PSK-Holding Loyiha-qurilish kompaniyasi - DSI-PSK ishlab chiqarish bo'limi bo’lib, Dywidag Systems International (DSI) konserni bilan birgalikdagi Rossiya-Germaniya qo'shma korxonasi hisoblanadi. Rossiyadagi 25 yildan ziyod muvaffaqiyatli loyihalari orqali PSK-Holding, komleks qurilish ishlarida temir-beton konstruktsiyalari armaturalarida oldindan zo’riqtirish usullari (beton bilan bog’langan, beton bilan bog’lanmasdan va kanat armaturalar orqali) texnologiyasi bo’yicha Rossiya va MDH mamlakatlarida yetakchilardan biri hisoblanadi. Betonga tortib zo’riqtirish hosil qilishga asoslangan texnologik yechimlardan foydalanib juda ko’plab loyihalarni amalga oshirgan. Ushbu kompaniya qurilishning barcha sohalarida armaturani taranglashtirish ishlari bo’yicha tajribaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |