orqali o`tadi.
2008-yilning noyabr oyida “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko`ra, Navoiy xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida “Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona transkontinental intermodal logistika markazi tashkil etildi. Bugungi kunda “Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta`minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha turdagi havo transportlarini, shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblangan Boing-747 va AH-124 samolyotlarini ham qabul qila oladi. “Navoiy” EIZdan 2000 km radiusda 11 ta mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik shaharlari joylashgan. Havo transportidan foydalanib, yuklarni tashishda O`zbekiston orqali o`tadigan havo yo`laklaridan foydalanish – xarajatlarni va vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy-Sharqiy Osiyodan Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa 1000 km ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 15 tonna yoqilg`i iqtisod qilinadi.
2010-yilning avgust oyidan boshlab o`z faoliyatini boshlagan “Navoiy” xalqaro aeroportida tashkil etilgan xalqaro yuk terminali “Navoiy” EIH loyihasining muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Navoiy” EIHning “geografik jihatdan qulayligini Osiyo va Yevropa qit`alarini bog`lab turuvchi havo, temir yo`l va avtomobil yollarining mavjudligi, xalqaro transport koridorining mavjudligi va ushbu koridor orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg`oniston, Eron, Yaqin va O`rta Sharq, Osiyo Tinch okeani mintaqasi, Rossiya va Boltiqbo`yi mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatiga egaligi kabi omillar bilan izohlash mumkin”.
Bundan tashqari, mamlakatimizda 2012-yilda tashkil etilgan “Angren” MIZ va 2013-yilda tashkil etilgan “Jizzax” MIZ mamlakatimizda yangi ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo`lsalar-da, biroq, mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni ta`minlash imkonini yaratdi. Buning natijasida, so`nggi 2,5 yil ichida mamlakatimizda yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining tashkil etilishiga erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan sanoatlashtirishda diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga olib ixtisoslashtirilgan holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini ta`minlashda muhim ahamiyat kast etadi.
Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning hisobga olinganligi, ularni yanada takomillashtirishga jiddiy e`tibor qaratilayotganligi, shuningdek, ko`plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma`muriy kengashlarning mustaqilligi va mas`uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari asosida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo`yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar taraqqiyotini ta`minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda.



Download 249,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish