2. O`zbekistonda “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar
faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari
Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini
hisobga olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal
etilishini ta`minlash maqsadga muvofiqdir:
-
EIHlar faoliyatini butun xo`jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus
ishlab chiqarish;
-
transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
-
zarur infrastruktura: suv ta`minoti, elektr ta`minoti, ijtimoiy sharoit va
boshqalar;
-
tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi;
-
bozorga kira olish;
-
mehnat qiymati va unumdorligi;
6
-
mavjud sanoat bazasi;
-
EIHlar ma`muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi.
Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga
mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o`zining ijobiy samarasini beradi, deb
hisoblaymiz:
-
investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz
tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta`sirini inobatga olingan
holda olib borishni yanada rivojlantirish;
-
investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo`lgan
lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish;
-
respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar
tashkil etish;
-
mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan
infratuzilmaga ega bo`lgan hududlarida yangi tashkil etilgan EIHlarga
investitsiyalarni jalb etishda ushbu EIHlar joylashgan hudud mahalliy
hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o`rnatish va
hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha mustaqilligi va mas`uliyatini oshirish
lozim.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktyabrdagi “Erkin
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha
chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial
zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax”
erkin iqtisodiy zonalar deb nomlanadigan bo`ldi.
Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning
quyidagi asosiy yo`nalishlari belgilab berildi:
-
xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga
investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin
iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona
imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;
-
mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori
qo`shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori
texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish
uchun to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni
faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini
qo`llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
-
erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha
turdagi davlat xizmatlarini ko`rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-
7
taomillariga bosqichma-bosqich o`tish;
-
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport va
ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika
xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
-
oliy, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida erkin iqtisodiy
zonalarning soha kadrlariga bo`lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib
chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab
chiqarish amaliyotini o`tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish.
Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar
hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
-
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar – 3 yil muddatga;
-
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar – 5 yil muddatga;
-
5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar – 7 yil muddatga;
-
10 million va undan ko`p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar
so`nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig`i
va yagona soliq to`lovi stavkalari qo`llangan holda – 10 yil muddatga
beriladigan bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26-
oktyabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va
kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni EIHlarni
izchil rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida
yana bir muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda.
O`tish iqtisodiyoti davrida turgan O`zbekiston Respublikasi uchun oldimizga
qo`yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el
manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish
zaruriyatiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari:
-
milliy iqisodiyotni qayta tuzish;
-
mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni
yo`qotish;
-
mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish;
-
import o`rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish;
-
r
aqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va
aralash sektorlarini shakllantirish;
-
bozor infratuzilmasini yaratish;
-
ilg`or chet el texnologiyasi, nou-xau va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish.
O`z navbatida, respublikamizda ko`p yillar davomida yaratilgan qulayliklar
asosida aytish mumkinki, O`zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun
quyidagi shart-sharoitlar mavjud:
-
siyosiy barqarorlik;
8
-
x
ususiy
mulk
va
raqobatni
himoyalaydigan
qonunchilik
bazasining
shakllangani;
-
investitsiya jarayonini qo`llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo
etilgani;
-
mamlakatning qulay geografik joylashuvi;
-
agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va
mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi;
-
yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi;
-
savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davlat
investitsiya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi
iqtisodiy aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan
faoliyatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o`z navbatida,
mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda to`laroq o`z aksini
topadi. Shu sababli, mamlakat eksport salohiyati rivojlantirishning barcha
zamonaviy va qulay tizimi, shart-sharoitlarini yaratish va unga qaratilgan
investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham keng foydalanishni izchil davom
ettirib bormog`imiz lozim.
Mintaqa va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga EIHlarga orqali xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va shu asosda iqtisodiyotning
mintaqalar kesimidagi eksport salohiyatini yanada oshirib borish lozim va buning
uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimdir:
1. Mintaqalar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkonini beruvchi iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni
amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini oshirishga katta e`tibor
qaratish lozim.
2. Ishlab chiqarishlarni eng ilg`or texnologiyalar asosida tashkil etuvchi va
yangi
ish
o`rinlarini
barpo
etuvchi,
mintaqalarda
tayyorlanadigan
xomashyolardan ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi
loyihalarni xorijiy investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish
zarur.
3. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va
tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini
oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
4.
Mintaqalardagi
infratuzilmalarni
rivojlantirish
orqali
xorijiy
investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
5. Har bir mintaqada ma`lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va
hududlarning investitsiya imkoniyatlari to`g`risida investorlarni axborot bilan
ta`minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa
uchun ko`rgazma va biznes-seminarlar o`tkazishni ta`minlash lozim.
9
6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini
kengaytirish
yoki
takomillashtirish
maqsadida
joriy
etiladigan
yangi
texnologiyalarni xalqaro lizing hisobiga ta`minlash va shu orqali mintaqalarda
xalqaro lizing munosabatlarini yo`lga qo`yish va bu munosabatlarni davlat
tomonidan rag`batlantirish tizimini joriy etish lozim.
7. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam
chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida
eksportga yo`naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo`llab-quvvatlash
maqsadga muvofiqdir.
8. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har
tomonlama qo`llab-quvvatlash yo`lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
- eksport yuklarini qo`shni davlatlardan temir yo`l orqali imtiyozli narxlarda
o`tkazish bo`yicha muzokaralarni izchil davom ettirish;
- kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona
nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni
davom etirish;
- Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o`rnini
yuqori pozitsiyaga ko`tarish choralarini ko`rish;
- milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali
ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab
chiqarishning eksportga yo`naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy
etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish;
- turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali
foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy
sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2
mln nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd AQSh
dollarigacha yetkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |