Tijorat banklari me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish an valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi,daromad,xarajat va foydaini shakllanishi
4. Tijorat banklari me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish an valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi,daromad,xarajat va foydaini shakllanishi Tijorat banklari quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali o’z faoliyatini yuritib boradi.-
-O’zbekiston “O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi Qonun,1995 yil dekabr
-“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni,1996yil 25-aprel
-“Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni,2003yil 11-dekabr.
-“Elektron To’lovlar to’g’risida’gi 2005yil 16-dekabr va shunga o’xshash ko’pgina ichki meo’riy hujjatlardan tashkil topgan.
ATB»Qishloq Qurilish»bank o‘z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarni bajarishda hamkor hisoblanadi:
- “TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo‘yicha chet el valutasini sotib olish va sotish;
- naqd xorijiy valutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish;
- mablag‘larni jalb qilish / joylashtirish;
- belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish;
- erkin almashtiriladigan valutada va O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida banklararo kreditlarni jalb qilish.
Konversion operatsiyalar-tijorat bankida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni xisoblanadi. ATB “Qishloq Qurilish” bank tasarrufidagi barcha filiallarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-yanvardagi 1914-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2017 yil 6 noyabrda 2944-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizom5lariga muvofiq konversion operatsiyalar bo’limlari va Valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil qilingan.
Tijorat banklarining foydasini shakllanishi bankning malumbir davr ichida
olgan barcha daromadlari va shu daromadlardan olish jarayonida qilgan xarajatlarining o’rtasidagi farqni tashkil etadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida, barcha tijorat faoliyatining asosiy maqsadi maksimal darjada olinadigan daromadlari miqdorini oshirishdan iborat bo‘lgani kabi, tijorat banklari, xam doimiy olinishi mumkin mumkin bo‘lgan daromadlarini oshirib borishga harakat qilinadi.
Banklarning klassik vazifalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, banklarning asosiy daromadlari ularning aktiv operatsiyalari hamda vositachilik faoliyati natijasida vujudga keladi. Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish daromad manbasining muhimligi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Odatda bu daromadlarni komission daromad deyiladi.
Xizmatlarga to‘lov, komission mukofot ko‘rinishida olinadi. Komission mukofot hamma qilinadigan operatsiya yokishartnoma summasidan foiz ko‘rinishida o‘rnatiladi. Bank xizmatlari juda ham xilma-xildir va doimo xar xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar.
Rossiyada, shuningdek ko‘pgina chet davlatlarda ko‘pchilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi.
Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq.Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Agar chet el valyutasi kursining oshishi, shu valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari passivlarni oshiradi va aksincha, chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning oshishiga olib keladi.
Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank harakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va tashqilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi.
Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, informatsion, telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mumkin. Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham olishi mumkin. Ular:
- jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar,
- ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi;
- zahira summasini qayta tiklash;
- hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar;
- daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun byudjetdan mablag’ qaytarish va boshqalar.
Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hisobot davrida «Ishlab topilmagan» hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari ta’sischilar sifatida o’zlarining a’zolik badallariga (paylariga) asoslangan holda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatida ham ishtrok etishlari mumkin. Bu asosan shu bilan bevosita bog’liqki, inflyatsiya sharoitida tijorat banklarining o’z kapitallari ham qadrsizlanmasdan qolmaydi. Xuddi shuning uchun ham ular o’z kapitallarini foydali va oqilona joylashtirish uchun tijorat banklari ta’sischilik faoliyati bilan shug’ullanishi kerak. Ana shu yo’nalishda olinadigan daromadlarning miqdori xo’jalik yurituvcvhi sub’yektlar oborotiga joylashtirilgan va shu mablag’lardan qay darajada samarali foydalanayotganligiga bog’liq va tijorat banklari jamg’armalarining shakllanish manbalaridan biri bo’lib hisoblanishi kerak.
Aksiyalarning qaytimi nisbatan yuqori ekanligi bilan belgilanadi yoki asosan sababi, kapitalga joylashtirilgan daromad normasi iqtisodiyotning bu sektorida hamma vaqt uning boshqa sektorlariga nisbatan yuqori ekanligidir. Bundan ana shu sektordagi xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning foydalilik darajasi qancha yuqori bo’lsa, tijorat banklarining ta’sischi yoki aksioner sifatida oladigan foizli yoki dividendlari shuncha yuqori bo’ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari daromadlarini shakllantirishdagi tarkibiy qismlari yo’nalishida yanada ko’proq ishlarni, yangiliklarni qo’llash kerakligi yaqqol ma’lum bo’ladi. Chunki ularning faoliyatida bu sohada ko’p ishlar amalga oshirilmagan ular daromadining asosiy qismi kreditlar uchun olinadigan foizlar hisobidan shakllanmoqda. Agar rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari o’z mijozlariga 400 xildan ortiq xizmat ko’rsatayotgan bo’lsa, ATB “Qishloq Qurilish” bank o’z mijozlariga 50 dan ortiq xizmat turini ko’rsatmoqda.