1.ATB “ Qishloq Qurilish ” banki iqtisodiy ko’rsatkishlari va strukturasi.
Men, “Sirtqi bo’lim” MS-60 guruh talabasi Qodirova Marg’uba Nasrullayevna bitiruv oldi malaka amaliyotini ATB “Qishloq Qurilishi” bankda hujalik subye’ktlarini kreditlash bo’limida o’tadim.
OATB ”G’alla “ bank O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinig 1994yil 2-avgustdagi qaroriga muvofiq o’z faoliyatini boshlab, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2011y P.Q 1675-son Qaroriga muvofiq G’alla bank negizida OATB “ Qishloq qurilish bank”i tashkil etilgan
1994 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi.Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh litsenziya berildi.Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi.
1995 yil Bank ustav kapitali 50 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 7425 mln. so‘mdan ortdi.Bank O'zbekiston banklari uyushmasi ta'sischisi sifatida uyushma a'zoligiga kirdi. Bankning Qaraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida mintaqaviy filiallari, shuningdek, 6 ta tuman filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bank jamg'arma shoxobchalari soni 21 taga etib, umumiy ishlovchi mutaxassislar soni 561 nafardan iborat bo'ldi.
1996 yil Bank ustav kapitali 150 mln. so‘mni, aktivlar hajmi esa 10541 mln. so‘mni tashkil etdi.
Bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.Respublika “Toshkent” fond birjasida 170-sonli brokerlik idorasi ochildi.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy va vakolatli dileriga aylandi.Emissiya hajmi 370 mln. so‘mlik bank veksellari muomalaga chiqarildi hamda “O‘zdonmahsulot” DAK tomonidan don mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetishtirilgan don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish hamda kelgusi yil hosili uchun bo‘naklash maqsadida jami 6174 mln. so‘mlik veksellarni muomalaga chiqarilishda hamkorlik qildi.Filiallar soni 24 ta va jamg‘arma shoxobchalari soni 3 taga yetkazilib, xodimlar soni 718 nafarni tashkil etdi.